• 389-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi
  • 1-§. Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
  • 1. Mehnat huquqning prinsiplari va manbalari deganda nimani tushunasiz va mehnat huquqining qanday prinsiplari va manbalari mavjud




    Download 235,19 Kb.
    bet48/58
    Sana02.02.2024
    Hajmi235,19 Kb.
    #150284
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
    Bog'liq
    3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari

    24-bob. Umumiy qoidalar
    388-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tushunchasi
    Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari deganda ayrim toifadagi xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning umumiy qoidalari qo‘llanilishini qisman cheklovchi yoxud qo‘shimcha qoidalarni nazarda tutuvchi qoidalarni belgilash tushuniladi.
    389-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari tasnifi
    Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanadi:
    1) mehnat munosabatlarining subyektlari (ayollar, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar) bo‘yicha;
    2) mehnat faoliyatining sohalari, tarmoqlari va turlari (pedagoglar va tibbiyot xodimlari, transport xodimlari va boshqalar) bo‘yicha;
    3) mehnat sharoitlarining og‘irligiga va (yoki) zararliligiga qarab;
    4) tabiiy-iqlim sharoitlariga qarab;
    5) xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlarining xususiyatlari (kasanachilar, masofadan turib ishlovchi xodimlar va boshqalar) bo‘yicha.
    Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga muvofiq ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini tasniflashning boshqa mezonlari ham nazarda tutilishi mumkin.
    1-§. Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari
    392-modda. Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni yoki ish haqi miqdorini kamaytirishni taqiqlash
    Homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilishni rad etish yoki mehnatga haq to‘lash miqdorini kamaytirish taqiqlanadi.
    Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda, rad etish sabablarining ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan yozma asosini homilador ayol yoki farzandlari bor shaxs talabiga ko‘ra uch kun ichida taqdim etishi shart. Ishga qabul qilishni rad etish sabablarining yozma asosini taqdim etmaganlik ishga qabul qilishni rad etganlik ustidan shikoyat qilishga monelik qilmaydi.

    Download 235,19 Kb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




    Download 235,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mehnat huquqning prinsiplari va manbalari deganda nimani tushunasiz va mehnat huquqining qanday prinsiplari va manbalari mavjud

    Download 235,19 Kb.