• Volokli maydalagichlar.
  • Bolg‘achali maydalagichlar.
  • 1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar




    Download 4.76 Mb.
    bet5/6
    Sana18.05.2023
    Hajmi4.76 Mb.
    #61346
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Maydalash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot.
    Документ0, SHREDINGERNING UMUMIY TENGLAMASI, Kompyuterda modellashtirish., Psixofiziologiya, Ishlab chiqarish samaradorligi,uning ko’rstakichlari va hisoblash, img565, Akseleratsiya.ppt564454, Документ1, 555445545454, 264645654645654654, img618, img618.pdf1, Shirmatova Dilnoza Gapirjonovna, M.A.Mutalova.Foydali qazilmalarni boyitish.2021, MAKTABGACHA TALIMDA SIFATLI TAYYORLASHDA BOLALARNI JISMONIY TAYYORLANISHI

    Volokli maydalagichlar.

    Mayda maydalashda mayda maydalovchi konusli maydalagichlardan tashqari valokli maydalagichlar ham qo‘llaniladi.


    Valoklarning yuzasi tekis, qirrali yoki tishli bo‘lishi mumkin. Maydalash uchun odatda tekis valokli yuzalar ishlatiladi. Tekis yuzali valokli maydalagichlarda mahsulot bir – biriga qarama - qarshi aylanuvchi valoklar orasida ezilishi natijasida maydalanadi.


    Volokli maydalagichlar.

    Tekis yuzali valokli maydalagich rasmda keltirilgan. Valok 1 stanina 3 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas podshipniklarga o‘rnatilgan. Ikkinchi valok 2 esa holati prujinalar 5 yordamida aniqlanadigan qo‘zg‘aluvchi podshipniklar 4 ga o‘rnatilgan.

    Har qaysi valok elektrodvigateldan o‘zining shkivi 7 va 8 orqali harakatlanadi. Mahsulot ta'minlovchi voronka 9ga tushadi. Maydalangan mahsulot bo‘shatish tuynugi 10 orqali tushirib olinadi. Valoklar orasida tirqishning kengligi va shuningdek, maydalangan mahsulot yirikligi boltlar 12 dagi prokladka bilan boshqariladi. Maydalagich po‘lat listdan qilingan qoplama bilan yopib qo‘yiladi.
    Prujinalar 5 maydalagichni himoya qiladigan qismlar hisoblanadi. Ular maydalagichga metall jismlar tushib qolsa siqiladi, valok 2 o‘ngga suriladi va tushgan qattiq jism pastga o‘tib ketadi. Bunda hosil bo‘luvchi katta bosim staninaga emas balki boltlarga uzatiladi.
    Har qaysi valok valga o‘rnatilgan konus va uglerodli, marganetsli yoki xromli po‘latdan tayyorlangan bandajdan tashkil topgan.
    Bandaj ishdan chiqishi bilan almashtiriladi. Yangi bandajlarning qalinligi 75–150 mm, og‘ir sharoitda ishlashda 230mm gacha etadi. Eskirib ishdan chiqqan bandajlarning ruhsat etilgan qalinligi kichik valoklar uchun 13mm va yirik valoklar uchun 63mm. Bandajlarning xizmat qilish muddati maydalagichlarning boshqa qismiga qo‘yiladigan shartlar asosida aniqlanadi va 4 oydan 2 yilgacha bo‘lishi mumkin.

    Bolg‘achali maydalagichlar.

    Bolg‘achali maydalagichlar nisbatan yumshoq ko‘mir, gips, boksit oxaktosh va x.k. mahsulotlarni maydalash uchun ishlatiladi. Ularda maydalash mahsulotning bo‘laklari bo‘ylab bolgachaning zarbi,


    bo‘laklarning o‘z – o‘ziga urilishi hamda mahsus plitalarga urilishi, shuningdek, materialning bolg‘achalar va maydalagich ostidagi panjara orasida uzilishi, ishkalanishi ta'sirida maydalanadi.
    Tuzilishiga ko‘ra bolg‘achali maydalagichlar bir rotorli, bitta gorizontal valli va ikki rotorli ikkita va bir – biriga karama – qarshi aylanuvchi gorizontal valli maydalagichlarga bo‘linahdi.
    Loyli, masalan boksitli rudalarni maydalash uchun og‘ir konstruktsiyali qo‘zg‘aluvchi aylanuvchi plitali bir rotorli bolg‘achali maydalagichlar ishlatiladi.
    Rotorli bolg‘achali maydalagichlarning diametri 375 dan 1450 mm gacha, uzunligi 200 dan 1700 mm gacha, ishlab chiqarish unumdorligi 3 dan 500 t/soat gacha. Bolg‘achali maydalagich rotorining aylanish tezligi 25–55 m/sek. Yuklanuvchi mahsulot bo‘laklarining o‘lchami 800 dan 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Bir rotorli maydalagichlarda maydalangan mahsulot yirikligi 10-15 mm, ikki rotorlilarda esa 20-35 mm. Bolg‘achali maydalagichlarning maydalash darajasi odatda 10 – 15 bo‘lib, 40 gacha etishi mumkin.



    Download 4.76 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar

    Download 4.76 Mb.