Manba: NRN Research
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir qator tovar markalariga (belgilariga) ega. Masalan; «Pitsa-Xat» «Pepsiko Ink» kompaniyasiga qarashli, «Tako Bell» esa «Kentukki Fred CHikken» kompaniyasiga, «TV xolding INK»ga «Denis», «Kuinsis», «El Pollo Loko» va «Kantin Korp»lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning yirik restoran zanjirlari strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi.
2-jadval
Korxonalar soni bo’yicha birinchi 30 ta restoran tarmoqlarining tasnifi
№
|
Restoran. zanjiri
|
Korxonalar umumiy soni
|
Kompaniya
|
Kontseptsiya turi
|
1.
|
7-eleven
|
13760
|
-
|
Foydali joylash
|
2.
|
Makdonalds
|
13093
|
Mondonalds korp.
|
Gamburgerlar
|
3.
|
Pitsa XAT
|
9450
|
Pepsiko Inkg
|
Pitsa
|
4.
|
Kentukki-frayd CHikken
|
8729
|
I
|
Tovuq
|
5.
|
Sabvey
|
7327
|
-
|
Sandvichlar
|
6.
|
Burger King
|
6648
|
Pilsberi korp
|
Gamburgerlar
|
7.
|
Deri Kuin
|
5381
|
Deri Kuin kor.
|
Pishiriqlar
|
8.
|
Domino Pitsa
|
5300
|
Dominos Ink.
|
Pitsa
|
9.
|
Gardner Merchan Fud servis.
|
4600
|
-
|
Podryadchiklar
|
10.
|
Littl Sizar
|
4300
|
Littl Sizar
|
Pitsa
|
11.
|
Tako Bell
|
4000
|
Pepsiko Ink.
|
Meksikacha taom
|
12.
|
Vendus
|
3962
|
Vendis Int.
|
Gamburgerlar
|
13.
|
Baskin Robbins
|
3425
|
Elayd layons
|
SHirinliklar
|
14.
|
Xolidey Inn otels.
|
3385
|
Xolidey korp.
|
Uyda xizmat ko’rsatish
|
15.
|
Xardis
|
3365
|
Imako Ltd.
|
Gamburgerlar
|
16.
|
ARA Servis
|
2767
|
ARA servis INK
|
Podryadchilar
|
17.
|
Dankon Donats
|
2754
|
Dankin Donats
|
SHirinliklar
|
18.
|
Arbis
|
2603
|
Royal Kroun kos
|
Sandvichlar
|
19.
|
Marnott Menejment servis
|
2519
|
Marnott korp.
|
Podryadchiklar
|
20.
|
Army and Air force service
|
2189
|
|
Harbiy tashkilotlar
|
21.
|
Kantin korp.
|
1862
|
TV xolding s INK
|
Podryadchiklar
|
22.
|
CHois Otels
|
1707
|
-
|
Uyda xizmat
|
23.
|
SHeraton
|
1510
|
SHeraton korp.
|
Uyda xizmat
|
24.
|
Denis
|
1460
|
Dn. eych Ay korp.
|
Oilaviy tushlik
|
25.
|
Long Djon Silvers
|
1149
|
Djernko Ink
|
Dengiz maxsuloti
|
26.
|
Xilton Otels
|
1200
|
Xilton inter
|
Uyda xizmat
|
27.
|
Sonik Drayvin
|
1191
|
Sonik indastris
|
Gamburgerlar
|
28.
|
Djek in ze boks
|
1155
|
Fudmeyker INK
|
Gamburgerlar
|
29.
|
Big Boy
|
840
|
Marpott. Korp.
|
Oilaviy tushliklar
|
30.
|
SHoneys
|
855
|
SHoneys Ink.
|
Oilaviy tushliklar.
|
Manba: NRN Research, Nations Restaurant News Top Restaurant CHains and Restaurants Institutions. 2003 y.
Amerika Milliy Restoranlar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2003 yilda mamlakatda umumiy ovqatlanishda 887 ming korxona xizmat ko’rsatib, 320 mlrd, dollar savdo tushumiga ega bo’ldi va xizmat ko’rsatish shtatlarida 9,5 mln. kishi qatnashdi.
