1-Modul: Metallar va atom elektron tuzilishi. Metallar klassifikatsiyasi va ularning klassifikatsiyalash asoslari




Download 493.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana08.10.2023
Hajmi493.23 Kb.
#87209
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-3 ma\'ruza
Задачи copy, W, Rahimov Bekzod 9u-14, Qishloq xo’jaligida axborot texnologiyalari-fayllar.org, 4-mavzu, 2-амалий иш, Materiallarga elektr-kimyoviy va elektro-fizikaviy ishlov berish-fayllar.org, 4. АНАЛИЗ УПРАВЛЕНИЯ РУЧНОГО И АВТОМАТИЧЕСКОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ПИТАЮЩИХ ВАЛИКОВ ПИЛЬНОГО ДЖИНА, abn 1-kurs, ekspertiza maqola, rrrrrrr, aet tajriba, 1, Aralash funfsiyali birikmalar Reja, javlon tayyor


1-Modul: Metallar va atom elektron tuzilishi. 
Metallar klassifikatsiyasi va ularning klassifikatsiyalash asoslari
metallarning umumiy fizik va kimyoviy xossalari. Atom tuzilishi. Kvant sonlari 
va uning ahamiyati. Atom orbitalari va ularning shakllari. Atomlararo 
bog’lanish energiyasi, bog’lanish energiyasini Teylor qatoriga yoyib aniqlash, 
atomlar guruhi uchun bog’lanish energiyasini aniqlash. 
Reja
1. Metallar klassifikatsiyasi va ularning umumiy fizik va kimyoviy 
xossalari. 
2. Тabiatda uchrashi va olinish usullsri. 
3. Atom tuzilishi. Kvant sonlari va uning ahamiyati. Atom orbitalari va 
ularning shakllari 
4. Atomlararo bog’lanish energiyasi, bog’lanish energiyasini 
 
Kashf etilgan 109 ta elementdan ko‘pchiligi (83 tasi) metallar hisoblanadi. 
Agar D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida berilliydan astatga tomon 
diagonal o‘tkazilsa, u holda diagonalning o‘ng tomoni yuqorisida metallmas 
elementlar (yonaki gruppacha elementlari bundan mustasno), chap tomon 
pastida—metall xossaga ega bo‘lgan elementlar (yonaki gruppachalarning 
elementlari ham shularga taalluqli) bo‘ladi. Diagonal yaqiniga joylashgan 
elementlar (masalan, Be, Al, Ti, Ge, Nb, Sb va b.) ikki xil xossali bo‘ladi.
Elementlarning oilalarga bo‘linishiga asoslanib, metall elementlarga I va II 
gruppachalarning s- elementlari, d- va f- elementlar, shuningdek, bosh 
gruppachalardagi p- elementlar III (bordan tashqari), IV (Ge, Sn, Pb), V (Sb, Bi) 
va VI (Po) kiradi. Ko‘rinib turibdiki, eng tipik metall elementlar davrlarning 
(ikkinchidan boshlab) boshlanish qismida joylashgan. 
Metallarning atomlarida tashqi energetik qobiqda, odatda, bittadan uchtagacha va 
faqat oz sondagi u qadar tipik bo‘lmaganlarida yettitagacha elektron bo‘ladi. 
Ularning atomlari, odatda, katta radiusli bo‘ladi. Metallarning atomlari 
metallmaslarning atomlaridan farq qilib, tashqi elektronlarini oson beradi, ya’ni 
kuchli qaytaruvchilar hisoblanadi. Shu sababli metallarning atomlari musbat 
zaryadlangan ionlarga 
aylanadi. 
Atomlardan 
ajralib 
chiqqan 
elektronlar 
metallarning musbat zaryadlangan ionlari orasida birmuncha erkin ko‘chib 
yura oladi. Bu zarrachalar orasida bog‘lanish vujudga keladi, ya’ni elektronlar 
kristall panjaraning tugunlarida joylashgan musbat zaryadlangan ionlarning alohida 
qavatlarini go‘yo bir-biriga yopishtiradi. Modomiki, elektronlar to‘xtovsiz 
harakatda ekan, ular musbat zaryadli ionlar bilan to‘qnashganda bu ionlar neytral 
atomlarga, so‘ngra esa oksidlangan ionlarga aylanadi va hokazo. 

Download 493.23 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 493.23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Modul: Metallar va atom elektron tuzilishi. Metallar klassifikatsiyasi va ularning klassifikatsiyalash asoslari

Download 493.23 Kb.
Pdf ko'rish