• Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi
  • Asosiy tushunchalar Milliy rejim
  • Ikki tomonlama investitsion shartnoma
  • O’zbekiston Respublikasi 1993 yil noyabr oyida IKXAga a’zo bo’ldi




    Download 3,09 Mb.
    bet50/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    O’zbekiston Respublikasi 1993 yil noyabr oyida IKXAga a’zo bo’ldi.
    Investitsion da’volarni tartibga solish bo’yicha xalqaro markaz (IDTSXM). IDTSXM 1965 yilda qabul qilingan Investitsion da’volarni tartibga solish xalqaro Konventsiyasi asosida 1966 yilda tashkil topgan bo’lib, u mustaqil xalqaro tashkilotdir. 1996 yilda unga 134ta mamlakat a’zo bo’lib, yana 11ta mamlakat a’zolikka da’vogar edi. IDTSXM xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi a’zo-mamlakatlar hukumatlari va davlat organlari bilan xorijiy (xususiy va korporativ) investorlar o’rtasida vujudga keluvchi kelishmovchiliklarni tartibga solish, kelishtirish, arbitraj sudlarida ishni ko’rish mexanizmlarini yaratish orqali xalqaro investitsiya faoliyatiga ko’maklashadi. IDTSXM hukumat va xorijiy investorlar o’rtasidagi ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash orqali investitsiya oqimini ko’paytirishga sababchi bo’ladi. IDTSXM doirasida vujudga kelgan arbitraj qoidalari xalqaro investitsion kelishuvlar, inve-stitsiyalar to’g’risidagi qonunlar, ikki va ko’p tomonlama investitsion shartnomalarning standart elementiga aylangan. IDTSXM tadqiqot ishlarini olib boradi, maslahatlar beradi, arbitraj va investitsion huquq masalalari bo’yicha materiallar nashr etadi.
    Xorijiy investorlarga maslahat berish agentligi — Umumjahon bankining bo’linmasi bo’lib, bankka a’zo-mamlakatlar hukumatlarini xorijiy investitsiyalar masalalari bo’yicha konfidentsial maslahatlar bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tashkilotdir.


    Asosiy tushunchalar


    Milliy rejim – xo’jalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo’lib, xorijiy investorlar uchun yomonlashib ketmasligi kerak.
    Xalqaro investitsion shartnoma – ikki va ko’p tomonlama milliy davlatlarning investitsiya siyosatlarini muvofiqlashtirish va xalqaro investitsiyalar sohasida tartibga solishning umumiy qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan shartnomadir.
    Ikki tomonlama investitsion shartnoma — ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida investitsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuziladigan maxsus shartnomadir.

    Download 3,09 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi 1993 yil noyabr oyida IKXAga a’zo bo’ldi

    Download 3,09 Mb.