• Gidroyuritmalarning tavsifi va ishlash tamoyili.
  • Ishchi suyuqliklarni uzatish manbasi bo`yicha
  • 1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu




    Download 6.28 Mb.
    bet5/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6.28 Mb.
    #125272
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019
    Elektr o\'lchash asboblarini rostlash va ta\'mirlash (P.Ismatullayev va b.), Abduhalilov Abdulbori Buxgalteriya, 34.Tasvirni umumlashtirish., ОСТОРОЖНО, 1 Ma’ruza Biznesda axborot tizimlari asoslari Reja Axborot ti (1), Yakuniy nazorat testlari Adabiyot sirtqiga, 3-вариант, Aylana va doira, AJRATUVCHI TO\'QIMALAR Qoplovchi, Alpomish obrazi, Амир Темур, xArm User Manual, Document 2, 2 5372829050198835319
    Yordamchi qurilmalar gidroyuritmaning barcha elementlarini ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Ularga quyidagilar tegishli: ishchi suyuqlik kondisionerlari(filtrlar, issiqlik almashtiruvchi apparatlar va boshqalar); gidrotizimning germetikligini ta’minlovchi zichlagichlar; bosimning gidravlik relesi; gidrosig`imlar(gidrobaklar va ishchi suyuqlik gidroakkumulyatorlari) va boshqalar.
    Gidroliniyalar(trubalar, yuqori bosimli shlanglar, klapanlar va birikmalar) hajmiy gidroyuritmaning ish jarayonida ular orqali ishchi suyuqlikni oqib o`tishi uchun mo`ljallangan. Umumiy gidrotizimga kiruvchi gidroliniyalar o`zining qo`llanishi bo`yicha so`rib oluvchi, bosim hosil qiluvchi, to`kib yuboruvchi, drenajli va boshqarish gidroliniyalarga bo`linadi.
    Gidroyuritmalarning tavsifi va ishlash tamoyili.
    Gidrouzatma tarkibiga kiruvchi elementlarning tuzilishi va tipiga ko`ra hajmiy gidroyuritmalar bir nechta belgilari bo`yicha quyidagicha sinflanadi:
    1. Gidrodvigatelning chiqish qismi harakatining tavsifi bo`yicha: a) gidrodvigatel sifatida yetaklanuvchi qismi cheksiz aylanma harakatni amalga oshiradigan motor ishlatiladigan aylanma harakat gidroyuritmasi (2a-rasm); b) gidrodvigatel sifatida yetaklanuvchi qismi (porshen shtoki, plunjer yoki korpus) ilgarilanma-qaytma harakatga ega dvigatel-gidrosilindr qo`llaniladigan ilgarilanma harakat gidroyuritmasi(2b,v-rasm); c) gidrodvigatel sifatida chiqish qismi (val yoki korpus) 3600 dan kichik burchakli burilma-qaytma harakat qiladigan burilishga ega gidrosilindr ishlatiluvchi burilma harakat gidroyuritmasi (2g-rasm).
    2. Rostlash imkoniyati bo`ycha: a) ekspluatatsiya qilish jarayonida gidrodvigatel chiqish qismining tezligini talab qilingan qonuniyat bo`yicha o`zgartirish mumkin bo`lgan rostlanuvchi gidroyuritma. O`z navbatida rostlash drosselli, hajmiy, hajmiy-drosselli yoki nasosni ishga tushiruvchi dvigatel tezligini o`zgartiruvchi bo`lishi mumkin. Bundan tashqari rostlash qo`l orqali yoki avtomatik yo`l bilan amalga oshirilishi mumkin. Rostlash topshirig`I bo`yicha gidroyuritma muvozanatlangan, dasturli yoki kuzatuvchi bo`lishi mumkin; b) ekspluatatsiya jarayonida gidrouzatma chiqish qismining harakat tezligini o`zgartirb bo`lmaydigan rostlanmaydigan gidroyuritma.
    3. Ishchi suyuqlikning sirkulyatsiya sxemasi bo`yicha:
    Ishchi suyuqlik gidrodvigateldan nasosning so`rib oluvchi gidroliniyasiga qaytadigan sirkulyatsiyaning yopiq sxemali gidroyuritmasi (2a-rasm). Ishchi suyuqlikning yopiq sirkulyatsiyali gidroyuritmasi zich, kichik massaga ega va nasos rotorining katta chastotada aylanishiga imkon beradi. Kamchiliklariga ishchi suyuqlikni sovitish sharoitining yomonligini, shiningdek gidroapparaturani almashtirish yoki remont qilishda gidrotizimdan ishchi suyuqlikni bo`shatish zaruriyatini kiritish kerak.
