• Xolding-kompaniya.
  • 7.5. O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlanish istiqbollari
  • -jadval Jahondagi ba’zi offshor zonalardagi imtiyozlar va ular o’rtasidagi farqlar




    Download 3,09 Mb.
    bet83/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    7.3-jadval
    Jahondagi ba’zi offshor zonalardagi imtiyozlar va ular o’rtasidagi farqlar





    Lixtenshteyn

    Malta

    Dubay

    Bagam orollari

    Kompaniya statusi

    Xolding kompaniyalar

    Nosavdo offshor kompaniyalari (ITOS) Savdo offshor kompaniyalari (TOS)

    “Djebel Ali” er-
    KIN 30-
    nasidagi kompaniya

    Xalqaro tadbirkorlik kompaniyalari

    Korporatsiya solig’i

    Yo’q

    ITOS - yo’q TOS - 5%

    Yo’q

    Yo’q

    Kapitalni ko’paytirish uchun soliq

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q

    Meros solig’i

    0,5 - 18%

    Ozod etilgan

    Yo’q

    Yo’q

    Kapitalga yil-lik soliqlar

    0,05-0,1

    Yo’q

    Yo’q

    Yo’q

    Daromad turlari bo’yicha soliqlar;













    - dividendlar

    4%

    Ozod etilgan

    Yo’q

    Yo’q

    - foizlar

    4%

    Ozod etilgan

    Yo’q




    - royalti

    Yo’q

    Ozod etilgan

    Yo’q

    Yo’q

    Jismoniy shaxslarga daromad solig’i

    17,82%gacha

    Maltada yashovchi xorijliklar uchun 15%

    Yo’q

    Yo’q

    Valyuta nazorati

    Yo’q

    Ozod etilgan

    Yo’q

    Ozod etilgan

    Moliyaviy hi-sobotlarni e’lon qilish majbu-riyati

    Talab etilmaydi

    etos-
    ozod etilgan TOS - ha

    Yo’q

    Yo’q

    Aktsiyadorlar no-mining oshkor etilishi

    Talab
    etilmaydi

    MTOS - ha TOS - yo’q

    Ha

    Yo’q



    Xolding-kompaniya. Aytaylik, tadbirkor mahalliy “A” firmaning aktsiyalar paketini sotib olmoqchi. Ammo u nomining aktsiyadorlar reestrida ro’yxatdan o’tishini va tadbirkorga to’lanadigan dividendlarning soliqqa tortilishini istamayapti. Agar u aktsiyalarni sotib yuborish istagini bildirsa, daromadi ham soliqqa tortiladi. Bu muammolarning barchasini “V” offshor kompaniyasini ro’yxatdan o’tkazib hal kilishi mumkin. “V” kompaniya “A” firmaning aktsiyalarini to’g’ridan-to’g’ri yoki vositachi “S” investitsion kompaniya orqali sotib oladi. Oxirgi holda “V” va “S” kompaniyalar o’rtasida shartnoma tuziladi. Unga asosan “S” kompaniya o’z nomidan, ammo “V” kompaniya hisobidan “A” firmaning aktsiyalarini sotib oladi. “V” kompaniya oladigan dividendlar offshor zonaga joylashtiriladi. Offshor zonada esa daromad soliqqa tortilmaydi.
    Offshor kompaniyalar mahalliy soliqlardan butunlay ozod etiladi. Ular ro’yxatdan o’tayotganda bir martalik ro’yxatdan o’tish va yillik badalni to’laydilar, xolos. Offshor tartibda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga xos boshqa bir belgi — offshor kompaniyaning ro’yxatdan o’tgan mamlakat hududida tijorat operatsiyalari bilan shug’ullanishining man etilganligidir. Bu kompaniyaga qonun doirasidagi soliq majburiyatlari va haddan tashqari yuqori bojxona tariflari, valyuta nazorati, eksport-import kvotalaridan ozod bo’lish usullaridan foydalanish imkonini beradi. Offshor zonalardagi imtiyozli tartib, valyuta cheklovlarining yo’qligi, foydani erkin olib chiqib ketish, bojxona bojlari va xorijiy investorlar uchun yig’imlarning pastligi, nizom kapitali darajasining pastligi (odatda, shunchaki deklaratsiya qilinadi, ammo badal to’lanmaydi) va boshqalar hisoblanadi.
    Offshor zonalar faoliyatining jahon tajribasi ko’rsatishicha, offshor kompaniyalar faoliyatini tartibga solishda mamlakatlar o’rtasida ba’zi yo’nalishlar bo’yicha farqlar va qarama-qarshiliklarning ham mavjudligini ko’rish mumkin. Shunga qaramasdan, bu zonalardagi asosiy xususiyat soliqqa tortishdagi imtiyozlar bilan bog’likdir (7.3-jadval).
    Offshor jozibadorligining muhim omili bu tartibning barqarorligi hisoblanib, odatda, offshor kompaniyalar ro’yxatdan o’tgandan boshlab 15 — 25 yil mobaynida investor offshor zonadagi noxushliklardan kafolatlangan bo’ladi.


