• Elektrogidravlik o`zgartirgichlar.
  • Elektrogidravlik o`zgartirgichlarning asosiy chiqish parametri suyuqlik sarfi hisoblanadi
  • -Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari




    Download 6,28 Mb.
    bet11/60
    Sana20.12.2023
    Hajmi6,28 Mb.
    #125272
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
    Bog'liq
    ATV dan Ma\'ruzalar matni MAJMUAGA 2019

    2-Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari.
    2.5-Mavzu: Elektrogidravlik va pnevmogidravlik o`zgartirgichlar. Yordamchi vositalari.
    Reja:
    1. Elektrogidravlik o`zgartirgichlar.
    2. Pnevmogidravlik o`zgartirgichlar.
    Elektrogidravlik o`zgartirgichlar.
    Elektrogidravlik tizimlarda elektropnevmatik tizimlardan farqli ravishda signal energiyasi turini o`zgartirgichlar bevosita yoki quvvat kuchaytirgich orqali ijro mexanizmiga ta’sir qiladi.
    O`zgartirgich va ijro mexanizm mavjud bo`lgan boshqarish tizimi funksiyasi strukturasiga bog’liq holda o`zgartirgich hususiyatlariga talablar o`zgaradi.
    Elektrogidravlik o`zgartirgich kirish qurilmasi sifatida elektromagnit uzatma EMU ishlatiladi (1a -rasm). EMU chiqishi(Ya yakori)dagi N kuchlanish I kir tokiga proporsional:

    N=k1*I kir,


    bu yerda k1 – proporsionallik koeffisiyenti. Yakordagi kuchlanish va uning siljishi h o`rtasidagi proporsionallikni hosil qilish uchun k2 bikirlikka ega Pr prujina ishlatiladi:


    H=N/k2=(k1/k2)*Ikir.


    Suyuqlik oqimini boshqarish zolotnik yordamida amalga oshadi, zolotnik plunjeri Pl uzatma yakori bilan mustahkam bog’langan.


    Elektrogidravlik o`zgartirgichlarning asosiy chiqish parametri suyuqlik sarfi hisoblanadi. G gilzadagi plunjer holatiga bog’liq holda aylanib o`tuvchi kanallar orqali o`tuvchi suyuqlik sarfi Q1 o`zgaradi. Bunda ta’minot magistralidagi Pta’minot bosimi ta’sirida shakllangan suyuqlik oqimi ijro mexanizmi chap bo`shlig’iga keladi (rasmga qarang). O`ng bo`shliqdan suyuqlik (Q2 sarf) quyilish magistraliga keladi. Amalda suyuqlikning siqilmasligini hisobga olib, quyidagini yozishimiz mumkin:

    Q2=Q1=Q.


    Agar suyuqlik sarfini plunjerning neytral holatiga nisbatan siljishiga proporsional deb qabul qilsak, u holda uning qiymati quyidagi munosabatdan topiladi:

    Q=k3*h=k1*k3*Ikir/k2.




    Ushbu sarf ta’sirida P porshen ijromexanizmi IM shtoki Sh bilan birgalikda o`ngga harakat qiladi(rasmga qarang). Porshen holatini vaqt boshlanish onida H=0 deb hisoblab, quyidagini yozishimiz mumkin:



    bu yerda H – porshen holati (H=0 holatidan farqli siljishi); S – porhsen yuzasi.





    1a-rasm.

    Birinchi variant sifatida (1b-rasm) teskari aloqa hosil qilish uchun ijro mexanizmi shtokini surilgich S potensiometr Pt bilan bog’laymiz, potensiometrga ta’minot kuchlanishi Uta’minot keladi. Poterniometrdan olingan kuchlanish Up va uning o`rta nuqtasi kuchaytirgich-o`zgartirgich K ga beriladi:


    Ip=k4*Up=k5H,
    bu yerda k4 ba k5 – o`zgartirish koeffisiyentlari, Ip – potensiometrdan chiqqan elektr toki.
    Ip tokni Ikir tok bilan algebraik yig’indisi uchun EMU ga’ltagiga mavjud bo`lgan w1 o`ramli cho`lg’amdan tashqari qo`shimcha w2 o`ramli cho`lg’am qo`shiladi.
    Demak, bu holatda ijro mexanizmi shtoki siljishi H oshishi bilan Ip qiymati oshar ekan, u holda mos tanlangan barcha koeffisiyentlar quyidagi munosabatga ega bo`ladi:
    H – kIkir=ε,
    Bu yerda k – o`zgartirish koeffisiyenti; k →∞ bo`lganda ε→0 bo`ladi.



    1b-rasm.




    Download 6,28 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




    Download 6,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Modul: Avtomatlashtirishning pnevmatik va gidravlik texnik vositalari

    Download 6,28 Mb.