• 134-modda. Mehnat shartlari tushunchasi
  • 135-modda. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi
  • 136-modda. Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi
  • Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari, mehnat shartlari tushunchasi va shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibini yoriting




    Download 235,19 Kb.
    bet25/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    13. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari, mehnat shartlari tushunchasi va shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibini yoriting.
    133-modda. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari
    Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:
    mehnat shartlarining o‘zgarishi;
    xodimning boshqa ishga o‘tkazilishi;
    ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi;
    xodimning boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborilishi;
    mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish joyining o‘zgarishi.
    134-modda. Mehnat shartlari tushunchasi
    Mehnat shartlari deganda ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining majmui tushuniladi.
    Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to‘lash miqdori, ish vaqtining, ta’tilning davomiyligi va boshqa shartlar kiradi.
    Ishlab chiqarish omillari jumlasiga texnika, sanitariya, gigiyenaga oid, ishlab chiqarish-maishiy va boshqa shartlar kiradi.
    135-modda. Mehnat shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibi
    Mehnat shartlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi.
    Mehnat shartlarini o‘zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo‘lsa, xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
    Mehnat shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda belgilangan mehnat shartlari mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin emas, bundan ushbu Kodeksning 136 va 137-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
    136-modda. Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi
    Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqlidir.
    Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
    Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat shartnomasini o‘zgartirish asoslari, mehnat shartlari tushunchasi va shartlarini belgilash va o‘zgartirish tartibini yoriting

    Download 235,19 Kb.