• Yillar 2005 2010
  • Osiyoning yangi industrial mamlakatlari
  • Rivojlanayotgan mamlakatlar
  • - Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari
  • - MDH mamlakatlari
  • Lotin Amerikasi mamlakatlari
  • -jadval Dunyo mamlakatlarida jamg’arish normasi, (YaIMga nisbatan foiz hisobida)




    Download 3.09 Mb.
    bet15/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3.09 Mb.
    #126945
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    1.3-jadval
    Dunyo mamlakatlarida jamg’arish normasi, (YaIMga nisbatan foiz hisobida)






    Yillar

    2005

    2010

    2012

    2013-2017 o’rtacha

    Rivojlangan davlatlar

    21,2

    18,6

    19,6

    20,5

    shu jumladan:













    Osiyoning yangi industrial mamlakatlari

    26,1

    26,2

    26,8

    26,7

    Rivojlanayotgan mamlakatlar

    26,8

    31,3

    31,9

    32,5

    Shuningdek













    - Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari

    21,4

    21,0

    22,4

    22,8

    - MDH mamlakatlari

    21,2

    21,7

    25,9

    26,9

    Lotin Amerikasi mamlakatlari

    20,5

    21,8

    22,9

    23,5

    Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turganidek, rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi jamg’arish darajasi nisbatan yuqori darajada qolmoqda. Bu birinchidan, investitsiyalarga, xususan xorijiy investitsiyalarga yuqori talabning mavjudligi, ikkinchidan, asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari hajmini oshishi bilan izohlanadi.


    Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlari iqtisodiyotni texnologik modernizatsiyalash bo’yicha faol siyosat olib boradilar va asosiy kapitalni jamg’arishga taxminan YaIMning 18%ini sarflashadi.
    Rivojlanayotgan mamlakatlarda jamg’arish normasi iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining intensivligini baholab beruvchi makroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Tahlillar ko’rsatishicha, yuqori jamg’arish normasi rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan yuqori (yoki past) iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, jamg’arish normasiga moliyaviy inqirozlar salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    YaIMning kapital sig’imkorligi ko’rsatkichi rivojlangan mamlakatlarda 8 — 12 ga teng bo’lgani holda, ushbu ko’rsatkich Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida 4 — 6 ga, Xitoyda esa 4,5 ga teng.
    Jamg’arish normasi Rossiyada 2000-2010 yillarda o’rtacha 21,6% ni tashkil etgan va yaqin yillar ichida 20-22% darajada saqlanib turishi bashorat qilinmoqda. Bir qarashda Rossiyadagi jamg’arish normasi darajasi rivojlangan mamlakatlar darajasi bilan bir xildek ko’rinadi. Ammo yalpi ichki mahsulotni xalqaro qiyosiy taqqoslash ma’lumotlari bo’yicha Rossiya rivojlangan mamlakatlardan jamg’arish normasi bo’yicha 1,5-2 baravar orqada qolmoqda.
    Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 1995 yilga nisbatan 8,7 marta, 2000 yilga 5,8 marta, 2005 yilga 4,6 marta, 2010 yilga 182,2 % va 2015 yilga nisbatan 115,3 % ga ko’paydi. YaIM ga nisbatan asosiy kapitalga investitsiyalar 24,4 % ni tashkil etib, 2016 yildagi ko’rsatkichga nisbatan 0,2 % punktga ko’paydi (1995 yilda 29,4 %, 2000 yilda 22,9 %, 2005 yilda 19,9 %, 2010 yilda 24,6 % va 2015 yilda 24,3 % ni tashkil etgan edi).
    2017 yilning yanvar-dekabrida jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 61,0 % Toshkent shahri, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida o’zlashtirildi (mos ravishda jami investitsiyalarning 19,0 %, 18,1 %, 16,8 % va 7,1 % miqdori). O’zbekistonda jamg’arma normasi bilan YaIMning o’sish sur’ati o’rtasida bevosita bog’liqlik bor. Investitsiya faoliyati bo’yicha olib borilgan islohotlar va investitsiyalarni moliyalashtirish tarkibidagi siljishlar YaIMni muntazam va yuqori o’sishini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etdi.
    Shunday qilib, makroiqtisodiy resurslardan jamg’arish va ijtimoiy yo’naltirilgan takror ishlab chiqarish uchun to’liq foydalanishga qaratilgan iqtisodiy siyosatga o’tash zaruriyati etib keldi, deb xulosa qilish mumkin. Bu yondoshuvning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
    aholi daromadlarini oshirish hisobiga milliy ishlab chiqaruvchilar uchun bozor imkoniyatlarini kengaytirish, investitsiyalarni rag’batlantirish va importni cheklash sharoitida eksportni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashuvchi iqtisodiy siyosat olib borish;
    milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha qulay valyuta almashuv kursini ta’minlash, tarif va notarif usullar yordamida ichki bozorni himoyalash choralarini qo’lash;
    xususiy kapitalning o’z foydasini xorijga olib chiqib ketishdan ko’ra, ichki jamg’arma uchun sarflashlarini rag’batlantirish;
    ustuvor tarmoqlar va innovatsion ishlab chiqarishda yuqori foyda normasini ta’minlashga yo’naltirilgan rag’batlantirish usullaridan foydalanish:
    soliqqa tortish, baholarni tartibga solish, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash va boshqalar;
    investitsion institutlar orqali uzoq muddatli kreditlarni takdim etish yo’li bilan davlatning investitsiya jarayonlaridagi faoliyatini kuchaytirish;
    ijtimoiy sohada moddiy aktivlarni yaratish, davlat va xususiy sektor hamkorligini faollashtirishga davlat xarajatlarini oshirish.



    Download 3.09 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   108




    Download 3.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Dunyo mamlakatlarida jamg’arish normasi, (YaIMga nisbatan foiz hisobida)

    Download 3.09 Mb.