• Innovatsion markaz
  • Tadqiqot parki
  • Ularning EIZlardan farqi shundaki
  • 1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi




    Download 3,09 Mb.
    bet75/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    Ilmiy-texnologik zonalar. Ilmiy-texnologik zonalarni (ITZ) erkin iqtisodiy zonalarning alohida guruhiga kiritish mumkin. Iqtisodiy adabiyotda ular texnologik parklar, texno-polislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar, ishbilarmonlik markazlari deb ataladi. Bu hududlarning ajralib turadigan tomoni shundaki, mazkur hududda ilmiy va texnologik ishlab chiqarish faoliyati yirik ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar atrofida joylashgan fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan, ilm ko’p talab qiladigan firmalar shaklida birlashadi. Bunday hududlarni tashkil etishdan maqsad sanoatga materiallar, yuqori malakali mehnat resurslari, yangi zamonaviy texnologiyalarni etkazib berishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Ilmiy texnologik zonalar uch toifaga bo’linadi:
    Innovatsion markaz — bu iqtisodiy tarkibi uncha katta bo’lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo’ljallangan.
    Ilmiy parklar - bu etarlicha katta hudud bo’lib, unda turli o’lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig’imkorligi yuqori, ilm ko’p talab qiladigan firmalar joylashgan bo’ladi. Ular unchalik katta bo’lmagan ishlab chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo’lga qo’yish imkonini beradi.
    Tadqiqot parki — bu tarkib doirasida ilmiy-texnik yangiliklar texnik timsol bosqichigacha ishlab chiqiladi. Bunday parklarda sanoat kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tajriba idoralari birlashadi.
    Ilmiy-texnologik zonalarning samaradorligini belgilovchi mezon — bu yangi texnologiya, yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarni bir joyga to’plash, ularni o’quv-tadqiqot va tijorat tashkilotlari tarmoqlari orqali qo’llab-quvvatlovchi mahalliy muhitning yaratilishidir.
    Erkin iqtisodiy zonalar orasida offshor zonalar alohida guruhni tashkil etadi. Ularning EIZlardan farqi shundaki, unda ro’yxatdan o’tgan korxona hech qanday ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullana olmaydi. Offshor yurisdiktsiyaning asosiy belgisi soliqqa tortishdagi imtiyozlar hisoblanadi.

    Download 3,09 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi

    Download 3,09 Mb.