|
-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari
|
bet | 14/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 20192-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
2.7-mavzu: Pnevmorostlagich.
Reja:
1. Pnevmorostlagichlar haqida tushuncha.
2. Pnevmorostlagichlarning qo‘llanilishi.
Pnevmatik rostlagichlardagi signallarning energiya manbai va tashuvchisi sifatida siqilgan havo ishlatiladi. Rostlanadigan parametrning joriy qiymati haqidagi ma’lumot, topshiriq signali, ijro mexanizmiga beriladigan buyruq signali – bularning barchasi zamonaviy pnevmatik rostlagichlarda 0,02 – 0,1MPa bosim ostidagi siqilgan havo ko`rinishida tasavvur qilinadi. Odatda pnevmatik rostlagich o`lchash qurilmasi, buyruq beruvchi qurilma, rostlash va ijro etuvchi qurilmadan iborat.
Pnevmatik o`lchash qurilmalari rostlanadigan parametrning joriy qiymatini pnevmatik signalga uzluksiz o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
Hozirgi vaqtda turli tipdagi pnevmatik o`lchash qurilmalari juda ko`p miqdorda qo`llanilmoqda. Ularni sxemali-konstrutiv munosabatda ikki guruhga bo`lish mumkin:
asbob tipidagi o`lchash qurilmalari, bular turli o`lchash asboblari ichiga o`rnatilgan pnevmoo`zgartirgichlardan iborat.
maxsus datchik-o`zgartirgichlar, bular huddi avomatik nazorat va rostlash pnevmatik tizimlarining birlamchi asboblari amal qilinadi. Birinchi guruh o`lchash qurilmalarini misol sifatida qarshilik termometri yordamida haroratni o`lchash uchun avtomatik elektron ko`prik deb nomlash mumkin, agarda ko`prikka pnevmoo`zgartirgich ichki o`rnatilgan bo`lsa. Ikkinchi guruh o`lchash qurilmalariga difmanometrlar tegishlidir, ularning chiqish signali 0,02 – 0,1MPa bosim ostidagi siqilgan havodan iborat.
Pnevmatik rostlagichlarda buruq beruvchi qurilma sifatida odatda reduktorlar, bosim stabilizatorlari qo`llaniladi. Reduktorning sozlangan prujinasi yordamida buyruq beruvchi qurilma chiqishida 0,02 – 0,1MPa standart diapazonli ma’lum bosimni o`rnatish mumkin.
Rostlash qurilmasi rostlashning standart qonunlaridan birini shakllantiradi va taqqoslash elementi va shakllantirish qurilmasidan iborat. Taqqoslash elementi pnevmatik rostlagichlarda membranalar yig’ilmasi ko`rinishida bajariladi, shakllantiruvchi qurilma esa – teskari aloqali “soplo-zaslonka” va kuchaytirgich tuguni sifatida bajariladi.
Pnevmatik ijro qurilmasi rostlash qurilmasidan berilgan buyruqli pnevmatik signalni rostlash organining siljishiga o`zgartirib berishga xizmat qiladi. Pnevmatik rostlagichlardagi ma’lumotlarni uzatuvchi aloqa liniyasi sifatida metall yoki plastmassali trubao`tkazgichlar ishlatiladi.
Pnevmatik rostlagichlar uchun alohida ta’minot manbasi – siqilgan havo uzatish tizimiga ega bo`lish zarur. Ko`p hollarda bu maqsad uchun havoni ta’minlovchi maxsus tizimni yaratishga to`g’ri keladi, havo ta’minlovchi ishining sifatiga va ishonchliligiga yetarli darajada qattiq talab qo`yiladi.
Pnevmatik rostlagichlarning muhim hususiyati bo`lib, ularning yuqori darajadagi ekspluatatsion ishonchliligi hisoblanadi. Ular uzoq vaqt davomida og’ir ekspluatatsion sharoitlarda buzilmay, to`xtamasdan ishlay oladi.
|
| |