• Qayta ishlash uchun kiritilgan xom ashyolar
  • Mamlakat ichkarisidan kiritilgan xom ashyolar
  • Mamlakat tashqarisidan kiritilgan xom ashyolar
  • TSHlardagi jami loyihalar soni
  • Tadbirkorlik hududlari
  • Texnologik parklar
  • Xitoyda tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalarning tarkibi quyidagicha
  • -jadval AQSh dagi ESHlarining asosiy ko’rsatkichlari, mlrd. dollarda17




    Download 3,09 Mb.
    bet79/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    7.2-jadval
    AQSh dagi ESHlarining asosiy ko’rsatkichlari, mlrd. dollarda17






    2005 y.

    2006 y.

    2007 y.

    2008 y.

    2009 y.

    2010 y.

    Qayta ishlash uchun kiritilgan xom ashyolar

    409,8

    491,4

    501,9

    692,6

    430,6

    534,3

    umumiy TSHlar

    69,0

    72,7

    68,7

    74,9

    75,9

    81,0

    Maxsus TSH (subhududlar)

    340,8

    418,8

    433,2

    617,7

    354,7

    453,3

    Maxsus TSH (Subhududlar) %

    83

    85

    86

    89

    82

    85

    Mamlakat ichkarisidan kiritilgan xom ashyolar

    256,0

    301,9

    300,3

    396,2

    248,6

    311,2

    Umumiy TSHlar

    46,1

    45,1

    38,4

    40,6

    37

    41,7

    Maxsus TSH (subhududlar)

    209,9

    256,9

    261,9

    355,6

    211,6

    269,5

    Mamlakat tashqarisidan kiritilgan xom ashyolar

    153,8

    189,5

    201,5

    296,3

    182

    223,1

    Umumiy TSHlar

    22,9

    27,6

    30,2

    34,3

    38,8

    39,3

    Maxsus TSH (Subhududlar)

    130,9

    1619

    171,3

    262

    143,2

    183,8

    Eksport

    23,3

    30,4

    31,6

    40,5

    28,2

    34,8

    Umumiy TSHlar

    7,1

    9,7

    9,2

    11,6

    6,7

    9,2

    Maxsus TSH (subhududlar)