Dunyo miqyosida ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi
Hozirgi vaqtda dunyoda restoranlar kontseptsiyasi yirik savdo markazlarida yuqori suratda rivojlanmoqda. Bunday xizmatlar yordamida bu savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar soni ortmoqda, natijada savdo hajmi 10-30 foiz ga oshdi. Masalan: Buyuk Britaniyada 1000 ga yaqin shu turdagi restoranlar mavjud. Bu kontseptsiyalarning xilma-xilligi savdo markazlaridaga bir qator kafe va restoranlardan tashkil topgan «SHaxobcha»lar kontseptsiyasi bilan izohlanadi. London markazidagi «Meveniks Marshe» restoranida bitta bo’limda bir vaqtning o’zida 7 ta unchalik katta bo’lmagan restoranlarga xizmat ko’rsatiladi32.
Turistlarni ovqat bilan ta’minlash sxemasi turning shakliga, turistlarning toifasiga, binolarning qurilish joylariga yaqin yoki uzoqligiga va boshqa faktorlarga bog’liq. Ovqat bilan ta’minlash tartibi yo’llanma, shartnoma, Vaucherda ko’rsatiladi, qoidaga ko’ra, nonushta turistlarga «shved stoli» tizimi shaklida beriladi bu o’z-o’ziga xizmat qilish va assortimentda mavjud bo’lganlari o’zlarining hohishlariga binaon amalga oshiriladi. Mehmonxonalarda ko’pchilik nonushtalar kafeda-bufetda, restoranda yoki xonaga buyurtma berish orqali bo’ladi. Minibari va oshxonasi bor nomerlarda nonushtalar mustaqil tayyorlanadi. Ovqatlanishning «yarim pansion» shakliga ko’ra turistlarga umumiy tushlik ovqat yoki kechlik belgilangan vaqtda beriladi. «To’liq pansion»da esa ovqatlanish 3-4 marta bo’ladi. Tabiiyki sport, ovchilik, alpinistik va boshqa turdagi yakka tartibdagi turlarning ovqatlanish shakli (mustaqil) maxsus polufabrikant va kontsentrantlardan mustaqil toam tayyorlashga asoslangan.
7-mavzu. Turistlarga transport xizmati ko’rsatish
Reja:
1. Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash
2. Turistlarni transportda tashish qoidalari
3. Xalqaro yo’nalishlarda transport sayohatlarini tashkil qilish xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar: temir yo’l transporti, dengiz transporti, avtomobil transporti, havo yo’li transporti, quruklik transporti, sayohat, ijara, reyslar, gid, harakat
1. Sayyohlik vositalari va transport sayohatini turkumlash
Turistlarga transport xizmatini ko’rsatish - bu turizm industriyasining eng asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. 1990 yillargacha ham ichki ham xalqaro turizmga xizmat qiluvchi avtomobil, daryo, dengiz, temir yo’l va aviatsion transportini o’z ichiga oluvchi yagona transport tizimi mavjud edi. Barcha turistik xizmatlar tizimidagi transport xizmatining hissasi 40foizdan ortiq qismini tashkil qilar edi. Transport sayohatlari turizmning mustaqil ko’rinishi sifatida qaraladi.
Transport sayohati - bu turli xil transport vositalaridan foydalanib ishlab chiqilgan yo’nalishlar bo’yicha turistlar guruhlarining sayohatidir. Transport sayohatlari quyidagicha tasniflanadi; ya’ni:
- harakatlanish yo’nalish (marshruti) bo’yicha;
- foydalanilayotgan transport turi bo’yicha;
- yo’nalish trassasining qurilishi bo’yicha;
- sayohatning muddati bo’yicha;
- mavsumiylik bo’yicha va h.k.
Hozirgi davrda avtobus, havo yo’li va temir yo’li vositasidagi sayohatlar keng tarqalgan. Turistik transport sayohatlari bir necha transport turlari orqali ya’ni: temir yo’ldan avtobus (engil avtomobil); havo yo’lidan avtobus va h.k. amalga oshiriladi. Mobil transporti turi sifatida avtobus va yengil avtomobildan mustaqil yo’nalishlardagi kabi turistlarni aeroportdan (vokzaldan) mehmonxonaga yoki aksincha olib borib qo’yishda keng foydalaniladi. Har qanday turist o’z sayohatini rejalashtirayotganda manzilga olib borish (etkazish) tezligi, sayohat qulayligi (komforti), qiymati, yuklarini olib borish (ularning og’irligini hisobga olgan holda) imkoniyati; to’xtash joylari, ovqatlanish sharoitlari, shovqin darajasi, vibratsiya, dam olish va (tunash) uxlash jarayonlari, ekologik va albatta xavfsizlik kabi omillarni hisobga oladi. Ijobiy omillar qancha ko’p bo’lsa, shunchalik transport sayohatining qiymati oshadi.
|