|
1. Mehnat huquqning prinsiplari va manbalari deganda nimani tushunasiz va mehnat huquqining qanday prinsiplari va manbalari mavjud
|
bet | 39/58 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 235,19 Kb. | | #150284 |
Bog'liq 3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari320-modda. Ish beruvchining xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilganligi natijasida unga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimni mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida u olmagan ish haqining o‘rnini unga qoplashi shart. Agar ish haqi quyidagilar natijasida olinmagan bo‘lsa, shunday majburiyat yuzaga keladi:
ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi;
xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi;
xodim ishdan g‘ayriqonuniy ravishda chetlashtirilganligi;
xodim bilan mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi;
xodimga mehnat daftarchasi yoxud elektron mehnat daftarchasi ko‘chirmasi berilishi ish beruvchi tomonidan kechiktirilganligi;
mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini o‘z vaqtida bajarmaganligi;
xodimning boshqa ishga kirishiga to‘sqinlik qiladigan, uning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar har qanday usul bilan tarqatilganligi;
qonunlar hamda jamoa kelishuvlarida va (yoki) jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollar.
321-modda. Ish beruvchining xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash majburiyati
Ish beruvchi xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.
Ish beruvchi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham mehnat vazifalarini bajarishda, shuningdek ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga borish yoki ishdan qaytish vaqtida mehnatda mayib bo‘lishi tufayli xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyon uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Ish beruvchi, agar ziyon uning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlab berolmasa, mehnatda mayib bo‘lish va (yoki) kasb kasalligi tufayli xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart.
O‘z mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtida yuqori xavf manbaidan xodimning hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini ish beruvchi, agar ziyon uni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan kuchlar tufayli yoki jabrlanuvchi qasddan qilganligi oqibatida kelib chiqqanligini isbotlab berolmasa, qoplashi shart.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Mehnat huquqning prinsiplari va manbalari deganda nimani tushunasiz va mehnat huquqining qanday prinsiplari va manbalari mavjud
|