|
Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini va xodimga kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini yoriting
|
bet | 32/58 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 235,19 Kb. | | #150284 |
Bog'liq 3-kurs Mehnat huquqi mantiqiy savollar javoblari16. Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini va xodimga kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini yoriting.
17-bob. Kafolatli to‘lovlar va kompensatsiya to‘lovlari
1-§. Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar
279-modda. Kafolatli to‘lovlar va kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar tushunchalari
Kafolatli to‘lovlar xodim ushbu Kodeksga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan yoxud o‘z ixtiyoriga zid tarzda ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt uchun o‘rtacha ish haqi yoki tarif stavkasi (maosh) miqdoridagi pul to‘lovlaridir.
Kafolatli qo‘shimcha to‘lovlar ushbu Kodeksda va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimga u muayyan sabablarga ko‘ra o‘z mehnat vazifalarini to‘liq hajmda bajara olmaganda, ushbu xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish maqsadida to‘lanadigan pul summasi hisoblanadi.
280-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyati
Ish beruvchi xodimga:
xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr;
xodimlarning vakillari bo‘lgan va ishlab chiqarish ishlaridan ozod qilinmagan shaxslar tomonidan xodimlarning vakilligi va ularning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vazifalar bajarilgan davr;
mehnat nizolari bo‘yicha komissiya a’zosi ushbu komissiya ishida ishtirok etgan davr;
xodim mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalar tekshiruvidan yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘zining aybisiz o‘tmaganligi sababli ishdan chetlashtirilgan davr;
xodim o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganligi tufayli ishdan chetlatilgan davr;
xodim yillik mehnat ta’tilida bo‘lgan davr;
ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan va nuqsonga yo‘l qo‘yilgan davr;
ish beruvchining aybi bilan mehnat normalari bajarilmagan, mehnat (lavozim) majburiyatlari ijro etilmagan davr;
ushbu Kodeksning 364-moddasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli shaxs tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilgan davr;
xodim xizmat safarida bo‘lgan davr;
xodim ish beruvchi bilan birgalikda yoki ish beruvchining taklifiga binoan o‘z roziligiga ko‘ra boshqa joyga ko‘chganida unga yangi joyga ko‘chish va joylashish uchun zarur bo‘lgan, lekin olti ish kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqt;
xodim ishdan ajralgan holda o‘zi va ish beruvchi uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan o‘tgan davr;
xodim o‘quv ta’tillarida bo‘lgan davr;
xodim ijodiy ta’tillarda bo‘lgan davr;
alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishga joylashtirish davri;
xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tgan davr;
homilador ayol yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;
ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarish qilayotgan ota-onadan biri (vasiy) yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazilgan davr;
xodimni ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish, g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirish, g‘ayriqonuniy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha organning xodimni ilgarigi ishiga tiklash to‘g‘risidagi qarorini bajarmaslik tufayli xodimning majburiy progul qilgan davri uchun kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatli to‘lovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli to‘lovlarni amalga oshirishi shart.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ish beruvchining xodimga kafolatli to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini va xodimga kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini yoriting
|