Neytrallangan yog’‘dan sovun qoldiqlari va namlikni yo‘qotish




Download 1,07 Mb.
bet14/51
Sana15.02.2024
Hajmi1,07 Mb.
#157144
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
1 Moylarni rafinatsiyalash va gidrogenizatsiyalash. Margarin va

Neytrallangan yog’‘dan sovun qoldiqlari va namlikni yo‘qotish. Soapstok ajratib olingandan so‘ng yog’‘da 0,05-0,3 % miqdorda sovun qoladi, bu yog’‘ning ta’mini buzadi, oksidlaydi va gidrogenlash jarayonida katalizator aktivligini pasaytiradi. Sovun nikel oksidlari bilan reaksiyaga kirishib, salomasdan qiyin ajraladigan, nikelli sovun hosil qiladi. Neytrallangan yog’‘ va moydagi sovunni yo‘qotish usullaridan birini tanlashda, soapstok ajratilgandan keyin yog’‘da qolgan sovun qoldig‘ini miqdori, asosiy omil hisoblanadi. Qolgan sovunni yo‘qotish uchun yog’‘ yuviladi yoki limon kislotasi bilan ishlanadi. Sovun miqdori 0,05 % dan ko‘p bo‘lsa yog’‘ yuviladi. Bundan kam bo‘lsa limon yoki fosfor kislotasi bilan ishlanadi.
Yuvishni kondensat va yumshatilgan suv bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon yog’‘ni issiq suv bilan aralashtirib, fazalarga ajratishga asoslangan. Yuvishni davriy yoki uzluksiz usulda olib borish mumkin.
Davriy yuvishda aralashtirgichli yuvish-quritish apparati qo‘llaniladi. Yog’‘ 2-3 marta yuviladi. Har bir yuvishdan so‘ng, yuvilgan suvni tindirish yo‘li bilan ajratib olinadi.
Uzluksiz usulda yuvishda esa kurakchali yoki pichoqli aralashtirgichlar ishlatiladi. Fazalarga ajratish separatorlarda bajariladi.
Har bir yuvishda yog’‘ga nisbatan 7-10 % suv sarf bo‘ladi. Suvni iqtisod qilish maqsadida birinchi yuvishga ikkinchi yuvindi suvni, ikkinchi yuvishga esa kondensatni ishlatish tavsiya qilinadi. Yuvilgan suvdagi yog’‘lilik – birinchisida 1,5 %, ikkinchisida esa 0,05 % dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Yog’‘larni yuvishda chiqindi miqdori 0,2% ni, yo‘qotishlar ham 0,2% ni tashkil qiladi.
Limon kislotasi bilan ishlov berish. Bunda yog’‘dan sovun butunlay yo‘kotiladi. Limon kislotasi sovunni parchalab temir va nikel ionlarini bog‘laydi.
CH2COOH CH2COONa


HO– C - COOH + 2RCOONa HO-C – COOH + 2RCOOH
CH2COOH CH2COONa
Limon kislotasi Na limon nordon tuzi

Limon kislotasining tuzi quruq yog’‘da erimaydi va uni filtrlash orqali yo‘qotiladi. Tarkibida sovun miqdori 0,01-0,02% bo‘lgan yog’‘larni limon kislotasi bilan ishlangani uchun yog’‘ni kislota soni bir oz oshadi xolos. 1 t yog’‘ uchun 10 % li limon kislotasi eritmasidan 90-950C da 30-50 g beriladi, keyin yog’‘ quritiladi. Limon kislotasi bilan ishlov berilganda chiqindi bo‘lmaydi, yo‘qotish 0,02 % ga teng bo‘ladi.


Quritish – neytrallash jarayonining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Quritish 90-950C da vakuum ostida (qoldiq bosim 40-50mm sim.ust.) olib boriladi. Bunda namlikg’lanib havoga chiqib ketadi. Quritish davriy va uzluksiz usulda olib boriladi. Davriy usulda – yuvish-quritish apparatidan, uzluksiz usulda – vakuum-quritish apparatidan foydalaniladi.
Moyga fosfat kislotasi bilan ishlov berish. Yuvuvchi suv miqdorini, yog’‘ chiqindilarini kamaytirish va limon kislotasini tejash maqsadida neytrallangan moydagi sovun qoldig‘ini yo‘qotish uchun fosfat kislotasidan foydalaniladi. Almashinish reaksiyasi natijasida natriyli sovun erkin yog’‘ kislotalarigacha parchalanadi. Ishlov berishni separatorli liniyalarda olib borish mumkin. Buning uchun konsentrlangan fosfat kislotasi issiq suv bilan birinchi yuvishda moy massasiga nisbatan 10% miqdorida qo‘shib beriladi. Bunda 0,05-0,1% li fosfat kislotasining suvli eritmasi hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan natriy fosfat tuzi yuvindi suv bilan birga ajraladi. Ilmiy izlanishlar natijasini ko‘rsatishga fosfat kislotasidan foydalanib, separatsiyali qurilmalarda neytrallangan moyni bir marta yuvish mumkin. Sovun qoldig‘ini yo‘qotishning bu usuli shunday neytrallangan moyga qo‘llash mumkinki, bunda sovun parchalangandan keyin moyning kislota soni me’yordan oshib ketmasligi kerak.
Yog’‘lar rafinatsiyasining sxemasi. Yog’‘larni rafinatsiya qilish uchun davriy va uzluksiz sxemalar qo‘llaniladi. Uzluksiz sxemalarda separatorlarda ajratish va sovun-ishqor muhitida rafinatsiya qilish sxemasi keng miqyosda ishlatiladi.


Download 1,07 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Download 1,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neytrallangan yog’‘dan sovun qoldiqlari va namlikni yo‘qotish

Download 1,07 Mb.