1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi




Download 3,09 Mb.
bet78/108
Sana22.12.2023
Hajmi3,09 Mb.
#126945
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
Bog'liq
xorijiy investitsiya maruza

Tashqi savdo hududlari. Tashqi savdo hududlarida (TSH) ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati 110 mlrd. dollardan ortiq, shundan 88%i AQSh ichki bozorida o’z xaridorini topmoqda.15 Zamonaviy TSHlarda turli tarzdagi xizmatlar ko’rsatiladi. Mazkur hududlarga keltirilgan tovarlar nafaqat omborxonalarda saqlanadi, turlarga ajratiladi (saralanadi), qadoqlanadi, balki mahsulot qayta ishlanishi, ba’zi mahsulotni import qilingan yoki mahalliy komponentlar yordamida yig’ish, hattoki, hududga olib kelinadigan yoki shu erning o’zida yaratiladigan mahsulot bazasida ishlab chiqarishning alohida turini tashkil etish mumkin. Odatda, TSH yaratilishiga qulay geografik joylashuv (xalqaro transport yo’llariga, yirik sanoat markazlariga, chegaraga yaqinlik va b.q.) va rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi (yo’llar, omborlar, yuk terminallari, zarur texnika, energiya, suv va issiqliq bilan ta’minlanganlik va h.k.) sabab bo’ladi. Shuning uchun TSHlar dengiz portlari, aeroportlarda yoki ularga yaqin joyda tashkil etiladi.
Birinchi TSHlari AQShda 1934 yilda tashqi savdo hududlar to’g’risidagi Qonun asosida yaratildi. Ularni tashkil qilishdan asosiy maqsad hududlarning iqtisodiy faolligini kengaytirish (bojxona imtiyozlarini berish) yo’li bilan AQShni jahon savdo tizimiga chuqurroq jalb qilish va Buyuk Depressiyadan so’ng o’ta baland ishsizlik darajasini pasaytirish edi. 1950 va 1991 yillarda Qonunga, bu hududlar faoliyatini kengaytirish va diversifikatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan, jiddiy o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. 1934 yildagi Qonunga muvofiq AQShning Savdo vazirligi qoshida TSHlar bo’yicha Qo’mita tashkil etilgan va uning vakolatiga hududlar tashkil etish to’g’risida arizalarni ko’rib chiqish va tasdiqlash hamda yaratilgan hududlar boshqaruvchilarining (ma’muriy kengashlarining) faoliyatini nazorat qilish belgilangan.
AQShning TSH amaldagi qonunchilikka ko’ra ikki turdagi hududlarga bo’linadi: umumiy vazifali va maxsus vazifali hududlar (subhududlar). Umumiy vazifali hududlar AQSh bojxonasi vakolatidan tashqari faoliyat ko’rsatadi. Ular, odatda port yoki aeroportlar atrofida tashkil qilinadi. Asosiy faoliyati tovarni saqlash, xillarga ajratish, o’rash va qo’shimcha qayta ishlashsiz jo’natishdan iborat. Ba’zi hollarda eksport qilish maqsadida xorijiy tovarlarni biroz qayta ishlashga yo’l qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan, funktsional maqsadlariga ko’ra ular erkin bojxona hududlarning o’zida aks ettiradi. Ko’pincha umumiy vazifali hududlar keyinchalik maxsus hudud (subhudud) yaratish uchun tashkil qilinadi.
Hozirgi kunda jami TSH va ularning subhududlarining soni 500 dan ortiq bo’lib, bunday hududlar mamlakatning barcha shtatlarida tashkil etilgan. ESHlarida qayta ishlangan tovarlar qiymati 490 mlrd. AQSh dollaridan iborat bo’lib, 30 mlrd. dollarlik tovar eksport qilingan. Bu hududlarda ish bilan ta’minlanganlar soni 340 ming kishini tashkil etdi. 16
EIHlarning keng tarqalishiga sabab, hududda faoliyat qilayotgan xorijiy va mahalliy kompaniyalarga beriladigan imtiyozlardir. Imtiyozli tartib quyidagilardan iborat:
- AQShning ichki boj va soliqlari, agar to’lanishi kerak bo’lsa, mahsulot tashqi savdo hududidan ichki iste’mol uchun bojxona vakolati mavjud hududga olib kiritilgandagina to’lanadi;
- hudud ichida joylashgan kompaniya va shaxslarning xususiy mulki mahalliy va davlat soliqlaridan ozod etiladi;
- hududdan uchinchi davlatlarga eksport qilinayotgan mahsulot bojxona bojlaridan, ichki soliqlardan va kvotalashdan ozod etiladi;
- TSHlaridan mahsulot eksport qilingan paytida bojxona jarayoni engillashtiriladi;
- AQSh hududiga kiritilishi man etilgan mahsulot hududga olib kirilmaydi. Ammo, bu mahsulotlar hududga olib kirilib, AQSh bojxonasi talablariga muvofiq qayta ishlanib, AQSh hududiga import qilinishi mumkin;
- TSHdan AQSh hududiga import qilish jarayonida importer bojni yoki mahsulot uchun, yoki mahsulotda ishlatilgan xorijiy komponetlar uchun to’laydi. Bu bilan importer o’ziga maqbul bojni to’lashni tanlashi mumkin bo’ladi.



Download 3,09 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Download 3,09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi

Download 3,09 Mb.