• Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich. Ushbu o`zgartirgichning kirish signali bo`lib magnitoelektrik o`zgartirgich g’altagidagi i
  • Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich.
  • -Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari




    Download 6,28 Mb.
    bet6/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,28 Mb.
    #125272
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

    2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
    2.2-Mavzu: Ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar
    Reja:
    1. Ikkilamchi pnevmatik asboblar, boshqarish stansiyalari, funksional bloklar va yordamchi qurilmalar.
    2. Ikkilamchi pnevmatik qurilmalarning ishlatilish sohalari
    Ikkilamchi pnevmatik texnik vositalardan o`zgartirgichlarga to`htalib o`tamiz. O`zgartirgichlarning ikkita turini ko`rib o`tamiz.
    Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
    Ushbu o`zgartirgichning kirish signali bo`lib magnitoelektrik o`zgartirgich g’altagidagi i tok, chiqish signali bo`lib esa quvvat kuchaytirgichi chiqishidagi siqilgan havo bosimi P hisoblanadi (1-rasm).

    1-rasm. Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.

    1. qurilma; b) struktura sxema; v) statik xarakteristika

    1-richak; 2-nol korrektor; 3-doimiy drossel(tartibga soluvchi klapan); 4-qopqoqli konus naycha; 5-pnevmatik quvvat kuchaytirgichi; 6-silfon; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich; 8-kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
    O`zgartirgich ketma-ket ulangan ikkita o`zgartirgichdan iborat (1.b-rasm). Birinchi - i kirish tokni F kuchga o`zgartiruvchi magnitoelektrik o`zgartirgich 7. Ikkinchi – ushbu kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartirib beruvchi o`zgartirgich 8. Demak, ikkala o`zgartirgichning statik xarakteristikasi chiziqli bo`lsa, u holda tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi barcha o`zgartirgichlarning statik xarakteristikalari ham chiziqli bo`ladi.
    O`zgartirgichning statik xarakteristikasi 1.v-rasmda ko`rsatilgan.
    Nol kirish tokida P0=0.2*105Pa chiqish bosimi boshlang’ich qiymatini o`rnatish nol korrektor 2 orqali bajariladi.
    Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirish uchun sanoatda EPP-60 tipdagi o`zgartirgichlar chiqariladi.
    Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich.
    O`zgartirgichning kirish signali trubkali prujinaga keluvchi bosim P, chiqish signali esa tok i (2-rasm). O`zgartirgichning struktura sxemasi 2.b-rasmda ko`rsatilgan.

    2-rasm. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich.


    a-qurilma; b-truktura sxema; v-statik xarakteristika;
    1-richag; 2-nol korrektor; 3-trubkali prujina; 4-prujina; 5-tebranish konturi; 6-mahsus kuchaytirgich; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich; 8-kuchni tokka o`zgartirgich.
    Sxemadan ko`rinib turibdiki, o`zgartirgich 3ta ketma-ket ulangan o`zgartirgichlardan iborat. Birinchisi- chiqilgan havo bosimi P ni trubkali prujina uchining L1 siljishiga o`zgartirgich. Ikkinchisi – ushbu siljishni a richagning chap yelkasiga qo`yilgan F kuchga o`zgartirgich. Ikkala o`zgartirgichning statik xarakteristikasi chiziqli. F kuchni i chiqish tokiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich uchinchi o`zgartirgich boshqa kuchni tokka o`zgartiruvchidan shunisi bilan farq qiladiki, l ning siljishi o`zgaruvchan tok kuchlanishi U ga emas, tebranish konturi 5 ning rezonans chastotasiga, so`ngra kuchaytirgich 6ga va chiqish toki i ga o`zgaradi. O`zgartirgich 8 ning statik xarakteristikasi magnitoelektrik o`zgartirgich 7 ning xarakteristikasi bilan aniqlanadi va shuning uchun xarakteristikasi chiziqli. Shunday qilib, ko`rib o`tilgan o`zgartirgich chiziqli xarakteristikaga ega (2.v-rasm).
    Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirish maqsadida sanoatda PE-55M tipli o`zgartirgich ishlab chiqariladi. Unga bir nechta iste’molchini ulash mumkin. Ularning ulanish shartlari va sxemalari huddi kuchni tokka o`zgartirgich kabi bo`ladi.
    O`zgartirgichda prujina 4 ning tarangligini o`zgartiruvchi nol korrektor 2 mavjud. Ushbu korretor bilan P0 o`lchanayotgan bosimning boshlang’ich qiymatida chiqish tokining nol qiymatini o`rnatadi.


    Download 6,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 6,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari

    Download 6,28 Mb.