    Gidrobak yoki atmosfera bilan doimiy bog`langan ishchi suyuqlikdagi sirkulyatsiyaning ochiq tizimli gidroyuritmasi(2b,v,g-rasm). bunday sxemaning afzalliklari – ishchi suyuqlikni sovutish va tozalash sharoitining yaxshiligi. Lekin, bunday gidroyuritmalar qo`pol va katta massaga ega, nasos rotorining aylanish chastotasi esa so`rib oluvchi gidroyuritmadagi ishchi suyuqlik harakatining ruhsat etilgan tezliklari bilan chegaralanadi.
    4. Ishchi suyuqliklarni uzatish manbasi bo`yicha: bunday gidroyuritmalar tarkibiga kiruvchi, nasoslar yordamida gidrodvigatellarga ishchi suyuqlikni uzatuvchi nasosli gidroyuritmalar; bunday gidroyuritmalar tarkibiga kirmaydigan, dastlab tashqi manbalardan zaryadlangan gidroakkumulyatorlardan gidrodvigatelga ishchi suyuqlik uzatiladigan akkumulyatorli gidroyuritmalar;
    Gidroyuritmalar tarkibiga kirmaydigan maxsus magistraldan gidrodvigatellarga ishchi suyuqlik uzatiladigan magistralli gidroyuritmalar.
    5. Yetaklovchi dvigatel tipiga qarab gidroyuritmalar elektro`tkazgichli, ichki yonuv dvigatelli uzatmali, turbinalar va shu kabi bo`lishi mumkin.
    Hajmiy gidroyuritmaning ishlash prinsipi Paskal qonuniga asoslangan (2-rasm).
    Nasos 1 orqali ishchi suyuqlik bosim hosil qiluvchi gidroliniya 3 ga uzatiladi, keyin taqsimlagich 5 orqali gidrodvigatel 2 ga keladi. Gidrotaqsimlagichning bitta holatida gidrodvigatelning ishchi yo`li namoyon bo`lsa, boshqa holatida esa salt yo`li ko`rsatiladi. Dvigateldan suyuqlik taqsimlagich orqali to`kib yuboruvchi gidroliniyaga va keyin esa gidrobak 9 yoki nasosning so`rib oluvchi gidroliniyasiga kelib tushadi (2a-rasm). Idishda suyuqlik sovutiladi va gidrotizimga qayta yuboriladi. Gidroyurutmaning ishonchli ishlashi faqatgina ishchi suyuqlikni 8 filtrlar bilan mos holda tozalashga bog`liq.
    Gidrodvigatelning chiqish qismi harakat tezligini rostlash drosselli yoki hajmiy bo`lishi mumkin. Drosselli rostlashda gidrotizimda rostlanmaydigan nasoslar o`rnatiladi, chiqish qismining harakat tezligini o`zgarishi esa ishchi suyuqlik sarfini drossel 6 orqali o`zgartirsh bilan erishiladi. Hajmiy rostlashda gidrodvigatel chiqish qismining harakat tezligi rostlanuvchi nasosni uzatish bilan yoki rostlanuvchi gidromotorni qo`llash hisobiga o`zgaradi.
    Gidrotizimni bosimning haddan tashqari ortib ketishidan himoya qilish maksimal ruhsat etilgan bosimga sozlangan saqlagichli 4a yoki qayta quyuvchi 4b klapanlar bilan ta’minlanadi. agar gidrodvigatelga qo`yilgan yuklama o`rnatilgan qiymatdan ortib ketsa, u holda ishchi suyuqlikning barcha oqimi gidrodvigatelga qaramasdan saqlagichli yoki qayta quyuvchi klapanlar orqali ketadi. Gidrotizimning alohida sohalarida bosim nazorati manometr 11 orqali amalga oshiriladi.
    Gidroagregatlar ishlash jarayonida ishchi suyuqlikning sirqib chiqib turishi sodir bo`ladi. Yopiq sirkulyatsiyali gidrotizimlarda ishchi suyuqlikning sirqib chiqishi natijasida kamaygan o`rni mahsus suyuqlik nasosi 1a bilan to`ldirib turiladi (2a-rasm).

    2-rasm.


    Download 6.28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 6.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu

    Download 6.28 Mb.