    16,2

    20,7

    22,4

    28,9

    21,5

    25,6

    TSHlardagi jami loyihalar soni

    251

    256

    254

    253

    253

    254



    Tadbirkorlik hududlari tashqi savdo bilan bevosita bog’liq bo’lmagan EIHlar toifasiga kiradi. Bu erda erkin hududning boshlang’ich tushunchasi yo’qotiladi, chunki bojxona imtiyozlari ikkinchi darajali yoki umuman yo’q bo’lib qoladi, asosiy rolni esa turli soliq, moliyaviy va ma’muriy rag’batlantirishlar o’ynaydi.
    AQShda tadbirkorlik hududlari (TH) yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarning iqtisodiy nuqtai nazaridan depressiv (qoloq) hududlarida, asosan shaharlarda tadbirkorlarlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarga ko’proq erkinlik va moliyaviy imtiyozlar berish orqali, kichik va o’rta biznesni jonlantirishga qaratilgan mintaqaviy siyosatning neokonservativ variantining mahsuli sifatida vujudga kelgan. TH maydoni 2,5-5 kv.km gacha bo’lgan hududlarni qamrab oladi, ayrim hollarda ularning maydoni 13 kv.km ni tashkil etadi, ularning chegarasi belgilanmagan va faqat ularda joylashgan kompaniyalar maqomi bilan ajralib turadi.
    Barcha turdagi TH turli miqyoslarda AQSh ijroiya hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan hukumat dasturlari asosida tashkil etiladi va faoliyatini amalga oshiradi. Jumladan, 1980 yili qabul qilingan shtatlar miqyosida THni rivojlantirish dasturiga muvofiq, bu kabi hududlar 36 shtatda tuzilgan. Biroq, har bir shtat o’z ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’zining hududlar tuzilishi va faoliyatini tartibga soluvchi qonunchiligiga ega. Shtat yurisdiktsiyasidagi birinchi TH 1980 yili Floridada tashkil etilgan.
    Yuridik maqomiga ko’ra, TH hukumat qarorlari asosida uchta turdagi ya’ni, federal va mahalliy yoki shtat miqyosida tuziladi. THni tashkil qilmoqchi bo’lgan hokimiyat o’zidan yuqori turuvchi davlat organiga bu kabi hududlar tuzishga ruxsat olish uchun murojaat qilishda o’z majburiyatlarini aniq belgilab olishi lozim hamda Uy-joy qurish va shaharni rivojlantirish Vazirligiga tuzilayotgan hududga shtat miqyosida qanday imtiyozlar (soliq, ma’muriy va x.k.) berilishini ko’rsatib berishlari shart.
    Texnologik parklar (texnik-tadbiq hududlar) fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi shakli, innovatsion faoliyat yuritish va yangi texnologiyalar yaratish bilan band bo’lgan venchurli (tavakkalchilik) firmalar tuzish joyi sifatida e’tirof etilgan. Odatda ular istiqbolli ilmiy va texnologik yangiliklar va g’oyalar tadbiq etish bilan shug’ullanadigan venchurli firmalarga imtiyozli shartlarda ijaraga berilgan hududiy guruhlangan ilmiy laboratoriya va ishlab chiqarish joylar to’plami sifatida ta’riflanadi.
    EIHlar va THlarga qaraganda, texnologik parklarning tuzilishi biror bir hukumat organining ruxsatini talab qilmaydi. Bunday parklar alohida muhit – geografik, ilmiy va ijtimoiy omillar birgaligida, mavjudligida paydo bo’ladi. So’nggi yillarda ayrim shtatlar turli rag’batlantirishlar qo’llash orqali texnologik park joylashadigan bu kabi muhitni sun’iy yo’l bilan tashkil etishga urinmoqda. Texnologik parklar davlatning vazifalariga muvofiq tuzilgan deb, aytib bo’lmasa ham, ular dunyo bozorida AQShning raqobatbardoshligini oshirishda va yuqori texnologik ishlab chiqarish bo’yicha milliy bazani rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Texnologik parklarning aksariyat qismiga davlat muassasalaridan hech qanday imtiyozlar berilmaydi. Ularning ish tartibi butun davlat bo’ylab yuqori texnologik ishlab chiqarishda faoliyat yurituvchi firmalarnikiga o’xshash. 1950-60 yillarda bu firmalar, texnologik parklar kabi, iqtisodiyotning an’anaviy sohalarida faoliyat yuritgan kompaniyalarga qaraganda ma’lum imtiyozlarga ega bo’lgan. AQShning federal qonunchiligiga muvofiq, bu imtiyozlar o’z ichiga kapitalning tez amortizatsiya qilish solig’i kamaytirilishi hamda ilmiy tadqiqotlar va yuqori texnologik mahsulotni rivojlantirishga yo’naltirilgan investitsiyalarga nisbatan soliq chegirmasini qamrab olgan.
