|
Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari tahlil qiling
|
bet | 20/58 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 235,19 Kb. | | #150284 |
Bog'liq 3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari10. Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari tahlil qiling.
97-modda. Ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasidagi majburiyatlari
Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlar bo‘ladi:
ushbu Kodeksning 166-moddasiga muvofiq xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida axborot taqdim etish;
ushbu Kodeksning 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘ymaslik;
ushbu Kodeksning 99-moddasiga muvofiq ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga shaxslarni ishga joylashtirish;
ushbu Kodeksning 165-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish;
ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq xodimning ish o‘rnini boshqa ishga o‘tkazish tartibida saqlash choralarini ko‘rish;
mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 100-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda o‘rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish;
taklif etilgan shaxslarga ushbu Kodeksning 101-moddasiga muvofiq kafolatlar berish;
o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 102-moddasiga muvofiq alohida asoslarga ko‘ra bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qilish;
jamoa kelishuvlariga va jamoa shartnomasiga muvofiq qo‘shimcha kafolatlar berish.
Ish beruvchining zimmasida bandlik va ishga joylashtirish sohasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
98-modda. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish chog‘idagi kafolatlar
Ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o‘zgarishi, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o‘zgarganligi sababli yoki tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) tugatilganligi munosabati bilan o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi nazarda tutilayotgan xodimlar sonining ko‘rsatkichlaridan iboratdir.
Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish mezonlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortiq bo‘lgan har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo‘linmasini) tugatish;
b) xodimlar sonining (shtatining) quyidagi miqdorda:
o‘ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
to‘qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qisqarishi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorlarni ushbu kechiktirish keltirib chiqargan yo‘qotishlarni ish beruvchiga bir vaqtning o‘zida qisman yoki to‘liq kompensatsiya qilish orqali olti oy muddatgacha to‘xtatib turishi mumkin.
Ish beruvchi xodimlarni kelgusida ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni ushbu Kodeksning 166-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda mehnat organining hamda hududiy yoki tarmoq kasaba uyushmalari birlashmalarining e’tiboriga yetkazishi shart. Mehnat organlari mazkur axborotni olgach, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ishga joylashtirish choralarini ko‘rishi shart.
|
| |