• 102-modda. Ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi
  • -modda. Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar




    Download 235,19 Kb.
    bet22/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    101-modda. Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar
    Basharti ish beruvchi ishga joylashtirish to‘g‘risidagi taklif bilan jismoniy shaxsga taklifnoma yuborgan bo‘lsa, ish beruvchi taklifnomaning amal qilish muddati davomida, agar taklifnomada muddat shartlashilmagan bo‘lsa, taklifnoma yuborilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etishga haqli emas. Taklifnoma deganda ish beruvchining ushbu jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasini tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aniq ifodalangan rozilik bildirishi tushuniladi. Taklifnoma ish beruvchining tegishli vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.
    Ushbu modda birinchi qismining qoidalari xodim qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zarur tartib-taomillardan o‘tgan taqdirda chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
    102-modda. Ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi
    Davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan shaxslarga ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa boshqa teng ish (lavozim) beriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zolarini vakolatlari muddati tugaganidan keyin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilgan taqdirda ishga joylashtirish “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zaxiraga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqarilganidan keyin, agar u ishga joylashish masalasi bo‘yicha ish beruvchiga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay murojaat qilgan bo‘lsa, avvalgi ish joyida ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.
    Harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan e’tiboran ko‘pi bilan uch oy o‘tgan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega.
    Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.
    Xodimlarga ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan kafolatlarni berish imkoni bo‘lmagan hollarda mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirishni, zarur bo‘lganda esa ularni bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi.
    Ish beruvchi ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining2-bandiga ko‘ra ilgari o‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarni, basharti xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran olti oy ichida tashkilotda xodim ilgari egallagan o‘sha mutaxassislik va malaka bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari paydo bo‘lgan bo‘lsa, ishga qabul qilishi shart.


    Download 235,19 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Taklif etilgan shaxslarga ishga joylashtirish sohasidagi qo‘shimcha kafolatlar

    Download 235,19 Kb.