    AQShda texnoparklarning ikki turi mavjud: ayrim shaxslar va xususiy tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil etilgan texnoparklar hamda alohida shtatlar hukumatlari ko’rsatmasi bilan tuzilgan texnoparklar. Ikkinchi turdagi parklar hozirda ham tuzilib kelinmoqda, biroq ular orasida eng mashhur va samarali faoliyat yurituvchi texnoparklar birinchi turga kiradi. Ular ichida eng mashhurlari – Santa-Klara shahridagi (Kaliforniya), Stenford universiteti yaqinida joylashgan “Silikon vodiysi” texnoparki; Massachusets texnologik instituti va Garvard universiteti yaqinida joylashgan “Boston yo’li 128” texnoparki; hamda uchta universitet (Dyuk universiteti, Shimoliy Karolina universiteti va Shimoliy Karolina shtati universiteti) joylashgan hududning markazida tashkil etilgan “Shimoliy Karolina park-uchburchagi” texnoparki. Aytib o’tilgan uchta texnopark nafaqat AQShning boshqa hududlarida, balki xorijda ham tuzishda model sifatida qo’llanildi.
    G’arbiy Evropada ESH miqdori ko’proq. Ular bu erda XIX asrda va undan ham oldin paydo bo’lgan. XXI asrda ularning soni 120tani tashkil etdi. Avval bunday zonalar asosan dengiz portlarida shakllangan. Jumladan, Germaniyada yirik ESH Bremen, Bremerxaven, Emden, Gamburg va Kil portlarida joylashgan. Bu zonalarda tovarlarni yuklash, bo’shatish, qayta yuklash, saqlash, ajratish, belgilash va ularning sotuvi amalga oshiriladi, tashqi savdoga tegishli turli xizmatlar ko’rsatiladi. Ularning hududida alohida preferentsial rejim asosan port-zona hududida tovarlarni ishlash va qayta ishlash natijasida yuzaga keladigan bojxona to’lovlari, qo’shimcha qiymat solig’i (QQS) bekor qilinishi orqali tashkil qilinadi.
    Germaniya ESH orasida Gamburg ajralib turadi, u eng yirik dengiz va daryo portidir. Unda yirik xalqaro aeroport va turli sanoat sohalari mavjud. Gamburg ESH o’z ichiga portdagi ikkita uchastkani hamda Kuksxavendagi boshqa zonaning bir qismini oladi. Zona asosan ko’p bo’lgan olti va sakkiz qavatli ombor, pakgauzlar (qisqa muddatga yuk saqlanadigan ombor), meva va sabzavotlar, neft mahsulotlar saqlash joylaridan iborat, uning maydoni 600 ming m2 ni tashkil etadi18.
    Ombor va pakgauzlarning aksariyati firma va xususiy shaxslar tomonidan mustaqil ishlatiladi, lekin tovarlar saqlash uchun yangi ob’ektlar qurilishi zona rahbariyati bilan kelishilishi lozim. Zona boshqaruvi erkin port ma’muriyati tomonidan amalga oshiriladi. U bojlar yig’ishdan tashqari barcha bojxona vazifalarini amalga oshirish xuquqiga ega.
    Italiyada ESHning bojlardan ozod etilgan omborlar shakli keng tarqalgan. Ularning soni 12 ta, jumladan Neapolda (4), Genuyada (2), Varida, Imperiyada, Livornoda, Palermoda va Rimda.19
    Ispaniyada 4ta EIH mavjud, jumladan 1929 yili ichki va tranzit savdoni rivojlanitirish, tashqi savdo operatsiyalarni faollashtirish va eksportga yo’naltirilgan sanoatni rivojlantirish uchun “Kadis” EIH tuzilgan20. EIH Ispaniyaning Atlantik qirg’og’ida joylashganligi uning Amerika, Shimoliy Afrika, Atlantikaning va O’rta er dengizining Evropa davlatlari, hamda Yaqin va O’rta sharq davlatlari bilan aloqalar rivojlanishini keltirib chiqaradi. Kadis hududidagi qirg’oq Ispaniyani barcha yirik savdo markazlar bilan bog’lovchi yuk va passajir tashuvchi, dengiz liniyalariga xizmat qiluvchi zamonaviy port qurilmalariga ega.
    “Kadis” EIH maydoni 570 ming m2 ni tashkil etadi va perimetr bo’yicha EIHga qo’yiladigan talablarga muvofiq to’silgan. Bu hududda xalqaro savdo markazi, ofis markazi, ochiq va yopiq ombor va maydonchalar, sanoat korxonalar, port xizmatlari, konteyner-muzlatgichlar terminali joylashgan. “Kadis” ESH zamonaviy internatsional infratuzilma va ma’lumotlar bazasi, xavfsizlik xizmati, ichki aloqa tizimi, bojxona, bank va transport xizmatlariga ega. ESH EI bojxona hududining qismi hisoblanadi, shuning uchun uchinchi davlatlar tovarlari uchun quyidagi bojxona va soliq imtiyozlari mavjud:
