Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish




Download 119,5 Kb.
bet6/7
Sana10.02.2024
Hajmi119,5 Kb.
#154310
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mehnat muhofazasi
Nasibaxon k, ma\'ruza-24, 7- laboratoriya ishi , Бурхонова Нигора Баходировна1, 7-16 mavzulardan 9-sinf, Magnit maydon - Vikipediya, 7 (1), 1-mavzu, Амалий 4 FK, eslatma uchun3, Burg\'ilash mashinalari va uskunalari (A.Aminov va b.) (4), article 2552 180, hududiy-inv.ya-loyihalar, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish.
Avvalo shuni aytish lozimki, korxonalarning xodimlari O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug`urta qilinishlari shart (Mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi qonunining 15-moddasi).
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 222-moddasiga muvofiq, ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni o`z vaqtida tekshirish va hisobga olib borishi shart.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar sog`lig`ining boshqacha tarzda shikastlanishlarni tekshirish va xisobga olib borish to`g`risida Nizom tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shaklidagi korxona, muassasa, tashkilotlarda, shuningdek mehnat shartnomasi bo`yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog`liq holda xodimlar bilan ro`y bergan baxtsiz xodisalarni tekshirish va xisobga olib borish tartibi belgilab berilgan. Mazkur Nizom yana:
-sud hukmiga binoan jazoni o`tayotgan fuqarolarga ishlab chiqarishdagi ish davomida;
-ish beruvchilarga;
-pudrat va topshiriq shartnomalari bo`yicha fuqarolik-huquqiy (kontraktlar) bitimlar asosida ish bajarayotgan shaxslarga;
-tabiat xodisalari va texnogen xarakteridagi favqulodda xodisalarning oqibatlarini tugatishda ishtirok etayotgan shaxslarga;
-yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga, basharti maxsus xalqaro shartnomalarda o`zgacha holat ko`rsatilmagan bo`lsa;
-harbiy xizmatni o`tash bilan bog`liq bo`lmagan qurilish, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlarni bajarish uchun korxonalarga ishlashga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan shaxslarga;
-korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o`tayotgan talabalar va o`quvchilarga nisbatan tadbiq etiladi, tekshirib ko`riladi.
Nizomga muvofiq, korxona hududida hamda uning chegarasidan tashqarida mehnat vazifalarini bajarish vaqtida, shuningdek, ishlab chiqarish manfaatlarini ko`zlab qilingan harakatlar natijasida yuz bergan xodisalar, korxona transportida ishga kelish va qaytish vaqtida yo`lda, korxona territoriyasida (tanaffus vaqti ham shunga kiradi), shanbaliklarni o`tkazish vaqtida, ishlab chiqarish ob`ektlarida yuz bergan avariyalar, vaxta usulida ish tashkil qilingan posyolka territoryasida yoki smena tugagan, dam olish vaqtida, ish vaqtida o`zining shaxsiy transportida, basharti bunga ish beruvchi tomonidan ruxsat berilgan bo`lsa, yuz bergan xodisalar ish beruvchining topshirig`i bo`yicha transportda yoki yayov kelayotgan xodim bilan, shuningdek faoliyati xizmat ko`rsatish ob`ektlari o`rtasida qatnash bilan bog`liq xodimlar bilan ish vaqtida yuz bergan, shanbaliklar vaqtida uning joyidan qat`iy nazar, otalikka olingan korxonalarga yordam ko`rsatish vaqtida, o`z xizmat vazifalarini bajarayotganda xodimga boshqa shaxs tomonidan ish vaqtida etkazilgan tan jarohati va boshqalar baxtsiz xodisalar sanaladi.
