• 317-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
  • 318-modda. Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
  • 2-§. Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligi 319-modda. Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
  • Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligini yoriting




    Download 235,19 Kb.
    bet38/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    19. Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligini yoriting
    19-bob. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi
    1-§. Umumiy qoidalar
    316-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi tushunchasi
    Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi mehnat shartnomasi tarafining boshqa tarafga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda qoplash majburiyatini ifodalaydigan yuridik javobgarlikdir.
    Zarar yetkazilgandan keyin mehnat shartnomasining bekor qilinishi ushbu shartnoma tarafini moddiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
    317-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish
    Mehnat shartnomasi yoki unga yozma shaklda tuziladigan qo‘shimcha kelishuv, shuningdek jamoa shartnomasi mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirishi mumkin. Bunda ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam bo‘lmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
    318-modda. Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi yuzaga kelishi shartlari
    Mehnat shartnomasi tarafining moddiy javobgarligi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasi tarafining aybli g‘ayriqonuniy qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) natijasida ushbu shartnomaning boshqa tarafiga yetkazilgan zarar uchun hamda aybli g‘ayriqonuniy qilmish va yetkazilgan zarar o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqasi mavjudligi uchun yuzaga keladi.
    Mehnat shartnomasi taraflaridan har biri o‘ziga yetkazilgan moddiy ziyonning miqdorini isbotlashi shart.
    2-§. Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligi
    319-modda. Xodimga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan ziyon
    Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
    xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
    xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
    xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
    xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
    Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ish beruvchining xodimga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgarligini yoriting

    Download 235,19 Kb.