    ■ agar tovar ESHda bo’lsa import bojlardan ozod etish;
    ■zona hududiga olib kelinayotgan tovarlarga maxsus soliqlardan ozod etish;
    ■ QQSdan ozod etilish va ESHga olib kirilayotgan tovarlar uchun va bu tovarlarni ishlash bilan bog’liq xizmatlar uchun uning qaytarilishi;
    ■ EI savdo siyosat choralarini qo’llamaslik;
    ■ tovarning kelib chiqishi, miqdori, ishlab chiqilgan joyi va ishlatilishidan qat’iy nazar uni olib kirish va uni ESHda cheksiz vaqt mobaynida bo’lish imkoniyati.
    “Kadis” ESH muvafaqiyatli rivojlanib, Ispaniyaning ichki va tashqi savdosini rivojlanishiga hissa qo’shmoqda.
    1990 yillar boshida Ispaniyada “Barselona” kompleks EIHi tuzilgan. Davlatdagi eng yirik zona deb hisoblanuvchi mazkur EIH o’z ichiga sanoat poligonini (zonasini), erkin bojxona omborini va erkin savdo zonasini oladi. Bu kompleksni boshqarish uchun Barselona EIH konsortsiumi tashkil etilgan. Konsortsium uchta EIH faoliyatini boshqarish va hudud chegarasidagi erlarni korxona va firmalarga ijaraga berish bilan birga, EIHdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi.
    Tarragonda (Barselona) joylashgan sanoat poligoni sanoat korxonalari zichligi bo’yicha Kataloniyadagi eng yirik EIH hisoblanadi va eng yaxshi infratuzilmaga ega. Joylashishi bo’yicha ushbu hudud asosiy kommunikatsion tuzilmalarning bo’g’imidir: u Ispaniya va Evropaning asosiy avtostradalariga yaqin, hudud ichida tovar stantsiyalari va temir yo’l konteyner terminaliga ega va bundan tashqari, Tarragon dengiz porti va Reus aeroporti yaqinida joylashgan. Bularni hisobga olingan holda, “Barselona” EIHiga nafaqat milliy, balki xalqaro korporatsiya va firmalar qiziqish bilan qaraydi.
    Tarragon yaqinidagi erkin ombor 1993 yili tashkil etilgan va 2 oy (sentyabr-oktyabr) ichida 22,5 tonna turli yuklar qayta ishlangan. Biroq, bir yildan so’ng shu davr ichida 791 tonna yuk qayta ishlangan21. Konsortsium rahbariyati fikriga ko’ra, “Barselona” EIH rivojlantirishning o’rta muddatli loyihalari orasida erkin ombor faoliyati katta qiziqishga ega.
    Kompleks zonaning uchinchi tarkibiy qismi – erkin savdo hududi, u orqali turli tovarlarning tranziti va eksporti amalga oshiriladi. Yil davomida u orqali 200 ming tonnadan ortiq yuk o’tadi, ular ESHiga ajratilgan maydonning 85% ini egallaydi. Zona muvaffaqiyatli ishlaydi, u sekin-sekin eksport va import hajmini va tranzit yuklar oborotini kengaytirib kelmoqda.
    Irlandiya. Evropa va jahon ESH yangi tarixi 1950 yillar oxirida boshlangan va “Shennon” Irlandiya xalqaro aeroporti bilan bog’liq. Irlandiyaning g’arbiy qismida joylashgan Shennon aeroporti Transatlantik reyslaridagi samolyotlarni yoqilg’i bilan ta’minlash bilan shug’ullangan. Lekin etakchi aviakompaniyalar uzoq muddat uchadigan samolyotlarga o’tishi bilan Shennonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi va u yopilish arafasida edi. Shunda 1959 yili Irlandiya hukumati aeroportni xalqaro tadbirkorlik hududiga aylantirish istagini bildirdi22. Qulay transport aloqalari va milliy sarmoyadorlar uchun qilingan qator imtiyozlar, jumladan: xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni bojsiz olib kirish xuquqi, ishlab chiqarish korxonalari va omborlar uchun past ijara to’lovlari, sarmoya kiritish jarayonlarining soddalashtirilishi va qulay maishiy sharoitlar tufayli Shennon zonasi tez orada jiddiy muvafaqiyatlarga erishdi. Vaholanki, EIH tashkil etilganda uning hududi bor yo’g’i 15 gektarni egallagan va 300 ta yangi ishchi o’rinlarini tashkil etgan edi. Lekin, 15 yildan so’ng u erdagi ishchi o’rinlari soni 23 mingtani tashkil etdi23.
