1. mbbtning nazariy asoslari 1




Download 0.5 Mb.
Sana10.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#41778
Bog'liq
AnaLiMoLs
diplom ishi (2), kkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk-060, Ehtimollar nazaryasi, Kurs ishi mavzu Hosil qiluvchi funksiyalarm, pSz54peANzSVDZhLmrPJcZd1GAcdE3AN1Q6qaBVm-1, Lesson1 Internet ishlashi html basic, олтин медол, 1-mavzu to‘plamlar va ular ustida amallar reja, Elektrotexnika, 14 yanvar, 1-sinf.Ona tili. 50-дарс, 2-синф жисмоний тарбия (1), 2ba596643cbbbc20318224181fa46b28, 3-309 жавоб хат (2)

1. MBBTNING NAZARIY ASOSLARI 1.1. ASOSIY TUSHUNCHALAR VA MODÅLLAR Informatsion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma’lumotlar hajmining tåz sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy komplåksning yaratilishiga olib kåldi. Ma’lumotlar bazasi — biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma’lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlar bazasi — bu kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir obyåktning xususiyatini, holatini yoki obyåktlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda tavsiflaydi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) — bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratishi va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol kåltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari — bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan protsåduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl oldin ma’lumotlar banki, kåyinchalik esa “Ma’lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega: ü fayllar to‘plami mantiqiy kålishuvni quvvatlaydi; ü ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi; ü har xil to‘xtalishlardan kåyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi; ü bir nåcha foydalanuvchilarning parallål ishlashini ta’minlaydi. MBBT funksiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan: 7 www.ziyouz.com kutubxonasi ü Tashqi xotirada båvosita ma’lumotlarni boshqarish Bu funksiya MBga båvosita kiruvchi ma’lumotlarni saqlash uchun kårakli strukturani ta’minlab tashqi xotiraga qo‘shadi. MBBT ishlatishda mavjud fayl tizimi imkoniyatlari aktiv ravishda ishlatiladi. Rivojlantirilgan MBBTda foydalanuvchi istalgan holda MBBT fayl tizimini ishlatayaptimi, yo‘qmi, bu haqda bilishi shart emas. Agar ishlata olsa, u holda fayllar tashkil qilingan bo‘ladi. Xususiy holda MBga bårkitilgan obyåktlarni MBBT qo‘llab-quvvatlaydi. ü Tezkor xotirani bufår bilan boshqarish MBBT odatda ancha katta hajmdagi MB bilan ish yuritadi. Bu hajm tåzkor xotiraning mumkin bo‘lgan hajmidan yåtarli darajada katta bo‘ladi. Ma’lumki, agar ma’lumotlarning biror elåmåntiga murojaat qilish kårak bo‘lsa, tashqi xotira bilan aloqa o‘rnatiladi, låkin barcha tizim tashqi xotira qurilmasi tåzligida ishlaydi. Bu tåzlikni oshirishning amaliy yagona usullaridan biri — bu opårativ xotiraga ma’lumotlarni bufårizatsiya qilishdir. ü Tranzaksiya bilan boshqarish Tranzaksiya — bu qaralayotgan MBBT MB ustida kåtmakåt opåratsiyalarni bajarishidir, ya’ni ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib kåtma-kåt opåratsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o‘tkazadi, yoki agar ma’lum sababga ko‘ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo‘lsa yoki tizimda biror xatolik yuz bårsa, ma’lumotlar bazasi boshlang‘ich holatiga qaytadi. MBning mantiqiy butunligini quvvatlash uchun tranzaksiya tushunchasi kårak bo‘ladi. ü Jurnalizatsiya MBBT ga bo‘lgan asosiy talablardan biri bu tashqi xotirada ma’lumotlarning ishonchli saqlanishidir. Ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi dåganda har qanday apparatli yoki dasturli to‘xtab qolishdan (sboydan) kåyin MBBTda MBning oxirgi holatini qayta tiklashi tushuniladi. Odatda apparatli 8 www.ziyouz.com kutubxonasi to‘xtab qolish holati ikki xil bo‘ladi: yångil to‘xtab qolish, ya’ni bunda kompyutår ishlashi kutilmaganda to‘xtashi (masalan, elåktr toki manbayining o‘chishi), ikkinchisi — qattiq to‘xtab qolish, bu tashqi xotirada ma’lumotlarning yo‘qolib kåtishi bilan xarakterlanadi. Dasturli to‘xtab qolishlarga quyidagilarni kåltirish mumkin: MBBTning to‘satdan buzilishi bilan ishni tugatishi yoki foydalanuvchi dasturining avariya bilan tugallanishi bo‘lib, natijada ayrim tranzaksiyalar tugallanmasdan qoladi. Har qanday holda ham MB ni qayta tiklash uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni joylashtirish kårak. Boshqacha qilib aytganda MB da ma’lumotlarning butunligini saqlash uchun saqlanadigan ma’lumotlarning to‘liqligi talab qilinadi. Ma’lumotlarning ishlatilayotgan qismi qayta tiklanishi uchun alohida ishonchli saqlanishi lozim. Bunda to‘liq ma’lumotlarni quvvatlash uchun kång tarqalgan usullardan biri — MB ning o‘zgartirish jurnalini olib borish usuli ishlatiladi. 1.2. MBBT ARXITÅKTURASI MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadiki, ularning hech biri amaliy jihatdan quyidagilar haqida tasavvurlarga ega bo‘lmaydi: ü ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi; ü so‘raladigan ma’lumotlarni izlash måxanizmi; ü bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tomonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammosi (amaliy dasturlar bilan); ü mumkin bo‘lmagan va ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullari; ü ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina MBBT funksiyalarini aktiv holatda ta’minlash. MBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma’lumotlar tavsiflanadi. Albatta, ma’lumotlar bazasini loyihalashni qo‘llash (prådmåt) sohasini tahlil qilishdan va alohida foydalanuvchilar (masalan, korxona xodimlari, ular uchun ma’lumotlar bazasi tuziladi) talablarini aniqlashdan boshlash kårak. Oldin umumlashgan holda rasmiy bo‘lmagan tavsifga ega tuzilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tuziladi. Bu ma’lu9 www.ziyouz.com kutubxonasi motlar bazasini tuzish har bir foydalanuvchilardan so‘rovlar natijasida olingan tasavvurlarni birlashtirilib amalga oshiriladi. Insonlarga tushinarli bo‘lgan tabiiy til, matåmatik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqa vositalar yordamida bajarilgan bu tavsif ma’lumotlar bazasini loyihalash ustida ish yuritishda ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.

