1. Moliya / Investitsiyalar]




Download 33.47 Kb.
Sana05.02.2024
Hajmi33.47 Kb.
#151715
Bog'liq
PQ-4929 18.12.2020
1, 540217, 23275, bibliofond.ru 898622, referatmix 51081, 2-mavzu mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimo, file 434302, referat-mirovye-religii-islam, 630-0017, Mavzu Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashda O‘zb (1), 5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya bo‘yicha boshqa masalalar;

2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]

[TSZ:

1.Moliya / Investitsiyalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalari uchun infratuzilma yaratishda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
1. 2021-yilda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlariga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1 trillion so‘m ko‘zda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari:
ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari;
elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — tegishlicha ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’minotchi korxonalarga haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablag‘lari;
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’minotchi korxonalarning hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari;
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar va tadbirlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (ta’mirlash) ishlari bo‘yicha — Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
budjet ssudasi mablag‘lari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga hamda tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari uchun “Hududgazta’minot” AJga ajratiladi;
maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Vazirlar Mahkamasi:
ikki hafta muddatda 2021-2022-yillarda maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashga oid chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxatlarini;
2021-yil 1-aprelga qadar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish maqsadida qiymati 250 milliard so‘m miqdordan oshadigan xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
6. Maxsus komissiya (T.A. Ishmetov):
har oy yakuni bilan joylardagi maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati tanqidiy o‘rganib chiqilishini;
Davlat budjetidan, shu jumladan budjet ssudasi hisobidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli xulosa berishni;
tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashda moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritib borishni hamda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘larning eng maqbul yo‘nalishini belgilashni;
tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaratish bilan bog‘liq tadbirlarga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini ta’minlasin.
Maxsus komissiyaning ishchi organi etib Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi belgilansin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab, har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlari uchun ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilishini ko‘zda tutsin.
8. Hisob palatasi Moliya vazirligi bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlash ishlariga ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-dekabr,
PQ-4929-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi PQ-4929-son qaroriga
ILOVA
Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlashga davlat budjetidan mablag‘lar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiya
TARKIBI

1.

T.A. Ishmetov



moliya vaziri, komissiya raisi

2.

A.J. Ortiqov



iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

3.

N.Q. Xolmurodov



investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari — komissiya a’zosi, komissiya raisi o‘rinbosari

4.

B.I. Zakirov



qurilish vaziri

5.

A.S. Sultanov



energetika vaziri

6.

Sh.M. Sadikov



axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

7.

I.R. Mahkamov



transport vaziri v.b.

8.

M.X. Saliyev



uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri

9.

A.A. Abduvaliyev



Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi

10.

X.S. Turaxujayev



Kadastr agentligi direktori

11.

Lavozimi bo‘yicha



Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul xodimi — komissiya kotibi

Izoh: Maxsus komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 07/20/4929/1641-son)

Download 33.47 Kb.




Download 33.47 Kb.