    Hududdagi korxonalarda elektron uskunalar, sanoat olmoslar, quvurlar qazish uskunalari, ommabop iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. Eksport hajmi 1980 yildagi 230 mln. dollardan 2004 yili 1,6 mlrd. dollarga ortdi24. Shennon esa, Irlandiya g’arbining rivojlangan sanoat markaziga aylandi. ESHda ishchining o’rtacha yillik daromadi 50-70 ming dollarni tashkil etadi.
    1998 yilda “Shennon” EIHda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxona 165 mlrd.dollarlik mahsulotni eksport qildi. Irlandiya jami eksportining hajmi mamlakat YaIMning 70% ini tashkil etadi va bu EIning boshqa kichik davlatlaridan 2 marta yuqori ko’rsatkich25.
    1980 yili Portugaliyaning Madeyra arxipelagida va Azor orollarida ikkita kompleks zonalar tuzilgan. “Santa-Mariya” kompleks hududi (Azor orollarida) 40 ga maydonni egallaydi va unga transport ta’minoti borasida chuqur suvli dengiz porti va xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko’rsatiladi26. Zonaning ixtisosligi ko’p qirrali: uning hududida sanoat, tijorat va moliyaviy faoliyatning, shuningdek offshor zonalar, barcha turlariga ruxsat etilgan.
    “Santa-Mariya” EIHda ro’yxatdan o’tgan korxonalar quyidagi imtiyozlarga ega: barcha bojxona rasmiyatchiliklari soddalashtirilgan; tovarlarni erkin olib kirish va olib chiqish; reeksport qilinayotgan tovarlarning bojlardan ozod etilgan; aktsiyadorlik jamiyatlar va korxonalar daromad solig’idan hamda patentlar, litsenziyalar, tovar belgilarni berishda daromad solig’idan ozod etilgan; chet el kompaniyalari kapitali erkin harakat qilishiga kafolat berilgan; kasbiy tayyorlash uchun subsidiyalar (Azor orollari fuqarolari uchun 100%gacha); ijara subsidiyalari (harajatlar 50%gacha 5 yil muddatga); qurilish subsidiyalari (ishlab chiqarish korxonalari qurilishida harajatlarning 50%gacha); uskuna olish uchun subsidiyalar (ishlab chiqarish korxonalari uchun harajatlarning 50%gacha).
    Loyihalarni amalga oshirishga qiziqqan va EIHda ish yuritayotgan korxonalarning axborot ta’minoti “Santa-Mariya” EIHni rivojlantirish jamiyati orqali amalga oshiriladi.
    Portugaliyaning boshqa Madeyra orolidagi EIH kompleks hududining vazifa va imtiyozlar tizimi shunga o’xshash, biroq, uning hududi va faoliyat doirasi “Santa-Mariya” EIHga solishtirganda kichikroq.
    G’arbiy Evropada tadbirkorlik hududlari faoliyat yuritmoqda. Tadbirkorlik hududlarni tuzishdan maqsad iqtisodiy qoloq hududlarda milliy tadbirkorlarga moliyaviy-kredit va soliq imtiyozlar berish orqali xo’jalik faoliyatini jonlantirishdir. Bu zonalardagi imtiyozlar darajasi, odatda, bevosita tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ish joylariga bog’liq. Tadbirkorlik hududlari Buyuk Britaniya va Frantsiyada mavjud.
    G’arbiy Evropa davlatlarida ilmiy-sanoat parklar, ilmiy parklar, texnoparklar sifatida ma’lum bo’lgan texnik-tadbiq etish hududlari keng tarqalgan. Ularda printsipial yangi texnologiyalar, materiallar va tovarlar ishlab chiqish olib boriladi, ilm talab qiluvchi mahsulotning kam miqdorli eksperimental ishlab chiqarilishi amalga oshiriladi.
    Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIZni tashkil etish tajribasiga ko’ra, bu mamlakatlarda ko’proq eksport-ishlab chiqarish hududlari tarqalganligini ko’rish mumkin. Bu narsa EIZning rivojlanayotgan mamlakatda bajarayotgan vazifalaridan kelib chiqadi: mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash; iqtisodiyotning yuqori darajada sanoatlashuviga erishish; mamlakatning xalqaro mehnat taqsimoti, jahon xo’jaligi, xalqaro savdodagi o’rnini mustahkamlash va hokazo.
    Ko’pincha, rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning asosiy kontseptsiyasi sifatida EIZlarni barpo etish qabul qilinadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, bunday strategiya o’zini oqladi. Rivojlangan mamlakatlarda barpo etilgan eksport ishlab chiqarish hududlari ko’proq ichki bozor uchun ishlasa, rivojlanayotgan mamlakatlardagi bunday hududlar faoliyati tashqi bozor uchun yo’naltirilgan bo’ladi.
    Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIZlar jalb qilinayotgan kapital tarkibiga ko’ra ham farq qiladi. Agar rivojlangan mamlakatlarda bu kapital ko’proq milliy xususiy kapitaldan tashkil topsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu kapital ko’proq xorijiy xususiy kapitaldan iboratdir.
    Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIZlar qilayotgan xarajatlar tarkibi taxminan quyidagicha: bevosita davlat qo’yilmalari — 2 — 3%, mahalliy byudjetdan moliyalashtirish — 12 — 15%, imtiyozli davlat kreditlari — 30 — 35%, tijorat tarkibi va xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtirish — 47 — 56%. Bu erda rivojlanayotgan mamlakatlar EIZlariga xos xususiyat kelib chiqadi — EIZlar orqali davlat tomonidan xorijiy investorlar uchun qulay preferentsial investitsiya muhiti yaratiladi. Ushbu mamlakatlarda milliy xususiy investorlar uchun turli chegaralar qo’yiladi. Ularning aksariyat qismiga milliy investorlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kamida 90% ini eksportga chiqarish sharti bilan kapital qo’yishga ruxsat beriladi.
    O’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar, xususan, Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida EIZni barpo etish XX asrning 80-yillaridan boshlangan. Bu erda asosiy maqsad markazlashgan — rejali milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti tomon ochiqligini tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali kuchaytirish bo’lgan. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim: milliy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish; tovarlar va xizmatlar eksportidan hamda xorijiy investitsiyalardan keladigan valyuta oqimini ko’paytirish; import xarajatlarini kamaytirish; yangi turdagi mahsulot hamda xizmatlarni o’zlashtirish va boshqalar.
    Sanab o’tilgan maqsad va vazifalar o’tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda EIZni barpo etish hamda ularni boshqarishda o’ziga xos xususiyatlarning shakllanishiga olib keldi. Ushbu mamlakatlardagi EIZni barpo etishning umumiyligi ularning “anklavligi”dir. EIZga xos xususiyat esa hududning tashqi iqtisodiy rejimini belgilashda yuzaga keladi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida, asosan, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etiladi. Bizning fikrimizcha, ular eksport — ishlab chiqarish zonalariga to’g’ri keladi. Ularga xos xususiyat korxonalarning xizmatlar eksporti, milliy va xorijiy xo’jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlashdan iboratligidadir. Bu zonalar davlatniki (Ruminiya, Vengriya, Bolgariya), aktsioner (Polsha) va aralash (Vengriya) bo’lishi mumkin. Ularga ajratilgan hududda tegishli infratuzilma yaratiladi, uni milliy iqtisodiy sub’ektlar ijaraga olishadi va xo’jalik faoliyatini amalga oshirishadi.
    EIZlarni tashkil etish va boshqarishda Xitoy tajribasi alohida o’rin tutadi. Xitoy tajribasi o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari va rivojlanayotgan mamlakatlar ichida muvaffaqiyatli hisoblanadi. Mamlakatda EIZni tashkil etish tashabbusi 1979 yilda XKP MK tomonidan ilgari surilgan va dunyo mamlakatlari bilan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va xorijiy inves-titsiyalarni jalb qilishga asoslangan ochiq tashqi iqtisodiy siyosat olib borish ko’zda tutilgan.
    Iqtisodiy ochiqlik dengiz sohili, mamlakatning ichki qit’a va chegaraga tutash rayonlari, Yantszi daryosi havzasi orqali amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalar asosan maxsus tashkil etilgan kompleks iqtisodiy hududlar orqali kirib keladi.
    Xitoyda EIZlarni tashkil etish va boshqarish siyosati milliy iqtisodiyotga xorijiy kapitalni jalb etish siyosati bilan mos keldi. Xitoyda EIZni tashkil etish evolyutsiyasini uch bosqichga bo’lish mumkin.