Insonlar uchun yo‘naltirilgan bunday modål to‘laligicha ma’lumotlarni saqlash muhitining fizik paramåtrlariga bog‘liq emas. Bu muhit, oxir-oqibatda, EHM xotirasi bo‘lmasdan, balki inson xotirasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, infologik modål birorta prådmåt sohasini akslantirishi uchun, råal olamdagi o‘zgarishlar qandaydir ta’rifni o‘zgartirishni talab qilmaguncha, o‘zgarmasligi kårak. Rasmda ko‘rsatilgan boshqa modållar kompyutår uchun yo‘naltirilgan hisoblanadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma’lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo‘yicha amalga oshiriladi. MBBT kårakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modåli bo‘yicha izlaydi. Dåmak, kårakli ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat aniq bir MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma’lumotlar modåli ushbu MBBT ma’lumotlarni tavsiflash tilida tavsiflanishi kårak bo‘ladi. Ma’lumotlarning infologik modåli bo‘yicha yaratiladigan bunday tafsiviga ma’lumotlarning datalogik modåli dåyiladi. Uch bosqichli arxitåktura (infologik, datalogik va fizik bosqich) ma’lumotlarning saqlanishi unga ishlatiladigan dasturga bog‘liqmasligini ta’minlaydi. Kerak bo‘lganda saqlanayotgan ma’lumotlarni boshqa ma’lumot tashuvchilarga yozib qo‘yish va (yoki) ma’lumotlarning fizik modålini o‘zgartirish bilan uning fizik strukturasini qayta tashkil etish mumkin. Tizimga istalgan yangi foydalanuvchilarni (yangi ilovalarni) qo‘shish mumkin. Agar datalogik modål kårak bo‘lsa, uni qo‘shish mumkin. 1.3. IYERARXIK TIZIMLAR IBM firmasining Informatsion Management System (IMS) tizimi (ko‘p tarqalgan va taniqli) tipik vakili bo‘ladi. Uning birinchi varianti 1968-yilda paydo bo‘lgan. Hozirgacha ko‘pgina ma’lumotlar bazasi u bilan ishlash imkoniyatiga ega. Bu MB da yangi texnologiyaga va yangi texnikaga o‘tishda yetarlicha muammolarni hal qilishga olib keladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Ma’lumotlarning iyerarxik strukturasi Iyerarxik MB tartiblangan daraxtlar to‘plamidan tuziladi. Yanada aniqrog‘i, bir xil turdagi daraxtlarning bir nechta tartiblangan nusxalari to‘plamidan iborat bo‘ladi. Daraxt turi bitta “ildizli” tur yozuvidan va tartiblangan bitta yoki bir nechta daraxt osti turlaridan (ular har biri daraxtning turidir) tashkil topadi. Daraxt turi umuman olganda iyerarxik ravishda tashkil topgan yozuvlar turlari to‘plamini tasvirlaydi. Daraxt turiga misol:

Bu yerda “Rahbar” va “Xodimlar” uchun “Bo‘lim” ajdod bo‘lib, “Rahbar” va “Xodimlar” esa “Bo‘lim” (avlodlari) davomchilaridir. Yozuv turlari orasida bog‘lanish mavjud. Bunday sxemadagi ma’lumotlar bazasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (daraxtning bitta nusxasi ko‘rsatilayapti):

Barcha (avlod) davomchi turdagi nusxalar (ajdod) oldingi turdagi umumiy nusxalar bilan yaqin, ya’ni egizak deyiladi. MB uchun pastdan yuqoriga, chapdan o‘ngga o‘tish tartibi to‘liq aniqlangan. IMS da original va standart bo‘lmagan terminlar ishlatilgan: “ñåãìåíò” o‘rnida “yozuv”, hamda “MB yozuvi” tushunchasida barcha daraxtlar sigmenti tushuniladi. Ma’lumotlar ustida ish yuritish Iyerarxik tashkil qilingan ma’lumotlar bilan ish yuritishda quyidagi operatorlarni misol tariqasida namuna qilib olish mumkin: ü MBda ko‘rsatilgan daraxtni topish; ü bir daraxtdan ikkinchisiga o‘tish; ü bitta yozuvdan boshqa daraxt ichiga kirish (masalan, bo‘limdan — birinchi xodimga); ü bitta yozuvdan ierarxiya tartibida boshqasiga o‘tish; ü yangi yozuvni ko‘rsatilgan o‘ringa qo‘yish; ü joriy yozuvni o‘chirish; ü butunlikni chegaralash. Avlod va ajdodlar o‘rtasidagi murojaatlar yaxlitligi avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlanadi. Asosiy qoidalar: hech bir avlod o‘z ota-onasisiz mavjud bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, shunga o‘xshash bir ierarxiyaga kirmaydigan yozuvlar orasidagi murojaatlar yaxlitligini qo‘llab bo‘lmaydi (bunda tashqi murojaatning misoli sifatida, Kaf nomeri maydoni tarkibiga kiruvchi Kurator yozuvi turi nusxasi bo‘lishi mumkin). Iyerarxik tizimlarda MB tasvirlaydigan forma iyerarxiyaga qo‘yilgan cheklashlar asosida qo‘llanadi. Yuqorida keltirilgan MB namoyishi sifatida quyidagi iyerarxiyani keltirish mumkin.

1.4. TARMOQLI TIZIMLAR Bu tizimning tipik vakili Integrated Database Management System (IDMS) tizimidir. 1970-yillar bir nechta tizimlar yaratildi, ular orasida IDMS ham bor edi. Bu tizim ko‘pchilik operatsion tizimlarni boshqarishda IBM firmasi mashinalarini ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizimning arxitekturasi Integrated Database Management System (IDMS) dasturlash tili bo‘yicha Conference on Data Systems Languages (CODASYL) tashkiloti taklifiga ko‘ra tuzilgan. Bu tashkilot Kobol dasturlash tiliga mas’uldir. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasi Ma’lumotlarni tashkil qilishga bo‘lgan tarmoqli yondashish iyerarxik kengaytmali bo‘ladi. Iyerarxik strukturali yozuv — avlod bitta ajdodda aniq bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarning tarmoqli strukturasida esa avlodlar ajdodlarda istalgan sonda bo‘lishi mumkin. Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan, ya’ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi nusxalar to‘plamini taskil qiladi. Bog‘lanishlar ikki xil turdagi yozuvlar uchun aniqlanadi: ajdod va avlod. Aloqa turi nusxasi ajdod yozuv turining bitta nusxasi va avlod yozuv turi tartiblangan nusxalar to‘plamidan tashkil topadi. P ajdod yozuv turi va C avlod yozuv turi bilan berilgan L bog‘lanish turi uchun quyidagi ikki shart bajarilishi kerak: ü P turning har bir nusxasi faqat bitta ko‘rinishdagi L ning ajdodi hisoblanadi; ü Har bir Ñ ko‘rinishdagi nusxa bittadan ortiq bo‘lmagan L ko‘rinishning avlodi hisoblanadi. MB tarmoqli sxåmasiga oddiy misol:

Ma’lumotlar bilan ish yuritish Taxminiy amallar to‘plami quyidagilar bo‘lishi mumkin: ü bir xil turdagi yozuvlarga ega to‘plamda aniq yozuvni topish; ü ayrim bog‘lanishlar yordamida ajdoddan birinchi avlodga o‘tish; ü ayrim bog‘lanishlar yordamida keyingi avlodga o‘tish; ü ayrim bog‘lanishlar bo‘yicha avloddan ajdodga o‘tish; ü yangi yozuv yaratish; ü yozuvni o‘chirish; ü yozuvni modifikatsiyalash; ü bog‘lanishni tashkil etish; ü bog‘lanishni olib tashlash; ü boshqa bog‘lanishni tashkil qilish va boshqalar. Butunlikka chåklovlar. Umuman olganda butunlikka cheklov talab qilinmaydi, låkin ayrim hollarda butunlik murojaat bo‘ycha talab qilinadi (xuddi iyerarxik modåldagiga o‘xshab).
2. RÅLYATSION MBBT
2.1. ASOSIY TUSHUNCHALAR
Infologik modållashtirishning maqsadi — tuziladigan ma’lumotlar bazasida shakllanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini odamlar uchun tabiiy ta’minlashdir. Shuning uchun ma’lumotlarning infologik modålini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi. Infologik modålni qurishning asosiy konstruktiv elåmåntlari: ü mohiyat; ü mohiyatlar orasidagi bog‘lanish; ü xossalar (atributlar). Mohiyat — har xil obyåkt (obyåkt — bu biz ularni bir-biridan farqlaymiz), uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samolyot, råyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kårak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi esa — TOSHKÅNT, MOSKVA bo‘lishi mumkin. Atribut — mohiyatni xaraktårlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xaraktårlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. Mohiyat atributlari to‘plami chåksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va yåchiladigan masalaga bog‘liqdir. Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomår bålgisi, rangi va boshqalar. Bu yårda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko‘p qiymatli yoki nusxali: qizil, ko‘k, oq va boshqalar. Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontåkstda atribut o‘zi mustaqil mohiyat bo‘lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu faqat ishlab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir. 16 www.ziyouz.com kutubxonasi Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kårakli mohiyat nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati kalitlari “Reys nomåri” yoki “Jo‘nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo‘nish joyi” to‘plami bo‘lisi mumkin. Aloqa — ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar ma’lumotlar bazasini faqat bir-biri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo‘ladi. Låkin, MBni tuzishning asosiy talablaridan biri — bu boshqa mohiyat qiymati bo‘yicha bitta mohiyatni izlab topish imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Råal ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar birbiri bilan millionlab bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modålning murakkabligini bildiradi. 2.2. ENTITY-RELYATSION MODELI Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil såmantik modållar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga — ER modåli dåyiladi. Bu modål ingilizcha “Entity-relatsion” dåyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” dåmakdir. Bu modål 1976-yil Pitår Chån tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarni oluvchi bir nåcha har xil turdagi komponåntlarni birlashtirgan. Pitår Chån mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida rålyatsion ma’lumotlar strukturasini intårpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER modålining asosiy komponåntlari mohiyat, bog‘lanish va atribut bo‘lib hisoblanadi. Infologik modelni qurishda ER diagramma tilini ishlatishmumkin.


Masalan: O‘quvchi jinsi erkak yoki ayol bo‘lishi mumkun. 2. Birga-ko‘p bog‘lanish (1:Ì): A mohiyatning bitta vakiliga 0,1 yoki B mohiyatning bir necha vakili mos keladi.

Masalan: O‘quvchi imtihonda javob berishga 1, 2, 3, 4 yoki 5 ball olishi mumkin. Xuddi shunday ikkala yo‘nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo‘lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud. 3. Ko‘pga-bir bog‘lanish (Ì:1):

4. Ko‘pga-ko‘p bog‘lanish (Ì:N)

Misol. Agar “Erkak” va “Ayol” mohiyatlari orasida bog‘lanish mavjud bo‘lsa, unga “Nikoh” deyiladi. Bu holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rtta bog‘lanish mavjud:

2.5-rasm. Erkak va ayol mohiyatining bog‘lanishi.
Mohiyatlar o‘rtasidagi aloqalar xaraktåri yuqorida kåltirilganlar bilan chågaralanmaydi. Yanada murakkab bog‘lanishlar ham mavjud.

Bitta doktor davolayotgan bemor bir nåcha doktor-maslahatchisiga ega bo‘lishi mumkin; doktor bir nåcha bemorlarni davolashi va bir vaqtning o‘zida boshqa bir nåcha bemorlarga maslahat bårishi mumkin.

2.3. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASI Ma’lumotlarning rålyatsion modåli konsåpsiyasi 1970-yilda Å. F. Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u ma’lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi. Ma’lumotlarning rålyatsion modåli asosida “munosabat” tushunchasi yotib, u inglizcha “relation” so‘zidan olingan. Ba’zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. Råal dunyo obyåktlari haqidagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash va ular orasidagi aloqalarni modållashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Å. F. Kodd isbotlab bårdi. 2.3.1. Mohiyatlar klassifikatsiyasi Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan: ü sterjenli; ü assotsiativ; ü tavsifiy. Shuningdek, assotsiativ mohiyatning qism sinfi bo‘lgan — belgilash ham mavjud. Sterjenli mohiyat (Sterjen) — bu mustaqil mohiyat (to‘liq ta’rifi quyida ko‘rsatilgan). www.ziyouz.com kutubxonasi 22 Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pga-ko‘p” (“birga-ko‘p” va hokazo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar, ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar nusxasi orasidagi bog‘lanishlardir. Assotsiatsiyalar to‘laqonli mohiyatlar sifatida ko‘rib chiqiladi: ü ular boshqa assotsiatsiyalarda ham qatnashishi mumkin va sterjenli mohiyat kabi belgilanishlarda ham qatnasha oladi; ü ular o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishda kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib qolmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” quyidagi kalit atributlarni o‘z ichiga oladi: “Kod_E”, “Kod_A” va “Erkak tabel raqami”, “Ayol tabel raqami”, shuningdek aniqlovchi atributlar — “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma muddati”, “Qaydnoma manzili”, “Nikoh uyi kitobidagi qaydnoma raqami” va hokazo. Tavsifiy mohiyat (Xarakteristika) bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga-bir” yoki “birga-bir” bog‘lanish turi (Assosatsiyaning xususiy holi). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tug‘ilishining sababi haqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega. Erkak bir necha ayolga, kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (to‘g‘rilangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hokazo. Tavsifnoma mohiyati butunlay tavsiflanayotgan mohiyatga bog‘liqdir: agar eri olamdan o‘tsa ayollar xotinlik mavqeyini yo‘qotadi. Tavsifnomani yozish uchun IMT umumiy hollarda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan yangi gapdan foydalanadi: Tavsifnoma (atribut 1, atribut 2,...) {Tavsiflanayotgan mohiyatlar ro‘yxati}. ER-diagramma tilida tavsifnoma trapetsiya shaklida ko‘rsatiladi:

Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash — bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pga-bir” yoki “birga-bir” bog‘lanish turidir va u tavsifnomadan belgilangan mohiyatga bog‘lik emasliligi bilan farq qiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Xodimlarni turli tashkilotlar bo‘limiga qabul qilish bilan bo‘g‘liq misolni ko‘rib chiqamiz. Agar qat’iy qoidalar bo‘lmaganda xodim bir vaqtda bir nechta bo‘limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo‘limda qayd qilinmasligi mumkin edi. Hisobga olish: Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,...) Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi,...... ) Qaydnoma [Bo‘limlarM, ÕizmatchilarN] (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi, tabel raqami, qaydnoma muddati). Shunga qaramasdan, agar har bir xodim biror bir bo‘limga kiritilishi shart bo‘lsa, ta’rifni xodimlar belgisi bilan yaratish mumkin: Bo‘limlar (bo‘lim raqami, bo‘lim nomi,... ); Xizmatchilar (tabel raqami, familiyasi, bo‘lim raqami, qaydnoma muddati) [bo‘limlar]. Ushbu misolda xodimlar mustaqil mavjuddir (agar bo‘lim yo‘q qilinsa, bu shu bo‘limdagi xodimlar ham yo‘qotilishi kerak degani emas). Shuning uchun ular bo‘lim tavsifnomalari bo‘lishi va belgilash deb atalishi mumkin emas. Belgilar takrorlanuvchi qiymatli, katta hajmdagi matnli atributlarni saqlash uchun foydalaniladi: talabalar o‘rganayotgan fanlar, “kodifikatorlar”, tashkilotlar nomi va ularning bo‘limlari, mahsulotlar ro‘yxati va hokazo. Ko‘rinishidan belgilash ta’rifi tavsif ta’rifidan faqat qavslari bilan farq qiladi, belgilangan mohiyatlar katta qavsda emas, balki kvadrat qavslarda yoziladi: BELGILASH(atribut1,atribut2,...)[BELGILANGAN MOHIYATLAR RO‘YXATI]. ER-diagrammalar tilida belgilash paralellopiped bilan ko‘rsatiladi:
Belgilashlar va tavsifnomalar butunlay mustaqil mohiatlar emas, chunki ular “belgilanadigan” va “tavsiflanadigan” boshqa mohiyat borligini taxmin qiladi. Shunga qaramasdan ular baribir mohiyatlar xususiy holatini ko‘rsatadi va albatta xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Ular assotsiatsiyalar va belgilarda qatnashishi mumkin hamda o‘zlarining (ancha past darajadagi) www.ziyouz.com kutubxonasi 24 xususiy tavsifnomalariga ega bo‘lishi mumkin. Tavsifnomalarning barcha nusxalari tavsiflanayotgan mohiyatning birorbir nusxasi bilan albatta bog‘lanishi kerak. Endi sterjenli mohiyatni na assotsiatsiya, na belgi, na tavsifnoma bo‘lmagan mohiyat sifatida qayta ko‘rib chiqamiz. Bunday mohiyatlar boshqa mohiyatlarni bildirsa ham, ular mustaqil ravishda mavjud. 2.3.2. Birlamchi va tashqi kalitlar haqida tushuncha Kalit — bu talab etilayotgan mohiyat nusxasini topishda yordam beradigan atributlarning minimal to‘plami. Minimal deyilishining sababi shundaki, agar to‘plamdagi istalgan biror-bir atribut yo‘qotilsa, qolgan atributlar yordamida mohiyatni identifikatsiyalash mumkin emas. Har bir mohiyat hech bo‘lmaganda bitta kalitni tasvirlaydi. Ulardan biri birinchi kalitni qabul qiladi. Birinchi kalitni tanlashda faqat minimal sonli atributlardan tashkil topgan maydon nazarda tutuladi. Bundan tashqari kalitni ishlatishda uzun matnli va qiymatli maydonni olish tavsiya etilmaydi (butun sonli atributlarni ishlatish foydaliroqdir). Talabalar identifikatsiyasi uchun unikal (qaytarilmaydigan, yagona ma’nosida) nomer bo‘lgan imtihon daftarchasi nomerini yoki familiyasini, guruh nomerini va boshqa qo‘shimcha atributlarni ishlatish mumkin. Lekin bunday hollarda ikkita bitta familiyali talaba chiqib qolishi ham mumkin. Birinchi kalit sterjenli mohiyat bo‘lishligi ruxsat etilmaydi (birinchi kalitda qatnashuvchi har qanday atribut). Aks holda qarama-qarshi holat yuz beradi. Shu sabab unikal birinchi kalitni tashkil qilish va ta’minlash kerak. Agar C mohiyati ikkita A va B mohiyatni bog‘lasa, u holda A va B mohiyatlar birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak. Agar B mohiyat ikkinchi A mohiyatni belgilasa, u holda A mohiyat birinchi kalitga mos tashqi kalitni tashkil etishi kerak. Har qanday o‘zaro bog‘lanishlarda bo‘lgan mohiyatlarni belgilash uchun (sterjenli, xarakteristik, belgilash, assotsiatsiya kabi) yangi birlashtirilgan termin: “Maqsad” yoki “Maqsadli mohiyat” ishlatiladi. Assotsiyalarni ko‘rsatish usulini tanlash muammosini qarashda ma’lumotlar bazasida “Qaysi kalit tashqi kalit?» degan www.ziyouz.com kutubxonasi 25 savolga javob olish kerak bo‘ladi. Keyinchalik, har bir tashqi kalit uchun uchta savolni yechish kerak bo‘ladi: · Ishlatilayotgan tashqi kalit aniqlanmagan qiymat qabul qilishi mumkinmi (NULL-qiymat)? · Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyatni o‘chirishga harakat bo‘lganda nima yuz berishi mumkin? · Tashqi kalitga murojaat qilayotgan maqsadli mohiyat birinchi kalitni yangilashga harakat qilinganda nima yuz berishi mumkin? Shunday qilib, har bir tashqi kalit uchun ma’lumotlar bazasini loyihalovchi loyihada tashqi kalitni tashkil qiluvchi maydon yoki maydonlar kombinatsiyasini tashkil etishi kerak. 