• 1.1.1-rasm. Xalqaro kapital migratsiyasi 1.2-rasm. Jahon iqtisodiyotida kapital harakatining asosiy omillari
  • Jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o’rtasida egalariga qo’shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakati




    Download 3,09 Mb.
    bet4/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    Jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o’rtasida egalariga qo’shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakati



    Халқаро капитал миграцияси





    Asosiy omillari



    a) jahon iqgisodiyotini baynalminallashuv darajasining kuchayishi va xalqaro kapitallar harakatchanligining oshishi;
    b) jahon iqtisodiyotining notekis rivojlanishi va uning asosida xalqaro kapitallar harakatining ortishi;
    v) kapitallarning alohida mamlakatlarda tarixiy sabablarga ko’ra yoki o’zlashtirilgan holda to’planishi va ulardan xorijda samarali foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
    g) yuqori mehnat sig’imkorligiga ega ishlab chiqarishni rivojlanayotgan mamlakatlarga olib o’tish imkoniyati;
    d) atrof - muhitga zarar etkazuvchi ishlab chiqarishni boshqa mamlakatlar, odatda rivojlanayotgan mamlakatlarga olib o’tish imkoniyati;
    e) iqtisodiyotni muntazam xom ashyo resurslari bilan ta’minlash uchun kapitalni xorijda qazib chiqarish tarmoqlariga sarflashning maqsadga muvofshushgi;
    j) kapitalni bojxona cheklovlarini aylanib o’tish uchun rivojlangan mamlakatlarning qayta ishlash sanoatiga sarflashning maqsadga muvofiqligi;
    z) qabul qiluvchi mamlakatlarda kapitalning etishmasligi.




    1.1.1-rasm. Xalqaro kapital migratsiyasi
    1.2-rasm. Jahon iqtisodiyotida kapital harakatining asosiy omillari

    Iqtisodiy adabiyotda investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga ko’rsatiladigan samarani aniqlashda ikki xil yondashuv mavjud.


    Birinchi yondashuv tashqi savdoga oid an’anaviy nazariyalarga xos bo’lib, ular xorijiy investitsiyalarning moddiy buyum omiliga bevosita ta’sirini belgilaydi. Bunday modelning asosiy sharti shundan iboratki, xorijiy investitsiyalar mehnatning chegaralangan mahsulini ko’paytiradi hamda kapitalning chegaralangan mahsulini kamaytiradi.
    Sanoatni tashkil etish bilan bog’liq ikkinchi yondashuv investitsiyalar kiritishning bilvosita va tashqi samarasiga jiddiy e’tibor beradi. Mazkur nazariya tarafdorlari nima uchun firmalar o’z mamlakatida xuddi shunday tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarmasdan xorijga investitsiya qilishlari sababini tushunishga urinadilar. Ularning fikricha, xorijiy investitsiyalar mehnat unumdorligini oshirish va eksportni kengaytirish asosida qabul qiluvchi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlaydi. Xorijiy investitsiyalar hisobiga olinadigan, ta’minlanadigan afzalliklarning eng muhim mezoni qabul qiluvchi mamlakat va undagi investitsiya muhiti to’g’risidagi tavsifdir.
    Aksariyat nazariyalar xorijiy ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o’zaro o’rnini bosuvchi bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) oqimi yuqori texnologiyalarning kirib kelishiga olib keladi, shuningdek, ularni mahalliy firmalarga joriy etish samarasini oshiradi, bu esa mavjud resurslardan yanada samarali foydalanilishga olib keladi, degan fikrga asoslanadi.

    Download 3,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahon iqtisodiyotining turli mamlakatlari o’rtasida egalariga qo’shimcha daromad keltiruvchi kapitalning qarama-qarshi harakati

    Download 3,09 Mb.