Tabiiy o`lim, o`z-o`zini o`ldirish, jabrlanuvchi o`z sog`lig`iga qasddan shikast etkazilganligi, shuningdek jabrlanuvchi jinoyat qilayotgan paytda olgan jarohatlar kabi xodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Nizomga ko`ra, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa tufayli xodim kamida bir kun mehnat qobiliyatini yo`qotsa yoki uni tibbiy xulosaga muvofiq boshqa engilroq ishga o`tkazish zarurati kelib chiqsa, bunday baxtsiz xodisa N-1 shaklidagi akt bilan rasmiylashtiriladi.
Jabrlanuvchining talabiga binoan, tekshiruv tugagan kundan e`tiboran, uzog`i bilan 3 kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz xodisa to`g`risida dalolatnoma berishi shart (Mehnat kodeksining 222-moddasi).
Ish beruvchining buyrug`iga asosan, ish beruvchining vakillari hamda kasaba uyushmasi komiteti yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodimlaridan iborat tarkibda komissiya tuziladi. Komissiya 3 kun ichida tekshiruv o`tkazib, uch nusxada akt tuziladi va bunda baxtsiz xodisaning kelib chiqish sababi, kimning aybi bilan ro`y berganligi va uning oldini olish choralari ko`rsatiladi. Akt ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi va jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, korxonadagi mehnat muhofazasi xizmati rahbariga (muhandis, mutaxassis), barcha tekshirish materiallari bilan davlat mehnat-texnika inspektsiyasiga yuboriladi.
Guruh tarzidagi (ikki va undan ortiq) xodimlar bilan ro`y bergan baxtsiz xodisalar alohida tartibda tekshiriladi. Shuningdek, baxtsiz xodisa tufayli o`lim sodir etilgan yoki nogironlik kelib chiqqan bo`lsa, shunday alohida tekshiruv o`tkaziladi.
Mehnat muhofazasi bo`yicha davlat inspektori zarur hollarda: shikoyatga asosan, baxtsiz xodisa ochilib qolganda va boshqa sabablarga ko`ra uning qachon sodir bo`lgan vaqtidan qat`iy nazar, mustaqil ravishda tekshiruv o`tkazilishi mumkin. Davlat inspektori tekshiruv natijalari bo`yicha xulosa tuzadi, bunda u baxtsiz xodisa va unga oil holatlarga xarakteristika berib, baxtsiz xodisaning asosiy sabablari va mehnat muhofazasi qoidalarini buzgan shaxslarni ko`rsatib o`tadi. Ro`y bergan baxtsiz xodisa tufayli besh va undan ko`p bo`lgan kishilar xalok bo`lgan bo`lsa, bunday xodisa Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tuzilgan komissiya tomonidan tekshiruv o`tkaziladi. Maxsus tekshiruv komissiyasi 15 kun ichida baxtsiz xodisani tekshiradi, korxonada mehnat muhofazasining holati yuzasidan tekshirish o`tkazadi, maxsus tekshiruv yuzasidan akt tuzadi va uni barcha materiallar bilan qo`shib rasmiylashtiriladi. Davlat bosh mehnat texnika inspektori tomonidan barcha tekshiruv materiallari prokurorga, Mehnat vazirligiga, tegishli vazirliklarga, kasaba uyushmalarining yuqori organlariga yuboriladi.
Nizomga ko`ra, barcha baxtsiz xodisalar hamma vaqt hisobga olinib, maxsus jurnalda ro`yhatdan o`tkaziladi.
Mazkur nizomda:

  1. guruh tarzidagi baxtsiz xodisalar haqida xabar berish;

  2. ishlab chiqarishda ro`y bergan baxtsiz xodisani ro`yhatga olish tartibi;

  3. ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oqibatlari haqida ma`lumot berish;

  4. baxtsiz xodisa haqidagi N-1 shaklidagi aktni to`ldirish tartibi tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisa to`g`risida xabar berish sxemasi (3-ilova) tasdiqlangan.
Bosh davlat texnika inspektori maxsus tekshiruv o`tkazayotgan komissiyaning xulosasi bilan kelishmasa, zarur deb topgan hollarda, o`zining xulosasini berishi mumkin.
SHuni alohida ta`kidlamoq lozimki, mehnat qonunchiligida baxtsiz xodisalar yuzasidan tuzilgan xulosalar xususida kelib chiqqan nizolarning qaysi organ tomonidan va qanday hal qilish tartibi belgilanmagan.

Download 119,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 119,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish

Download 119,5 Kb.