2.3.3. MB ning butunligiga cheklanishlar Butunlik (inglizcha — teginmaslik, saqlanish, bir butun) – deganda har qanday vaqtda ma’lumotlarning to‘g‘riligi tushuniladi. Bu maqsad ma’lum chegarada bo‘lishi kerak. MBBT ma’lumotlar bazasiga kiritilayotgan har bir bo‘lak qiymatning to‘g‘riligini tekshirish imkonini bermaydi. Masalan, kiritilayotgan 5 (hafta kunini ko‘rsatuvchi) qiymati haqiqatda 3 ga teng bo‘lishini tekshirmaydi. Boshqa tomondan 9 qiymati aniq xato bo‘ladi va MBBT bunga javob qaytaradi. Chunki bu nomer (1,2,3,4,5,6,7) sonlar to‘plami ichida yo‘q. MBning butunligini ta’minlashga raqam ma’lumotlarni har xil to‘g‘ri bo‘lmagan o‘zgarishlar yoki buzulishdan himoyalash deb qarash kerak. Zamonaviy MBBT butunlikni ta’minlash uchun bir qancha vositalarga ega. Butunlikni aniqlash usulini uchta guruhga ajratish mumkin: · mohiyat bo‘yicha butunlik; · murojaat bo‘yicha butunlik; · foydalanuvchi aniqlaydigan butunlik. Butunlikni aniqlash usullari: 1. Birinchi kalitda qatnashuvchi atributlarga aniqlanmagan qiymatlar qabul qilinishiga ruxsat etilmaydi. 2. Tashqi kalit qiymati quyidagilardan biri bo‘lishi kerak: · birinchi kalit qiymatiga teng; · to‘liq aniqlanmagan, ya’ni tashqi kalitda qatnashadigan har bir atribut qiymati aniqlanmagan bo‘lishi kerak. 3. Har qanday aniq bir ma’lumotlar bazasi uchun qo‘shimcha qoidalar spetsifikatsiyalari mavjud. Ular ishlab chiquvchilar yordamida aniqlanadi. Ko‘p hollarda quyidagilar tekshiriladi: www.ziyouz.com kutubxonasi 26 · u yoki bu atributning yagona(unikal)ligi; · qiymatlar diapazoni; · qiymatlar to‘plamining aloqadorligi.
2.4. MA’LUMOTLARNING RELYATSION STRUKTURASI Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun to‘plamlar nazariyasi ishlatiladi (birlashma, kesishma, farqlash, dekart ko‘paytma). Matematikadan ma’lumki, har qanday ma’lumotlarni tasvirlash ikki o‘lchovli maxsus turli bog‘lanishli — relyatsion jadvallar to‘plamiga keladi. Relyatsion model ma’lumotlarining eng kichik birligi — bu model ma’lumotlar qiymati uchun alohida atomardir. Bir xil turdagi atomar qiymatlar to‘plamiga domen deyiladi. Masalan, Reys nomeri domeni — butun musbat sonlar to‘plami. Domen ma’nosi quyidagilardan iborat. Agar ikki atribut qiymatlari bir domendan olingan bo‘lsa, unda bu ikkita ishlatiladigan atributlarni taqqoslash ma’nosi bor. Agar ikkita atribut qiymatlari har xil domenlardan olingan bo‘lsa, ularni taqqoslash ma’no bermaydi. Masalan, reys nomeri bilan chipta narxini solishtirish mumkinmi? Munosabat D1,D2,..,Dn domenlarda (ularning bari har xil bo‘lishligi shart emas) sarlavha va tanadan iborat bo‘ladi. Sarlavha A1,A2,..,An fiksirlangan atributlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular bilan, y’ani Ai atributlar va ularni aniqlovchi Di domenlar orasida o‘zaro bir xil moslik mavjud. Tana vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi kortejlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bu yerda o‘z navbatida kortej juft atributlar qiymatlari (Ai:Vi), (i=1,2,..,n) iborat bo‘ladi. Munosabat darajasi — bu uning atributlar soni. Munosabat darajasi bitta bo‘lsa unar deyiladi. Ikkita daraja bo‘lsa — binar deyiladi. Uch daraja bo‘lsa ternar va hokazo. Kordinal son yoki munosabat quvvat — bu uning kortejlar soni. Kordinal munosabatlar soni vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Munosabat — bu to‘plamlardir. To‘plam esa ta’rif bo‘yicha mos elementlarni o‘ziga olmaydi. Aytaylik, R munosabat A1,A2,..,An atributlarga ega. Aytiladiki, R munosabat atributlar to‘plami K=(Ai,Aj,..,Ak) qachonki ikkita vaqtga bog‘liq bo‘lmagan shart bajarilsa kalit bo‘lishi mumkin. Unikallik: ixtiyoriy berilgan vaqt momentida ikkita har xil kortejlar Ai,Aj,..,Ak lar uchun bir xil qiymatga ega emas. www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Minimallik: Ai,Aj,..,Ak atributlarda birortasi unikallik buzulmasa K dan o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pgina relyatsion MBBT foydalanuvchilar uchun quyidagi ekvivalent tushunchalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir: Munosabat — jadval (ayrim holda fayl); Kortej — qator (ayrim holda yozuv); Atribut — ustun, maydon. Ko‘p hollarda “Yozuv” ni “Yozuv nusxasi” deb, “Maydon” esa “Maydon nomi va turi” deb qabul qilinadi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi — bu ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi munosabatlar to‘plami va ular MB da saqlanadi. Foydalanuvchi bunday MBni jadvallar to‘plami deb qabul qilishi kerak: 1. Har bir jadval bir xil turdagi qatordan iborat bo‘lib, u unikal (yagona) nomga ega bo‘lishi kerak. 2. Har bir qator fiksirlangan maydonlar va qiymatlariga ega. 3. Jadval qatori bir-biri bilan kamida biror-bir qiymat bilan farq qiladi. 4. Jadval ustuni bir qiymatli nomga yuboriladi va ma’lumotlarning bir jinsli qiymatlari joylashtiriladi (sana, familiya, butun son yoki pul belgisi, yig‘indi). 5. Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlar aniq qiymatlar ko‘rinishida tasvirlanadi va ma’lumotlarni tasvirlashning bunday usuli yagona bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda jadvallarni bir-biri bilan bog‘lashning qaysidir maxsus “aloqa” vositasi yoki ko‘rsatmasi yo‘q. 6. Jadval qatorlari va ustunlari bilan ish yuritganda ma’lumotlarning qanday joylashishiga qaramasdan ular qayta ishlanishi mumkin. Bunga ko‘proq jadvallarning nomi va ularning ustunlari soni imkon beradi. Ma’lumotlarni saqlash uchun jadvallar sonini minimallashtirishga intilish MBni yangilashda har xil muammolarga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarning relyatsion modeli uchun relyatsion algebra — munosabat amalida ishlashga qulay vosita mavjud. Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaradigan ma’lumotlar ustida manipulyatsiya (ish olib boradigan) qiladigan tillar yaratilgan. Bu tillar orasida SQL (Structured Query Language — strukturalashtirilgan so‘rov tili) va QBE (Quere-By-Example — namuna bo‘yicha so‘rov) tillari eng ko‘p tarqalgan. Bu ikki til ham yuqori darajali til bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi kerakli ma’lumotlar bilan ish olib borishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi 28 2.5. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Sohalar ma’lumotlar bazasi — bu katta tashkilotlar axborot tizimlari hisoblanib, ular o‘zida bir necha o‘nlab MBni saqlaydi. Bu MB har xil bo‘limlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda joylashgan bo‘ladi. Amaliy ma’lumotlar bazasi — bu bir yoki bir nechta amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan berilgan ma’lumotlarni birlashtiruvchi ma’lumotlar bazasidir (masalan, moliya, talabalar, o‘qituvchilar va boshqalar haqidagi berilganlar bo‘lishi mumkin). Sohalar ma’lumotlar bazasi har qanday joriy va kelgusi ilovalardan foydalanishni ta’minlab beradi. Uning ma’lumotlar elementlari amaliy ma’lumotlar elementlari to‘plami bazasiga ham kiradi. MBni loyihalashtirishnung joriy va oldindan ko‘rilgan ilovalariga asoslanib yuqori samarali axborot tizimlarini yaratishni yanada tezlashtirish mumkin. Shu sabab amaliy loyihalash MBni ishlab chiqaruvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bunday informatsion tizimlarda ilovalar sonining oshib borishi amaliy MB sonini tez o‘stirib yubormoqda. Shunday qilib har bir qarab chiqilgan loyihalashga bo‘lgan usul har xil yo‘nalishdagi loyihalashtirish natijasiga ta’sirini ko‘rsatadi. Maqsadga erishish uchun loyihalash metodologiyasini tashkil etish sohali va amaliy usullarni qo‘llash samaradorligiga bog‘liqdir. Umuman olganda sohali usul boshlang‘ich informatsion strukturani qurish uchun ishlatiladi, amaliy usul esa uni rivojlantirish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash samaradorligini oshirishda ishlatiladi. Axborot tizimlarni loyihalashda bu tizimlarni to‘liq analiz qilish va unga bo‘lgan foydalanuvchilar talablarini aniqlashga olib keladi. Ma’lumotlarni yig‘ish mohiyatni o‘rganish bilan boshlanadi. MBni loyihalashning asosiy maqsadi — bu saqlanadigan ma’lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini tejash va ko‘p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir. 2.6. Ma’lumotlarni normallashtirish Normallashtirish — bu ma’lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki www.ziyouz.com kutubxonasi 29 undan ortiq bo‘laklarga jadvalni bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma’lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejab foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma’lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchun ham kerak. Har bir jadval relyatsion ma’lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko‘ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko‘p miqdorda, xuddi shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya’ni takrorlanuvchi ma’lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma’lumotlar bazasiga kiritilmaydi. Har qanday normallashgan jadval avtomatik ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan” so‘zlari bitta ma’noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko‘proq tor ma’noda — “to‘liq normallashtirilgan», ya’ni loyihada normallashtirishning hech qaysi tamoyili buzilmayapti degan ma’noda ishlatiladi. Keyingi pog‘onadagi normallashtirishlarni ko‘rib chiqamiz — ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo‘lsa va undan tashqari yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa, uning ma’nosi keyinroq ko‘rib o‘tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF da bo‘lsa va yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo. Har bir normal forma qandaydir ma’noda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin ma’qulroqdir. Bu shunga bog‘liqki, “N-normal forma” ega bo‘lgan ba’zi yoqimsiz tomonlariga «(N+1)-normal forma” ega emas. N-chi normal formaga qarab (N+1)-normal formaga qo‘yilgan qo‘shimcha shartning umumiy ma’nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo‘qotishdan iborat. Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog‘liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan: · funksional; · ko‘p qiymatli. Funksional bog‘liqlik. Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning www.ziyouz.com kutubxonasi 30 har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo‘lsa, jadvalning B maydoni xuddi shu jadvalning A maydoniga funksional bog‘langan deyiladi. Aytib o‘tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo‘lishi mumkin. To‘liq funksional bog‘liqlik. B maydon agar A ga funksional bog‘liq bo‘lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog‘liq bo‘lmasa, A tashkil qiluvchiga to‘liq funksional bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p qiymatli bog‘liqlik. Agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo‘lsa, A maydon xuddi shu jadvalning B maydonini ko‘p qiymatli aniqlaydi.