    Birinchi bosqich - 1978 - 1982 yillar. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy va institutsional asoslari yaratildi. Mazkur bosqichda dastlabki maxsus iqtisodiy zonalar - Guandun (Shenjen, Chjuxay, Shantou) va Futszyan viloyatlarida (Syaman) tashkil etildi.
    Ikkinchi bosqich — 1983 — 1989 yillar. Bu bosqich xorijiy investorlar bilan shartnomaviy huquqiy asosdagi hamkorlikning takomillashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va undan foydalanishdagi davlat siyosatining erkinlash-tirilishi bilan ajralib turadi.
    Uchinchi bosqich — 1990 yildan hozirga qadar. 1990 yilda Shanxay shahri yaqinida yangi ochiq rayon Pudun barpo etildi. Bu rayon iqtisodiy va huquqiy tartibiga ko’ra erkin iqgasodiy zonaga to’liq mos keladi. Pudun rayonini tashkil etishdan maqsad Shanxay shahrini modernizatsiya qilish va Yantszi daryosi havzasi mintaqasini rivojlantirish edi. 1990 yilda uning hududida birinchi erkin savdo zonasi — “Veygatsyao” tashkil etildi. Ushbu zona eksport ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi. Bu erdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 202 ta korxonaning 140 tasi to’liq xorijiy korxona hisoblanadi. Uning tashkil etilishini mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ochilishini ta’minlashdagi yangi bosqich sifatida baholash mumkin.
    Maxsus iqtisodiy zonalar eksport, ishlab chiqarish, savdo, ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga, ularning har biri alohida farqlarga ega. Bu farqlar soliq va bojxona tartibida o’z aksini topadi. Xitoydagi maxsus iqtisodiy zonalarning o’ziga xosligi shundaki, hududdagi korxonaning ishlab chiqarishi tashqi bozorga yo’naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga sotish EIZ boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi tartibda bojxona to’lovlari undiriladi.
    Xitoyda EIZni boshqarish masalalari butunlay viloyat darajasiga tushirilgan. EIZlarning mahalliy organlari tashqi iqtisodiy faoliyat va xo’jalik siyosati sohasida keng vakolatlarga ega. Misol uchun, Guandun va Funchjen viloyatlarida mahalliy organlar EIZlarni boshqarish masalalari haqida alohida qarorlar qabul qilishi mumkin.
    Hozirgi kunda Xitoyda tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalarning tarkibi quyidagicha:
    Umummilliy miqyosdagi maxsus iqtisodiy zonalar - beshta.
    Erkin dengiz portlari — o’n to’rtta.
    Yantszi daryosida joylashgan ochiq portlar — oltita.
    Xitoy viloyatlarining markazlari bo’lgan ochiq shaharlar o’n uchta.
    Iqtisodiy va texnik rivojlanish zonalari — o’n to’rtta.
    Chegara yonida joylashgan iqtisodiy hamkorlik zonalari uchta.
    Texnik parklar — ellikta.
    8. Turizm rivojlangan umummilliy zonalar — o’n bitta.
    Xitoyda EIZ uchun quyidagi iqtisodiy imtiyozlar yaratilgan:
    foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytiriladi;
    20 mln. dollar xorijiy kapital qo’yilgan ob’ektlar, yuqori mehnat va texnologik sig’imkorligiga ega ishlab chiqarish uchun foyda solig’i 15% ni tashkil etadi;
    mahsulotining 70% i eksportga chiqariladigan va yuqori texnologiyali korxonalar uchun 10 - 12% li soliqlar joriy qilinadi;
    xorijiy ishbilarmonlar dividendi va daromadiga 10% soliq solinadi.
    Quyidagi hollarda bojxona to’lovlari undirilmaydi:
    ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish materiallari, detallar va uskunalardan;
    xorijiy kapital ishtirokidagi korxona eksportidan;
    - ofis jihozlari va transport vositalaridan (EIZdagi xorijiy korxonalar, tashkilotlar va vakolatxonalarda ishlatiladigan).
