|
1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish. 1-Mavzu
|
bet | 3/60 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 6,28 Mb. | | #125272 |
Bog'liq ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019Nazorat savollari:
Avtomatlashtirishning texnik vositalari deb nimaga aytiladi?
Avtomatlashtirishning texnik vositalari rivojining asosiy bosqichlari qaysi bosqichlardan iborat?
Avtomatlashtirshning texnik vositalari qanday turlarga bo`linadi?
Avtomatlashtirshning texnik vositalariga misollar keltiring.
Adabiyotlar:
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulyamov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. – Toshkent. O`qituvchi, 2011. -576b.
Шандров Б.В.б Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. –М.: Изд.цен. «Академия», 2007. -368с.
Мордасов М.М., Мордасов Д.М., Трофимов А.В., Чуриков А.А., «Технические средства автоматизации». Учебное пособие. Тамбов. Издательство ТГТУ 2005
1-Modul: Avtomatlashtirish texnik vositalari faniga kirish.
1.2-Mavzu: O’byekt holati haqida ma’lumot olishning texnik vositalari. Taqsimlangan boshqarish tizimlari. Dala qurilmalari.
Reja:
1. O’byekt holati haqida ma’lumot olishning texnik vositalari.
2. Taqsimlangan boshqarish tizimlari.
3. Dala qurilmalari.
CHiziqli va burchakli siljishlarni o‘lchovchi asboblar turli xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi.
Potensiometrik siljish o‘lchagichlar oraliq X yoki burchak a bo‘yicha siljishni o‘lchaydi va elektr signalga aylantiradi. Kirish signali oraliq X ga yoki a burchakka siljish bo‘lsa, oraliq X yoki a dagi , kuchlanish potensiometrik chiquvchi signal Uch bo‘ladi (1-rasm, a, b)
1-rasm. Siljishni o`lchaydigan bir taktli potensiometr: a – to`g’ri chiziq bo`yicha surgichli potensimetr; b – burchak bo`yicha сургичли потенциометр.
Potensiometr U kuchlanishli manbaga ulanganda, qarshilik R opqali tok I o‘tadi. Agar surilgich S qarshilik R bo‘yicha X oraliqqa surilsa, undan chiquvchi signal quyidagicha aniqlanadi:
bu erda,
Potensiometrning chulg‘ami bir tekis o‘ralgan va uni birlik oraliqlaridagi
qarshiligi o‘zgarmas bo‘lsa, quyidagi tenglama o‘rinli bo‘ladi:
chiqish signali
bu erda, uzatish koeffisienti, Rx - surilgich surilgan oralikdagi
qarshilik, R — potensiometrning to‘la qarshiligi.
Ifoda potensiometrik sezgichlardan chikuvchi Uch kuchlanish bilan
kiruvchi signal (surilish oralig‘i) X orasida to‘g‘ri mutanosiblik borligini ko‘rsatadi.
Potensiometr chulg‘amining solishtirma qarshiligi katta va issiqlik koeffisienti juda kichik bo‘lgan simlar (konstanta, manganin, nixrom va boshqalar) dan tayyorlanadi.
Avtomatik tizimlarda bunday bir taktli surilish sezgichlari o‘rnida ko‘pincha ikki taktli potensiometrik sezgichlar ham qo‘llanildi. Bu sezgichlarning surilgichidan olinadigan signal Uch ning mikdoridan tashqari ishorasi ham o‘zgaradi. Undagi signal o‘tkazuvchi simlarning bir uchi potensiometr qarshiligining o‘rta nuqtasi l/2 da ulanadi, ikkinchi uchi esa surilgichga ulangan bo‘ladi.
|
| |