|
XXI asr uchun ish dasturi turizm bo’yicha davlat idoralari oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo’yadi
|
bet | 69/69 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 278,35 Kb. | | #152731 |
Bog'liq 1-mavzu. “Turizm iqtisodi” fanining predmeti va mazmuni RejaXXI asr uchun ish dasturi turizm bo’yicha davlat idoralari oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo’yadi:
-nazorat qiluvchi iqtisodiy va boshqa tizimlarni kamaytirish;
-turizmning iqtisodiyotga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy hayotiga va atrof-muhitga ta’sirini baholash;
-turizm sohasida xizmatchi kadrlar tayyorlash;
-turizmning uzoq muddatli barqaror taraqqiyotini rejalashtirish,
-rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ma’lumot almashish;
-jamiyat barcha qismlarining turizmni rivojlantirishda qatnashuvi;
-yangi turmahsulot tushunchasi;
-amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash;
-xalqaro faoliyatda hamkorlik o’rnatish.
Dasturning birinchi vazifasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi, turizmning rivojiga yo’naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa tizimlarning faoliyatini baholash;
-turizmning xususiy va davlat tarmoqlari o’rtasida hamkorlik;
-turizm tarmog’iga soliq va to’lovlar solish shu tariqa belgilanishi kerakki, turizm infratuzilmasini kengayshtirish, atrof-muhitni yaxshilash va boshqa maqsadlar uchun yetarli mablag’lar bo’lsin;
-tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog’liq ekologik xarajatlarni xisobga oluvchi narxlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish. Iqtisodiy rag’batlantiruvchi choralar shuningdek turistik firmalarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini rag’batlantirish uchun ham ishlatilishi kerak.
Ikkinchi vazifa o’z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o’z navbatida suv resurslari, elektr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta’minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalarni ko’rib chiqish zaruratini tug’diradi.
Turizmda kadrlar tayyorlash va rejalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. Maktablarning o’quv rejalariga turizm ekologiyasi bo’yicha o’quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va professional turistik birlashmalar xususiy sektor bilan hamkorlik qilishlari maqsadga muvofiqdir.
|
| |