• 268-modda. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
  • 15. Mehnat normasining turlari, mehnat normalarini ishlab chiqish, joriy etish, almashtirish va qayta ko‘rib chiqishni yoriting. 16-bob. Mehnatni normalashtirish
  • 273-modda. Mehnat normasining turlari
  • -modda. Yaroqsiz bo‘lgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq to‘lash




    Download 235,19 Kb.
    bet30/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    267-modda. Yaroqsiz bo‘lgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq to‘lash
    Ishlov beriladigan materialdagi yashirin nuqson tufayli paydo bo‘lgan yaroqsiz mahsulot uchun, shuningdek xodimning aybisiz tayyorlangan yaroqsiz mahsulot uchun yaroqli mahsulotlar bilan teng ravishda haq to‘lanadi.
    Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun mahsulotning yaroqliligi darajasiga qarab kamaytirilgan ishbay baholar bo‘yicha haq to‘lanadi.
    Xodimning aybi bilan tayyorlangan to‘liq yaroqsiz mahsulot uchun haq to‘lanmaydi.
    268-modda. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
    Ayrim toifadagi xodimlar (tashkilot rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar, zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar, o‘rindoshlik asosida ishlaydiganlar va boshqalar) uchun ushbu Kodeksning VI bo‘limiga muvofiq mehnatiga haq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanadi
    15. Mehnat normasining turlari, mehnat normalarini ishlab chiqish, joriy etish, almashtirish va qayta ko‘rib chiqishni yoriting.
    16-bob. Mehnatni normalashtirish
    272-modda. Mehnatni normalashtirish tushunchasi
    Mehnatni normalashtirish muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida aniq ishni yoki operatsiyani bajarish uchun eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan vaqt miqdorini aniqlash, shuningdek xodimlarning turli toifalari (guruhlari) soni va asbob-uskunalar soni o‘rtasidagi maqbul o‘zaro nisbatni aniqlash imkonini beradigan, mehnat natijalari va mehnatga haq to‘lash o‘lchovi o‘rtasidagi tenglashtirilgan o‘zaro nisbatlarni belgilash hisoblanadi.
    273-modda. Mehnat normasining turlari
    Mehnat normasining turlari quyidagilardan iborat:
    vaqt normasi — muayyan tashkilot uchun eng ma’qul bo‘lgan tashkiliy-texnik sharoitlarda bir xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan muayyan ish birligini (bitta mahsulot, bitta operatsiyani) bajarish uchun zarur bo‘lgan ish vaqti miqdori. Qoida tariqasida, norma-soatda, kishi-soatda, kishi-daqiqada, soniyalarda hisoblab chiqiladi.
    ishlab chiqarish normasi — muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda vaqt birligida bir xodim yoki muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan smena davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi;
    xodimlar soni normasi — muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarish uchun zarur bo‘lgan muayyan kasbiy malakaga ega xodimlar soni;
    xizmat ko‘rsatish normasi — smena davomida muayyan tashkiliy-texnik sharoitlarda bir xodim yoki tegishli son va malakadagi xodimlar guruhi tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan asbob-uskunalar, hududlarning maydonlari va xizmat ko‘rsatish obyektlarining belgilangan birligi soni;
    alohida lavozimlarni kiritish normasi — tegishli davlat boshqaruvi organi tomonidan tashkilotning alohida vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan, budjet tashkilotlari uchun belgilangan xodimlar soni;
    boshqariluvchanlik normasi — bevosita bitta rahbarga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan xodimlar soni;
    malaka normasi — xodimning mehnat vazifasini bajarishi uchun zarur bo‘lgan malaka (bilim, mahorat, ko‘nikma) darajasi;
    davlat kasbiy standartlari (kasbiy faoliyat standartlari) — xodimga muayyan bir kasbiy faoliyat turini amalga oshirish, shu jumladan muayyan mehnat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan malaka tavsiflari;
    zarur mehnat sarflarini belgilovchi boshqa normalar.
    Mehnatni tashkil etish va haq to‘lashning jamoaviy shakllari sharoitlarida mahsulotning aniq hajmiga, umuman texnologik jarayonga yoki muayyan ishlar (xizmatlar) hajmiga nisbatan belgilanadigan yiriklashtirilgan mehnat normalari, shuningdek qabul qilingan mehnat normalari negizida hisoblab chiqilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlar ko‘lamini tavsiflovchi pirovard yiriklashtirilgan o‘lchov (kub metr, kvadrat metr, mahsulotning mingta birligi va boshqalar) bo‘yicha belgilanadigan yiriklashtirilgan mehnat normalari qo‘llanilishi mumkin.
    Mehnat normalari to‘liq ish vaqti davomida tegishli malakaga ega bo‘lgan xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini to‘liq bajarishga qodir bo‘ladigan tarzda belgilanishi kerak.
    Bir turdagi ishlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan namunaviy (tarmoq, tarmoqlararo, kasbiy va boshqa) mehnat normalari tasdiqlanadi.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Yaroqsiz bo‘lgan mahsulot tayyorlanganda mehnatga haq to‘lash

    Download 235,19 Kb.