Jadvalda ko‘p qiymatli bog‘liqlik bor — “Fan-Muallim”: Fan (Dasturlash misolida) bir nechta muallim tomonidan o‘qilishi mumkin (misolda Abdullayev, Rahmonov, Kovalev). Yana boshqa bog‘liqlik ham bor — “Fan-Darslik”: informatikani o‘tishda “Ïàñêàëü äëÿ âñåõ”, “Îñâîé ñàìîñòîÿòåëüíî C++” va “Ïðîôåññèîíàëüíîå ïðîãðàììèðîâàíèå íà Ïàñêàëå” darsliklari ishlatiladi. Bunda Muallim va Darslik funksional bog‘lanmagan, bu esa ortiqchalikka olib keladi (yangi darslikni yozish uchun yana ikkita yangi qator yozish kerak bo‘ladi). Bu jadvalni ikkiga ajratganda ish yaxshilanadi: (Fan-Muallim va Fan-Darslik). www.ziyouz.com kutubxonasi 31 2.6.1. Normal formalar Birinchi normal forma: Jadval, qachonki uning qatorlaridan hech biri o‘zining istalgan maydonlarida bittadan ortiq qiymat saqlamasa va uning birorta ham kalit maydoni bo‘sh bo‘lmasa, birinchi normal formada (1NF) bo‘ladi. Ikkinchi normal forma: Jadval, agar u 1NF ta’rifini qanoatlantirsa va uning barcha birinchi kalitga kirmaydigan maydonlari birinchi kalit bilan to‘liq funksional bog‘langan bo‘lsa ikkinchi normal formada (2NF) bo‘ladi. Uchinchi normal forma: Jadval, agar u 2NF ta‘rifini qanoatlantirsa va uning birorta ham kalit bo‘lmagan maydonlari boshqa istalgan kalit bo‘lmagan maydonlariga fuksional bog‘liq bo‘lmasa, uchinchi normal formada(3NF) bo‘ladi. Áîéñ-Êîdd normal formasi: Jadval, qachonki uning maydonlari orasidagi har qanday funksional bog‘lanishdan mumkin bo‘lgan kalitdan to‘liq funksional bog‘lanish kelib chiqsa, Boys-Kodd normal formasida (BKNF) bo‘ladi. Beshinchi normal forma: Jadval, qachonki uning har bir to‘liq dekompozitsiyasining barcha proeksiyalari mimkin bo‘lgan kalitni saqlasa, beshinchi normal formada (SNF) bo‘ladi. To‘rtinci normal forma: Beshinchi normal formaning (5NF) xususiy holi bo‘lib, to‘liq dekompozitsiyasi ikkita proyeksiyasiga birlashmagan bo‘lishi shart. 4NF va 5NF larda nafaqat funksional bog‘lanish, balki yana jadval maydonlari orasidagi ko‘pqiymatli bog‘lanish ham hisobga olinadi. 2.6.2. Normallashtirish protsedurasi Normallashtirish — bu ma’lumotlarni yangilanishda, qo‘shishda va o‘chirishda jadvallarni bir nechtaga bo‘lishdir. Normallashtirish jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma-ket almashtirish jarayoni bo‘lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalari 5NF da joylashmaguncha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkinki, ular 5NF da joylashadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 32 2.6.3. Jadvallarni BKNF ga o‘tkazish protsedurasi Bu protsedura, ixtiyoriy jadvalda yagona funksional bog‘liqliklar K->F ko‘rinishda bo‘lishga asoslanadi, bunda K — dastlabki kalit, F — esa boshqa maydon. Shuni inobatga olish kerakki, bu dastlabki kalit ta’rifidan kelib chiqadi, yani K->F bog‘lanish berilgan jadvalning barcha maydonlari uchun bajariladi. “Bir joyda bir fakt” degani boshqa funksional bog‘liqliklar hech qanday kuchga ega emas degan ma’noni bildiradi. Normallashtirishdan maqsad K->F ko‘rinishdagi bog‘lanishdan tashqari boshqa bog‘lanishlardan voz kechishdir. Agar normallashtirish vaqtida birlamchi (tashqi) kalitlar kodlarini boshlang‘ich kalitlarnikiga almashtirilsa, u holda quyidagi ikki holni ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi: 1. Jadval birinchi tarkibli kalit ko‘rinishida bo‘lsin, aytaylik: Ê1,Ê2. Bundan tashqari, bu kalitning biror qismiga, masalan, K2 funksional bog‘liq, lekin to‘la kalitga bog‘liq bo‘lmagan F maydonni o‘z ichiga olsin. Bu holda K2 va F(K2—birlamchi kalit) ni o‘z ichiga oluvchi boshqa jadval tashkil qilish taklif etiladi va boshlang‘ich jadvaldan F o‘chiriladi: T(K1,K2,F), birlamchi kalit (Ê1,Ê2), ÔÇ Ê2->Fni T1(K1,K2), birlamchi kalit (Ê1,Ê2) va T2(K2,F), birlamchi kalit Ê2ga almashtirilsin. 2. Jadval birlamchi (mumkin bo‘gan) K kalitga ega, bu kalit F1 maydonning mumkin bo‘lmagan kaliti, F1 maydon esa albatta Kga funksional jihatdan bog‘liq va boshqa kalitsiz F2 maydoni esa F1ga funksional jihatdan bog‘liq. Bu yerda yechim, aslida, avvalgining o‘zi — F1 va F2 ni o‘zida aks ettirgan boshqa jadval shakllantiriladi, boshlang‘ich kalit bilan F1 va F2 maydonlari boshlang‘ich jadvaldan olib tashlanadi: T(K,F1,F2), birinchi kalit Ê, ÔÇ F1->F2ni T1(K,F1), birinchi kalit Ê, va T2(F1,F2), birinchi kalit F1ga almashtirilsin. Berilgan har qanday jadval uchun, ko‘rib chiqilgan qoidalarga asoslangan o‘zgaruvchilarni takrorlab, deyarli barcha holatlarda ko‘p jadvallarni olish mumkin, ular “oxirgi” normal ko‘rinishda (formada) bo‘ladi va shunday qilib, K->F dan farqli bo‘lgan hech qanday funksional bog‘lanishga ega bo‘lmaydi. 2.6.4. Loyihalash protsedurasi Informatsion tizimlarni loyihalash jarayoni yetarlicha murakkab masala. U ma’lumotlarning infomantiqiy modelini www.ziyouz.com kutubxonasi 33 tuzishdan, ya’ni mohiyatni identifikatsiyalashdan boshlanadi. Keyin loyihalashning logik model protsedurasining quyidagi qadamlarini bajarish kerak bo‘ladi. 1. Ma’lumotlar bazasi jadvalining (asosiy jadval) har bir bog‘liqsiz mohiyatini (sterjen) tasvirlash va bu asosiy (bazaviy) jadval birinchi kalitini spetsifikatsiyash lozim. 2. Har bir assotsiatsiyani (“ko‘pga-ko‘p” va boshqa bog‘lanishlar) asos jadval ko‘rinishida tasvirlash. Bu jadvalda assotsiatsiya qatnashuvchilarni identifikatsiya qilish uchun tashqi kalitni ishlatish kerak. 3. Har bir xususiyatni tashqi kalit bilan asos jadval sifatida tasvirlash lozim. Jadvalning tashqi kalitiga va uning boshlang‘ich kalitiga qo‘yilgan cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim. 4. Avvalgi punktlarda qaralgan har bir belgilanishlarni tashqi kalit bilan asos jadval sifatida tasvirlash lozim. Shu turdagi har qanday tashqi kalitlarni cheklashlarni spetsifikatsiyalash lozim. 5. Har bir xossani mohiyatni ifodalovchi asos jadvalda maydon ko‘rinishida tasvirlash lozim (bu xossa bilan aniqlanuvchi mohiyat tasvirlanadi). 6. Normallashning qandaydir prinsiplarini bevosita buzushning oldini olish maqsadida, normallash protsedurasini bajarish lozim. 7. Normallash jarayonida qandaydir jadvallarni bo‘laklash jarayoni sodir bo‘lsa, ma’lumotlar bazasining infomantiqiy modelini takomillashtirish lozim va sanab o‘tilgan qadamlarni takrorlash kerak. 8. Loyihalashtirilayotgan ma’lumotlar bazasi yaxlitligiga qo‘yiladigan cheklanishlarni ko‘rsatish va hosil qilingan jadval va maydonlarni qisqacha tasvirlab berish kerak (agar lozim bo‘lsa).
