• Xususiy kapital
  • Portfel investitsiyalar
  • Jamg’arish hajmi
  • 1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi




    Download 3,09 Mb.
    bet16/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    Asosiy tushunchalar:


    Xalqaro kapitallar migratsiyasi — jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o’rtasida egalariga qo’shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakatidir.
    Kapitalning chetga chiqib ketishi — kapitalning bir qismini milliy aylanmadan ajratib olish va uni tegishli shakllarda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga o’tkazish jarayonidir.
    Xususiy kapital — xususiy shaxslar tomonidan xorijga joylashtiriladigan yoki xorijdan qabul qilinadigan nodavlat manbalar mablag’laridir.
    To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) - xorijiy kapitalning uzoq muddatli kiritilishi bo’lib, investor tashkil qilayotgan firma aktsiyalari yoki aktsioner kapitaliga to’la ega bo’lish yoki kamida 10 foizi xo’jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.
    Portfel investitsiyalar — kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo’lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
    Jamg’arish - joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayondir.
    Kapital qo’yilmalar — asosiy fondlarni qayta tiklash, rivojlantirish va yangilashga yo’naltirilgan moddiy xarajatlardir.
    Jamg’arma — kapital qo’yilmalar tushunchasidan kengroq bo’lib, u korxonaning asosiy fondi bilan birgalikda aylanma mablag’larni, ishlab chiqarish zaxiralarini va noishlab chiqarish fondlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarni o’z ichiga oladi.
    Jamg’arish hajmi — sarflanayotgan kapital qiymatining yalpi ichki mahsulotdagi ulushidir.
    Moliyaviy jamg’arish — qo’shilgan qiymat yoki daromadning asosiy va aylanma kapitalni kengaytirishga, yangilashga yo’naltirilgan qismidir.
    Real investitsiyalar — xo’jalik sub’ektining operatsion faoliyatini amalga oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog’liq aktivlarni yaratishga sarflangan kapitaldir.

    Download 3,09 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi

    Download 3,09 Mb.