    Xitoyda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish uchun katta hajmdagi kapital qo’yilmalar talab etildi va ushbu qo’yilmalar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1995 yildayoq ushbu hududlarga asosiy kapitalga sarflangan kapital qo’yilmalarning 56,3%i yo’naltirildi. Agar Xitoyda investitsiyalar YaIMga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, u holda eksportga yo’naltirilgan strategiyaning naqadar maqsadli amalga oshirilganligini ko’rishimiz mumkin. XX asr 90-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab eksport ishlab chiqarish zonalariga yo’naltirilgan davlat va xususiy investitsiyalar ulushi jami investitsiyalar hajmining yarmidan oshib ketdi. Uzoq yillar mobaynida jami xorijiy investitsiyalarning 70% dan ortiq qismi ushbu hududlarga yo’naltirildi. 2005 yilga kelib EIZning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushi 85%gacha etgani holda, xorijiy investitsiyali korxonalarning 83%i ushbu hududlarda joylashtirildi .
    Umuman, Xitoy erkin iqtisodiy zonalariga xos quyidagi xususiyatlarni ajratib ko’rsatish mumkin: EIZni bosqichma-bosqich barpo etish; xorijiy investitsiyalardan keng foydalanish; ulardagi tarmoqlarni yaratishdagi muhim ustuvorlik — sanoat ishlab chiqarishni shakllantirish; zonalarning eksport-ishlab chiqarishga yo’naltirilganligi; ishlab chiqarishga import xom ashyosini jalb etish; soliq tizimining hududlar bo’yicha ularning rivojlanish xususiyatlariga ko’ra tabaqalashganligi;
    EIZning mahalliy va markaziy hukumat organlari bilan birgaliqda boshqarilishi; bozor munosabatlarining sotsialistik munosabatlar bilan uyg’unlashganligi.
    Hindistonda EIHlarni rivojlantirishda asosiy urg’u informatsion texnologiyalar, farmatsevtika, biotexnologiyalar, tekstil, neftni qayta ishlash va avtomobil qismlari sanoati sohalariga qaratilgan va hududiy nuqtai nazardan Maxarashtra, Gujarat, Xaydarobod, Andra Pradesh, Tamil Nadu va Dexli shtatlarida mujassamlangan. Ushbu 6 ta shtatga Hindistonning boshqa hududlariga qaraganda eng ko’p xorijiy investitsiyalar kirgan.
    Hindistondagi faoliyat yuritayotgan EIHlar ulardan ko’zda tutilgan maqsadga – eksport hajmini oshirishga - qanchalik erishganini tahlil etish uchun quyidagi raqamlarga murojaat etamiz. 2007-08 moliyaviy yil mobaynida ( Hindiston moliyaviy yili 1 aprelda boshlanib 31 martda tugaydi) 163 mlrd. AQSh dollarlik tovarlar eksport qilingan bo’lsa, 2008-09 moliyaviy yilda bu raqam 14 foizga oshdi va 185 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Kelgusi yilda esa global iqtisodiy tanazzul sabab eksport hajmi 5 foizga kamaydi va 177 mlrd. AQSh dollariga teng bo’ldi. Lekin bu davr mobaynida EIHlarning mamlakat eksportidagi ulushi uzluksiz ravishda o’sib bordi. Ya’ni 2007-08 yilda EIHlardan bo’lgan eksport 16.5 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan va 2008-09 yilda esa bu ko’rsatkich 22 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan, yoki EIHlardan bo’lgan eksport jami mamlakat eksportining 10-11 foizini tashkil etgan. Lekin kelgusi yilda, 2009-10 yilda EIH lardan bo’lgan eksport hajmi keskin o’sib 46.51 mlrd. AQSh dollariga etdi va uning ulushi jami mamlakat eksportida 26 foizdan oshiqroq bo’ldi27. Boshqa so’zlar bilan aytganda , EIHlar bugungi kunda mamlakat eksportining to’rtdan bir qismidan ortig’ini ta’minlamoqda va Hindistonga xorijiy investitsiyani kirib kelishida muhim rol o’ynamoqda.
    EIHlarning Hindiston uchun bugungi kundagi ahamiyatini inkor etib bo’lmasligini quyidagi raqamlar ham isbotlaydi: agar EIHlarni hisobga olinmasa 2009-10 yildagi Xindiston eksporti bor yo’g’i 130 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi xolos, bu esa 2008-09 yildagi EIHlarsiz hisoblangan 163 mlrd. AQSh dollarilik eksportdan 20 foiz kamdir. Ya’ni, global iqtisodiy tanazzulga qaramasdan EIHlar eksportning 100 foizga o’sishiga erishgan bir vaqtda Hindistonning EIHlarsiz qismida eksport 20 foizga kamaygan28.



    Download 3,09 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval AQSh dagi ESHlarining asosiy ko’rsatkichlari, mlrd. dollarda17

    Download 3,09 Mb.