• Birinchi bosqich.
  • Ikkinchi bosqich.
  • Uchunchi bosqich.
  • To`rtinchi bosqich.
  • Beshinchi bosqich.
  • Oltinchi bosqich.
  • AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI




    Download 6,28 Mb.
    bet2/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,28 Mb.
    #125272
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

    AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI — turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologik jarayondagi parametrlarning o‘zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni o‘zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilann taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini texnologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (asboblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexanik issiqlik, optik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari — aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Signallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o‘zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari — registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o‘zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o‘zgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat axborotni uzatish vositalariga o‘xshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar — buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
    Hozirda ishlab chiqarish sanoati yurtimiz iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga munosib hissa qo`shayotgan sohalardan biri bo`lib kelmoqda. Ishlab chiqarish sanoatini avtomatlashtirish uning rivojlanishiga juda katta hissa qo`shadi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish esa ishlab chiqarish sur’atini keskin oshishiga sabab bo`ladi. Avtomatlashtirish darajasini oshirish uchun esa birqancha muhim vazifalarni amalga oshirish kerak bo`ladi. Bulardan biri ishlab chiqarish korxonasini yangi avtomatlashtishning texnik vositalari bilan ta’minlashdir.
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV rivojlanishi murakkab jarayon hisoblanadi. Uning asosida bir tomondan avtomatlashgan ishlab chiqarishning iqtisodiy muhimligi va texnik ehtiyoji yotsa, ikkinchi tomondan ATV ishlab chiqaruvchining texnologik imkoniyati yotadi. Rivojlanishga sabab bo’lgan birinchi omil yangi, ancha takomillashgan ATVni ishlab chiqarishga joriy etish tufayli korxona ishining iqtisodiy samaradorligini oshishi hisoblanadi.
    Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdan foydalanish va ishlab chiqarishga joriy etishning iqtisodiy va texnik asoslarining rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
    Birinchi bosqich. Ushbu bosqich uchun arzon ishchi kuchining ko’pligi, kam mehnat unumdorligi, agregat va moslamalarning eng kam quvvati xarakterli. Bu tufayli texnologik jarayonlarni boshqarishda insonning eng ko’p ishtiroki, boshqaruv ob’yekti orqali kuzatish, shuningdek boshqaruvchi yechimlarni qabul qilish va ijro etish ushbu bosqichda iqtisodiy jihatdan oqlangan. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish alohida jarayonlar bo`lgan, ular orqali boshqarishni inson uchun yetarli darajada ishonchli amalga oshira olmagan.
    Ikkinchi bosqich. Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning kompleks bosqichiga o`tish mehnat unumdorligining o`shishi, agregat va moslamalar birlik quvvatining yaxlit bo`lishi, avtomatlashtirishning moddiy va fan-texnika bazasining rivojlanishi tufayli sodir bo`ldi. Ushbu bosqichda texnologik jarayonlarni boshqarishda inson-operator ob’yektlarni ishga tushirish va to`htatishda, ayniqsa kutilmagan holatlar, avariya holatlar paydo bo`lganda turli mantiqiy operasiyalarni bajarish orqali aqliy mehnat bilan shug’ullanadi, shuningdek ob’yekt holatini baholaydi, avtomatik tizimlar ishini nazorat qiladi va zahiralaydi. Bu bosqichda standartlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyani keng qo`llashga mo`ljallangan ATVni ko`plab seriyada ishlab chiqarish asoslari shakllanadi. Avtomatlashtirish vositalarini keng masshtabli ishlab chiqarish va ularni tayyorlashning o`ziga xos hususiyati ushbu ishlab chiqarishni asta-sekin mustaqil tarmoqqa ajratishga olib keladi.
    Uchunchi bosqich. Boshqaruvchi hisoblash mashinalari(BHM) paydo bo`lishi bilan texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) bosqichiga o`tish boshlandi. Ushbu bosqichda BHMlardan foydalangan holda barcha murakkabroq boshqarish funksiyalarning iqtisodiy jihatdan ma’qul ko`rinishda avtomatlashtirish shakllanadi. Lekin, modomiki BHM juda qo`pol va qimmat ekan, u holda boshqarishning oddiyroq funksiyalarini amalga oshirish uchun avtomatikaning an’anaviy analogli qurilmalarini keng tarzda qo`llash yetarli. Bunday tizimlarning kamchiligi yuqori bo`lmagan ishonchlilik, chunki texnologik jarayonlar(TJ)ning borishi haqidagi barcha ma’lumot keladi va BHMga moslashadi, chiqishda buziladi, unga TJBAT ishini nazorat qiluvchi operator-texnolog olish zarur bo`lgan. Albatta, bunday holatlarda TJni boshqarish sifati ancha pasayib ketgan, chunki inson BHM kabi effektiv boshqarishni amalga oshira olmaydi.
    To`rtinchi bosqich. Bir muncha arzon va kompakt mikroprosessorli qurilmalarning paydo bo`lishi TJ ni markazlashgan boshqaruv tizimini rad etishga imkon berdi, o`rniga taqsimlangan tizimlarni teklif etdi. Ularda TJ alohida o`zaro bog’langan operatsiyalarni bajarish haqidagi ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash, shuningdek boshqarish yechimini qabul qilish avtonom holda mikrokontrollerlar nomini olgan olgan lokal mikroprosessor qurilmalari orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun taqsimlangan tizimlarning ishonchliligi markazlashgan tizimlarga nisbatan yuqori.
    Beshinchi bosqich. Ushbu bosqich mahsulot ishlab chiqarishda moliyaviy, moddiy va energetik oqimlarni nazorat va analiz qilishni amalga oshirishga yordam beruvchi ko`p sonli va bir-biridan uzoqda bo`lgan kompyuterlarni yagona korporativ tarmoqqa bog`lash imkonini beruvchi tarmoq texnologiyasi bilan, shuningdek boshqarishning integrallashgan(yaxlit holga keltirish) tizimiga o`tishga yordam beruvchi TJ ni boshqarish bilan bog’liq. Bu tizimlarda ancha murakkab dasturiy ta’minot yordamida TJ ni boshqarish, rejalashtirish, hisobga olish va boshqa topshiriqlarni o`z ichiga olgan korxona faoliyatini boshqarish bo`yicha barcha kompleks topshiriqlar birgalikda hal etiladi.
    Oltinchi bosqich. TJ ni boshqaruvchi mikroprosessorlarning tez ishlash qobilyati va boshqa resurslarining oshishi hozirgi vaqtda boshqarishning intellektual tizimlarini yaratish bosqichiga o`tish haqida so`z yuritish imkonini berdi. Bunday tizimlar ma’lumotli noaniqlik sharoitlarida, ya’ni korxonani daromad olishiga ta’sir qiluvchi omillar haqidagi zaruriy ma’lumotlarni yetishmasligida korxonani boshqarishga oid natijaviy yechimlarni qabul qilishga qodir.
    Avtomatlashtirshning texnik vositalari iste’mol qiluvchi energiya turiga quyidagi asosiy turlarga bo`linadi:

