• 7.1. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tushunchasi, kelib chiqishi va tashkil etishdagi yondashuvlar
  • Hozirgi kunda jahonda EIZning 30 ga yaqin turlari mavjud. Erkin iqtisodiy zonalar
  • Erkin iqtisodiy zona
  • -mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni




    Download 3,09 Mb.
    bet71/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    7-mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni

    7.1. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tushunchasi, kelib chiqishi va tashkil etishdagi yondashuvlar


    7.2. EIZ ning maqsadi, vazifalari va turlari
    7.3. EIZ ni tashkil etish va boshqarishning xorij tajribasi
    7.4. Offshor zonalarning geografik tarkibi va guruhlanishi
    7.5. O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlanish istiqbollari
    7.1. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tushunchasi, kelib chiqishi va tashkil etishdagi yondashuvlar
    Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish orqali iqtisodiy o’sishni ta’minlash va jahon xo’jalik tizimiga chuqurroq integratsiyalashish o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari oldidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda jahonda EIZning 30 ga yaqin turlari mavjud.
    Erkin iqtisodiy zonalar — shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash tartibi joriy etiladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi

    Erkin iqtisodiy zona — mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.

    Iqtisodiy adabiyotda birinchi marta erkin iqtisodiy zonaga 1973 yil 18 mayda Kioto konventsiyasida rasmiy ta’rif berilgan. Unda aytilishicha, bir mamlakat hududida tashkil qilingan EIZga kiritilgan mahsulot mamlakat bojxona hududidan tashqarida hisoblanib, odatdagi bojxona tekshiruvidan o’tkazilmaydi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki qiyosiy hisoblanadi.
    Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi. Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni engillashtiradi.
    Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tarixida ikki xil yondashuv mavjud: hududiy va funktsional (7.1-rasm). Yondashuvlarning asosida yagona preferentsial (imtiyozli) xo’jalik tartibi yotgan bo’lsa-da, ularni bir-biridan farqlaydigan tafovutlar mavjud.


    Download 3,09 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning o’rni

    Download 3,09 Mb.