|
Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’limlari va ularning vazifalari
|
bet | 26/69 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 278,35 Kb. | | #152731 |
Bog'liq 1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni Reja3. Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’limlari va ularning vazifalari
Har bir mehmonxona o’z yo’nalishi bo’yicha xizmat ko’rsatish bo’limlariga ega. Asosiy xizmatlar bo’limi - turistlarni qabul qilish va joylashtirish yoki porte xizmatlari, xona tozalash xizmatlari, animatsion xizmatlar, muxandis-texnik xizmatlar, tijorat va ma’muriy xizmatlar.
Porte xizmati.
Porte xizmati – bu mehmonda muammo paydo bo’lganida doim birinchi murojaat qiladigan joy. Aynan mijoz porte xizmatidan mehmonxona xaqida ta’surot oladi. Portening asosiy vazifasi mehmonlarni qabul qilish va bronlangan nomerlarga joylashtirishdir. Mehmon ro’yxat varaqasini to’ldiradi, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili ko’rsatilgan bo’ladi. Rasmiy belgilab olingandan so’ng yuk tashuvchi mehmonni nomergacha yuklarini eltib beradi. Portening yana asosiy funktsiyalaridan biri yashash hisob-kitobini yuritishdir.
Har bir xodimning asosiy vazifasi mehmonlarga xizmat qilish va mexribonchilik ko’rsatishdir.
Xona tozalash xizmati
Xona xizmatchilarining boshlig’i xodimlarning nomerlarni tozaligi, ofis, ishlash joylarining ozoda saqlanishi bo’yicha olib borilayotgan ishlarga javobgardir. Bosh xizmatchi vazifalarni oladi va bo’ysinuvchilarga taqsimlab bo’ladi. Xizmatchilarning har kungi majburiyati nomer bo’sh yoki bandligidan qat’iy nazar nomer tozaligini saqlashdir.
Animatsiya xizmati
Zamonaviy inson ehtiyojining o’zgarishi, uning yashash tarzini o’zgarishiga olib keldi va uning dam olish hohishiga ham ta’sir o’tkazdi. An’anaviy dam olish o’zgardi. Turizmda yangi «Animatsiya» tushunchasi mavjud. Animatsiya – bu dam oluvchilarni bo’sh vaqtlarini sport va ko’ngilxushlik dasturi asosida vaqti chog’lik bilan o’tkazishini tushunishimiz mumkin. Kurort va klubli otellar turistlarga to’liq animatsiya dasturini taklif etish uchun (tennis korti, basketbol, voleybol, akvalangda sho’ng’ish, shuningdek basseynlar, plyaj barlari, «taverna»lar, kechki klublar) imkoniyatlari keng bo’lgan infratuzilmaga muhtojdir. Bu ob’ektlarning dizayni alohida e’tiborni talab qiladi. Ushbu faoliyat ko’rsatayotgan markazlar bir-biridan uzoq joylashmagan bo’lishi, dengiz yonida, sotuv nuqtalari (barlar va ovqatlanish joylari) yaqinida joylashgan bo’lishi kerak.
Animatsiya bilan mustaqil bo’lim shug’illanishi yoki bo’lmasa aynan mehmonxona turistlarni animatsiyaga bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu bo’limda xizmat qiluvchilar yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, ruhiyatni, musiqa, rassomchilik san’ati, chet tillarini biladigan bo’lishlari shart.
Animatorlar birinchi meditsina tibbiy yordam ko’rsatishni bilishlari, gimnastika, aerobika mashqlarini olib bora olishlari, bunda dam oluvchilarni yoshlarini hisobga olishi shart. eng asosiysi ular xushmuomala bo’lishlari shart. Otel boshliqlari shuni esda to’tishlari kerakki – animatorlar alohida xizmatchilar, ularga yuqori e’tibor qaratish zarur.
Muxandis-texnik xizmat
Bu xizmat sanitar-texnik vositalarni maromli ishlashini va elektr qurilma hamda sistemalarni ta’mirlash va qurilish xizmatlarini, shuningdek ichki va tashqi qulayliklarni yaratishni ta’minlaydi.
Tijorat xizmati
Tijorat xizmati strategik va operativ rejalashtirish, marketing, xo’jalik va moliyaviy faoliyatning natijalarini tahlili bilan shug’ullanadi. Bu xizmatni tijorat direktori, direktor o’rinbosari yoki moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo’yicha menejer shug’ullanadi.
Ma’muriyat (administratsiya) xizmati
Ma’muriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat bo’limlarining ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, xodimlar (kadrlar) bilan ta’minlash masalalari bilan shug’illanadi, xodimlarga yetarli ish sharoitlarini yaratish, texnika xavfsizligiga, ekologiya va yong’inga qarshi qo’yilgan normativ talablarni bajarilishini nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan shug’illanadi. Bu bo’limni oliy toifali menejer yoki mehmonxona direktorining o’zi boshqaradi.
Xavfsizlik xizmati.
Bu ishga otel xizmatchilari juda jiddiy munosabatda bo’ladilar. Mijozlarni va ularni buyumlarini xavfsizligini ta’minlash mehmonxona xizmatchilarining dastlabki majburiyatlaridan biri hisoblanadi. SHuningdek xavfsizlik xizmati yong’in chiqish xavfsizligiga ham javobgardir. Xavfsizlik xizmati keng ma’noda jismoniy xavfsizlik va mehmonlarni mulklari va mehmonxonaning xususiy mulklarining xavfsizligiga javobgar.
Jismoniy xavfsizlikka quyidagilar kiradi:
Bino va binoning hududi, otel hududidagi tungi yoritgichlar, otel yonidan o’tuvchi yo’lovchilardan va bezorilardan saqlash, suvdagi xavfsizlikni ta’minlash, vestibyuldagi buyumlarni, ofisdagi aloqa xizmatini shuningdek restoran va bardagi mulklarni yaxshi saqlanishini ta’minlashdir.
Mulklarni xavfsizligini ta’minlashning asosiy sharti har qanday holatga qarshi signalizatsiya o’rnatilganligidir. YOng’in chiqqandagi signalizatsiya hamma otellarda bor hisob.
Mehmonxonalarda shuningdek yordamchi va qo’shimcha xizmatlar mavjud. YOrdamchi xizmatlar: kir yuvish, choyshablar almashtirish, xona tozalash xizmatlari, kiyim tozalash va boshqalar.
Qo’shimcha xizmatlar: kichik ta’mirlash, sartaroshlik, sauna, basseyn, biznes markaz, savdo shaxobchalari, sport-sog’lomlashtirish markazi va boshqalar.
|
| |