|
-modda. Ish beruvchining yetkazilgan zarar miqdorini va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati
|
bet | 45/58 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 235,19 Kb. | | #150284 |
Bog'liq 3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari344-modda. Ish beruvchining yetkazilgan zarar miqdorini va uning kelib chiqish sababini aniqlash majburiyati
Muayyan xodimlar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin ish beruvchi yetkazilgan zararning miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida nazarda tutilgan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazishi shart.
Zararning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun xodimdan yozma tushuntirish talab qilish majburiydir. Xodimning tushuntirish berishdan bosh tortishi uning ish beruvchiga zarar yetkazganlik uchun moddiy javobgarlikka tortilishiga monelik qilmaydi va hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
21. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi tushunchasi, mazmuni, muddati va shaklini yoriting.
22-bob. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi
373-modda. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi tushunchasi
Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi ish beruvchi va o‘quvchi (ish beruvchida ishlayotgan shaxs yoki ish qidirayotgan shaxs) o‘rtasida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda ta’lim olish uchun tuzilgan, kasbiy bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni o‘rganish to‘g‘risidagi yoki qayta tayyorlash haqidagi kelishuvdir.
374-modda. Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasining mazmuni
Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
taraflarning nomi;
o‘quvchi tomonidan olinadigan aniq malaka;
ish beruvchining o‘quvchiga ishlab chiqarish ta’limini o‘tash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash majburiyati;
o‘quvchining ishlab chiqarish ta’limini o‘tash va olingan malakaga muvofiq ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi shartnomasida belgilangan muddat davomida ishlab berish majburiyati;
ishlab chiqarish ta’limining muddati;
o‘qish davrida mehnatga haq to‘lash miqdori;
taraflarning rekvizitlari.
Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasida taraflarning kelishuvi bilan belgilangan boshqa shartlar ham bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish ta’limi shartnomasida belgilangan, ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab berish muddati ishlab chiqarish ta’limi muddatiga hamda ish beruvchining uni o‘tkazishga doir chiqimlariga mutanosib bo‘lishi va har qanday holda ham ushbu Kodeksning 110-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilangan muddatli mehnat shartnomasining eng ko‘p davridan oshib ketmasligi kerak.
|
| |