• 338-modda. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
  • 339-modda. Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
  • -modda. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati




    Download 235,19 Kb.
    bet42/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    337-modda. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati
    Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
    Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
    338-modda. Xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar
    Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
    Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
    339-modda. Ish beruvchining xodimdan zararni undirishdan voz kechish huquqi
    Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Xodimning ish beruvchiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyati

    Download 235,19 Kb.