• Hozirgi kunda mavjud offshor zonalarni quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin
  • Offshor zonalarning geografik tarkibini o’rganish ularni quyidagi guruhlarga ajratish imkonini beradi
  • Offshor zonalarning geografik tarkibi va guruhlanishi




    Download 3,09 Mb.
    bet80/108
    Sana22.12.2023
    Hajmi3,09 Mb.
    #126945
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108
    Bog'liq
    xorijiy investitsiya maruza

    7.4. Offshor zonalarning geografik tarkibi va guruhlanishi
    Offshor” atamasi ilk bor 1950 yillarning oxirlarida AQShda qo’llanila boshlangan. “Offshor” (“off shore”) inglizcha so’z bo’lib, qirg’oqdan tashqarida, degan ma’noni anglatadi. Offshor zona esa muayyan davlatning iqtisodiy jihatdan erkin hududidir. Bu hududda yuridik maqomga ega shaxslarga nisbatan soliq imtiyozlari yaratiladi, buxgalteriya hisoboti va audit bo’yicha talablar kamaytiriladi, bojxona to’lovlari va savdo cheklovlari qisman yoki butunlay olib tashlanadi.
    U yoki bu hududni offshor zonaga aylantirish uchun unda soliq qonunchiligi bo’yicha erkinliklar va norezident kompaniyalarni ro’yxatga olishda imtiyozli shart-sharoitlar yaratilishi, siyosiy va iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishi, xalqaro telekommunikatsiya va transport tarmoqlari rivojlangan bo’lishi, hududda siyosiy tanglik va davlat to’ntarilishi xavfi, ehtimoli bo’lmasligi lozim (6.4.1-rasm).
    Hozirgi kunda mavjud offshor zonalarni quyidagi uch guruhga bo’lish mumkin:
    klassik offshor zonalar. Bu hududlarda korxonalar soliqlar va moliyaviy hisobotlardan ozod etilgan bo’ladi. (Seyshel orollari, Beliz, Dominika, Panama kabi hududlar);
    soliq yuki past bo’lgan offshor zonalar;
    korxonalarni ro’yxatdan o’tkazish, biznesni yuritish va soliq to’lovi bo’yicha ayrim imtiyozlarga ega offshor zonalar.
    Britaniyaning Virgin orollari, Seyshel oroli, Beliz, Dominika, Nevis, Gibraltar, Panama, Bagama orollari, Gonkong, Kipr, Buyuk Britaniya, AQSh va boshqalar dunyoga tanilgan offshor hududlar hisoblanishadi.
    Offshor zonalarning geografik tarkibini o’rganish ularni quyidagi guruhlarga ajratish imkonini beradi:
    1. Yuqori iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo’lmagan, ammo siyosiy jihatdan barqaror bo’lgan orollar, kichik davlatlar (Bagam orollari, Britaniyaning Virgin orollari, Vanuatu, Seyshel orollari). Odatda, bu davlatlar offshor kompaniyalarning hisobot berishlari bo’yicha hech qanday talab qo’ymaydilar. Ularning yagona talabi mamlakat byudjetiga to’lanadigan yillik yig’imlarni to’lash hisoblanadi.
    Offshor kompaniyalardan tashqari, mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lmagan ushbu hududda xo’jalik faoliyatini yurituvchi oddiy offshor kompaniyalar ham mavjud bo’lgan davlatlar.






    Download 3,09 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   108




    Download 3,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Offshor zonalarning geografik tarkibi va guruhlanishi

    Download 3,09 Mb.