    7.5. O’zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi va rivojlanish istiqbollari

    O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning asosiy omillari quyidagilardan iborat: iqtisodiyotda faol tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi; eksport siyosatida xom ashyo eksportidan tayyor mahsulot eksportiga o’tilishi.


    O’zbekistonda EIZni tashkil etish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta qurish jarayonidagi quyidagi muhim ustuvor vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
    hududlarni rivojlantirish;
    yangi ishchi o’rinlarini yaratish;
    iqtisodiyotning noan’anaviy tarmoqlarini rivojlantirish;
    ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy ishlanmalarni joriy etish;
    xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida raqobat bardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish.
    Mamlakatimizda erkin iktisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. Oliy Majlis Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida ma’qullangan “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqidagi O’zbekiston Respublikasining Qonuni esa amaldagi Qonunning erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish tartibi, ularning turlari, mazkur zonalar ishtirokchilariga qo’shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish mexanizmini o’zida aks ettiradi.
    O’zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi Qonunida “...Erkin ishlab chiqarish zonalari maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy dastur bo’lib, yangi ishlab chiqarish munosabatlari asosida alohida olingan hududda tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni erkin raqobat, ma’muriy-iqtisodiy mustaqillik va o’zini o’zi mablag’ bilan ta’minlash tamoyillari asosida joriy etilishidir. Bu maqsad uchun o’sha hududda joylashgan korxonalarni ijaraga olish, kooperativ, qo’shma va chet el korxonalarini qurish va ularni ekspluatatsiya qilish evaziga erishiladi”, deb ta’kidlanadi. Mamlakatimizda ham, EIHlarni tashkil etishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrdagi “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida”gi farmoniga29 ko’ra, Navoiy shahrining xalqaro aeroporti hududi yaqinida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona (EIIZ) tashkil etilgan bo’lsa, 2012 yil 13 apreldagi ““Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida”gi farmoniga ko’ra, Toshkent viloyatida maxsus industrial zona (MIZ) tashkil etiladi30. “Angren” MIZda amal qiladigan imtiyozlar ham TTXIlarni jalb qilishda kuchli rag’batlantirish tizimiga ega bo’ladi.
    Ushbu hududlarning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni tashkil etib, keyinchalik uzaytirilishi mumkin. Mazkur hududlarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsadlar belgilab olindi va ularga kiritiladigan investitsiyalar miqdoriga qarab amal qiladigan alohida soliq, bojxona imtiyozlari belgilab qo’yildi (7.4-jadval).



    Download 3,09 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Jahondagi ba’zi offshor zonalardagi imtiyozlar va ular o’rtasidagi farqlar

    Download 3,09 Mb.