1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari




Download 22,91 Kb.
bet2/2
Sana03.06.2024
Hajmi22,91 Kb.
#259533
1   2
Bog'liq
1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va

Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:

  • o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;

  • ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish;

  • o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar.


    Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha yondashuvni talab etmoqda.
    Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta'lim metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta'limni o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi.
    Ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an'anaviy metodlarni emas, balki bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi.
    Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng samarali metodlardan sanaladi.
    Mehnat ta'limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin.
    Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat ta'limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir.
    Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta'minlash muhim pedagogik vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an'anaviy va noan'anaviy shakllarda tashkil etiladi (30 - chizma).
    Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
    O‘quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lishni ta'minlash.
    O‘quvchilar kuchini to‘g‘ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o‘rin almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
    O‘quvchilarning mehnat faoliyatiga rag‘batlantirishning samarali metod va vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish.
    Mehnat faoliyatining turidan qat'iy nazar mehnat madaniyatini shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish.
    Mehnat tarbiyasining iqtisodiy tarbiya bilan aloqadorligi. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘quvchilarga iqtisodiy bilim berish hamda, ularda mehnat va kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikma, malakalarini shakllantirish masalasiga jiddiy e'tibor berila boshlandi. O‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda ishchanlik, tartiblilik, ehtiyotkorlik xislatlarini shakllantirish tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan sanaladi.
    Hozirgi davrda, kadrlar tayyorlash masalasi eng muhim vazifa sifatida qo‘yilib, ta'lim sifatini oshirish bilan birga o‘quvchilarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan mavjud sharoitda muhim va zarur.

    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.


    2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. – Toshkent, O‘zbekiston, 2000.


    3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent, O‘qituvchi, 1992.


    4. Pedagogika. Munavvarov A.g‘.ning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.


    5. Podlaso‘y I.P. Pedagogika. Novo‘y kurs. Kn. 2. Protsess vospitaniya. – Moskva, VLADOS, 1999.




    6. Almetov N.Sh. Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – Almato‘, 2001.
    7.Podlasiy I.P. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva, Vlados, 1999.
    8.Pedagogika. Munavvarov A.K.ning umumiy tahriri ostida. – Toshkent, O‘qituvchi, 1996.



    Download 22,91 Kb.
  • 1   2




    Download 22,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari, shakl va metodlari

    Download 22,91 Kb.