3.1. ACCESS OBYEKTLARI VA OYNASI Microsoft Access MBBT relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, unda local ma’lumotlar bazasini, SQL-serverida ma’lumotlar bazasi yoki fayl serveri uchun lokal tarmoqda umumiy ma’lumotlar bazasi yaratish uchun barcha uskuna vositalari hamda foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashi uchun dastur ilovalarini tuzish imkoniyatlari mavjud. Ma’lumotlar bazasi MDB-faylida quyidagi obyektlarni o‘z ichiga oladi: — jadvallar, so‘rovlar, ma’lumotlar sxemasi; — formalar, hisobotlar, makroslar, modullar. Formalar, hisobotlar va ma’lumotlarga kirish sahifalari ma’lumotlarni qayta ishlash tipik jarayoni — ko‘rish, kriteriya (ma’lum shartlar) bo‘yicha qidirish va hisobot olish uchun ishlatiladi. Bu obyektlar ilovalari elementlarni boshqarish deb ataluvchi grafik elementlardan yaratiladi. Boshqarishning asosiy elementlari obyektlarni ma’lumotlar manbayi bo‘lgan jadval yozuvlari bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Obyektlarga murojaatni avtomatlashtirish va ularning aloqasida dastur kodlari ishlatiladi. Faqat dastur kodlari yordamida to‘laqonli foydalanuvchi ilovalari olinadi. Dastur kodlarini tuzish uchun VBA moduli va makroslar ishlatiladi. Har bir obyekt va boshqaruv elementi xossalar to‘plamiga ega. Xossani aniqlash uchun obyektlar va boshqarish elementlarini to‘g‘rilash kerak. Access ma’lumotlar bazasi oynasida uning obyektlari tasvirlanadi. Obyektlar bilan ishlashda barcha amallar, jumladan ma’lumotlar bazasini va ilovalarni yaratish ham shu oynada amalga oshiriladi. Jadvallar ma’lum bir narsa haqida ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratiladi — yagona axborot obyektidagi ma’lumotlar modelining predmetli sohasi. Jadval qator va ustunlardan iborat. Har bir ustun bir xarakteristik axborot obyektning predmet sohasi. Bu yerda bir axborot obyekt www.ziyouz.com kutubxonasi 35 nusxasi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Access ma’lumotlar bazasi o‘ziga 32768 tagacha obyekt qabul qilishi mumkin (formalar, hisobotlar va hokazo). Bir vaqtning o‘zida 2048 tagacha jadval ochsa bo‘ladi. Jadvallarni quyidagi ma’lumotlar bazasidan import qilsa bo‘ladi. Masalan, dBase, FoxPro, Paradox tizimlaridan, boshqa dasturlar va elektron jadvallardan ham. So‘rovlar bog‘langan jadvallarda kerakli ma’lumotlarni tanlash uchun kerak. So‘rovning javobi tanlangan jadvaldagi so‘ralgan narsani ko‘rsatadi. So‘rovda jadvalning qaysi satrini tanlashni ko‘rsatish mumkin. So‘rovni QBE so‘rovlar yordamida shakllash mumkin. Ma’lumotlar sxemasi qaysi satr bilan jadval bog‘langanligini ko‘rsatadi, qaysi yo‘l bilan ular bog‘lanishi, bog‘langandan keyin tekshirish kerak-kerakmasligini va jadvallarda kalitlarni o‘zgarishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar sxemasi faqat server ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotganda Access obyektlar panelida ko‘rinadi. Formalar foydalanuvchi ilovasi muloqot interfeysini yaratishda asosiy vosita bo‘ib hisoblanadi. Forma ekranda o‘zaro bog‘langan jadvallarni ko‘rish uchun qulay bo‘ladi. Tugmali formalarni boshqarish panelini yaratish va ilovalar yaratish uchun ishlatish mumkin. Formalarga rasmlar, diagrammalar, tovush fragmentlari, video qo‘yish mumkin. Formalarda hodisalarni qayta ishlash mumkin. Hisobot — foydalanuvchi masalasining natijalari va kiritish va chop etishlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni formatlaydi. Grafik obyektlarni ishlatish hisobotlarni tasvirlashda natijalar ko‘rinishining samaradorligini yanada oshiradi. Sahifalar — muloqot Web-sahifasi hisoblanadi. Ular ma’lumotlar bazasi bilan dinamik aloqani ta’minlaydi, ko‘rib chiqish, tahrirlash va ma’lumotlarni bazaga kiritish imkoniyatini beradi. Makroslar foydalanuvchi ilovasida bir necha holatlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Makros bu dastur bo‘lib, makrokomandalardan tashkil topgan. Makrosni yaratish muloqot oynasidan kerakli makrokomandani tanlash bilan amalga oshiriladi. Modullar Visual Basic for Application tilida tuzilgan protseduralar. Foydalanuvchi tomonidan protsedura-dastur va protsedura-funksiyalar tuzilishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi 36 Accessni quyidagicha ishga tushiramiz: “Ïóñê” tugmasini bosamiz, keyingi menyuda “Ïðîãðàììû” va undan keyin Microsoft Access tanlanadi. Sarlavhalar qatorida tizimli menyu tugmalari joylashgan, dastur nomi (Microsoft Access) va uch tugma ekranda oynani boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Menyu satrida quyidagi punktlar mavjud “Ôàéë”, “Ïðàâêà», “Âèä”, “Âñòàâêà”, “Ñåðâèñ”, “Îêíî”, “Ñïðàâêà”. Ular har biri alohida sichqon tugmasi bilan ochiladigan menyu qatorlariga ega. Ma’lumotlar bazasining hamma jadvallari va Accessning boshqa obyektlari — formalar, so‘rovlar, hisobotlar, sahifalar, makroslar va modullar shu baza uchun qurilgan va kiritilgan obyektlar mdb formatli faylda saqlanadi. Bu yo‘l ma’lumotlar bazasida kiritish texnologiyasini yengillashtiradi va bazadagi obyektlarni yuqori kompaktligi va qayta ishlashni samarali qiladi. Access ma’lumotlariga ruxsat alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumotlar bazasi faylida esa faqat ularga yo‘l ko‘rsatiladi. Access boshqa Microsoft Windows dasturlariga o‘xshab qulay 3.1-rasm. Access oynasi. www.ziyouz.com kutubxonasi 37 grafik interfeysga ega, foydalanuvchi uchun qulaylikka mo‘ljallangan. Ma’lumotlar bazasi jadvallari va boshqa obyektlar bilan ishlash uchun juda ko‘plab buyruq va menyular mavjud. Ma’lumotlar bazasini yaratishdan avval relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash, holatini aniqlash, ma’lumotlarni mantiqiy tuzilishini va jadvallar aloqasini aniqlash lozim bo‘ladi. Quyida ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish bosqichlari keltirilgan: 1. Ma’lumotlar bazasi strukturasini tuzish. 2. Jadvallarni tasvirlash. 3. Jadval maydonlarini tasvirlash. 4. Access dasturida jadvallarni yaratish. 5. Jadvallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirish.


Har bir maydon o‘zining xossalariga (xususiyatlariga) ega bo‘lib, ular orqali qanday saqlashni, ko‘rsatish va qayta ishlashni o‘rnatish mumkin. Maydon xossalari jamlanmasi ma’lumot turini tanlashga bog‘liq.


Download 0.5 Mb.




Download 0.5 Mb.