    • elektrtli texnik vositalar;

    • pnevmatik texnik vositalar;

    • gidravlik texnik vositalar.

    Sanoat ishlab chiqarishida aralash turdagi texnik vositalar juda keng ishlatiladi. Bunday texnik vositalar ikkita turli texnik vositalarni o`z ichiga oladi va kombinatsiyalashgan texnik vositalar deb ataladi. Ushbu texnik vositalarga elektropnevmatik, pnevmogidravlik hamda elektrogidravlik texnik vositalarni misol qilish mumkin.
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV va asbob va avtomatlashtirsh vositalarining Davlat tizimi (ADT) lariga ta’aluqli umumiy savollarni o`rganish zaruriyati avtomatlashtirishning texnik vositalari ADTning ajralmas qismi hisoblanishini takidlaydi. ATV ishlab chiqarishning sanoatlashgan va sanoatlashmagan soxalarida information-boshqarish tizimlarini amalga oshirish asosini tashkil qiladi. ADTning tashkil qilish tamoyillari ko`p darajada texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari texnik ta’minotini loyihalash bosqichi mohiyatini belgilaydi. O’z navbatida, ADT asosini texnik vositalarning muammoli-taxminiy agregat komplekslari tashkil etadi.
    Avtomatlashtirishning tipik vositalari texnikaviy, apparatli, dasturiy-texnik va umumtizimli bo`lishlari mumkin.
    Avtomatlashtirishning texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

    • Datchiklar;

    • Ijro mexanizmlari;

    • Rostlash organlari;

    • Aloqa liniyalari;

    • Ikkilamchi asboblar(ko`ratuvchi va qayd etuvchi);

    • Analog va raqamli rostlash qurilmalari;

    • Dasturiy-beruvchi bloklar;

    • Mantiqiy-buyruqli boshqarish qurilmalari;

    • Ma’lumotlarni yig`ish va ularga birlamchi ishlov berish hamda boshqarishning texnologik ob’ekti(BTO) holatini nazorat qilish moduli;

    • Galvanik yechim va signallarni me’yorlashtirish modullari;

    • Signallarni bir shakldan boshqasiga o`zgartiruvchi qurilmalar;

    • Boshqarish signallarini ishlab chiqarish va qayd etish, indikatsiyalash, ma’lumotlarini ko`rsatish modullari;

    • Buferli hotira qurilmalari;

    • Dasturlashgan taymerlar;

    • Maxsus mo`ljallangan hisoblash qurilmalari;

    Avtomatlashtirishning dasturiy-texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

    • Analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar;

    • Boshqaruvchi vositalar;

    • Ko`p konturli analog va analog-raqamli rostlagich bloklari;

    • Ko`p aloqali dasturli mantiqiy boshqarish qurilmalari;

    • Dastur yoziladigan mikrokontrollerlar;

    • Lokal-hisoblash tarmoqlari.

    Umumtizimli avtomatlashtirish vositalariga quyidagilar tegishli;

    • Biriktirish qurilmalari va aloqa adapterlari;

    • Umumiy hotira bloklari;

    • Magistrallar(shinalar);

    • Umumtizimli diagnostika qurilmalari;

    • Ma’lumotlarni to`plash uchun to`g`ridan-to`gri ruhsat etilgan prosessorlar;

    • Operator pultlari.


    Download 6,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 6,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI

    Download 6,28 Mb.