|
1-Mustaqil ish Fan nomi: Fan: Komputer arxitekturasi Guruh
|
bet | 2/8 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 214,31 Kb. | | #246607 |
Bog'liq 1-Mustaqil ish Fan nomi Fan Komputer arxitekturasi GuruhBitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari: Ishning maqsadi telekommunikatsiya tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash masalasining DPI asosidagi yechimlarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Multiservis tarmoqlarini tashkil etish muammolari o’rganish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash masalasining DPI asosidagi yechimlaritahlil qilish;
DPI tizimining texnik tashkil etilishini o’rganish;
IP tarmoq trafigini boshqarishda DPI texnologiyasini qo’llanilishi tadqiq qilish.
Bitiruv malakaviy ish tuzilishi kirish, ikkita bob, bitta bo’lim, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.
I bob. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va ishonchlilikni ta’minlash Telekommunikatsiyalarni ko’p satxli boshqarish
O’zgaruvchi tashqi ta’sirlar (tarmoq ayrim elementlari xolatlarining o’zgarishlari), tarmoq strukturasining o’zgarishi (tarmoq ayrim uchastkalarining ishdan chiqarilishi va yangilarini ishga tushirilishi) va axborot yetkazishga talablarning qondirish sharoitlarida telekommunikatsiya tarmog’ining normal rivojlanishi va ishlashini ta’minlash mos boshqaruv tizimlari orqali amalga oshiriladi [3,7,12].
Telekommunikatsiya tarmog’ini, shuningdek uning katta qismlarini (ikkilamchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar, uzellar, liniyalar va xakozo), o’zaro “xizmat” axborotlari oqimlari (teskari aloqa) bilan bog’langan va tashqi ta’sirlar ostida bo’lgan, boshqarish obekti - OU (boshqariluvchi quyi tizim) va boshqaruvchi qurilmalar - UU (boshqaruvchi quyi tizim) jamlanmasi sifatida qarash mumkin (1.1- rasm).
1.1- rasm. Aloqa tarmog’ining boshqarish tizimi modeli
Bu xolda tashqi ta’sirlar deyilganda, jarayon borishini yoki elementlar sozligini buzadigan rad etishlar, shuningdek foydalanuvchi tarmoqqa, xabarni yetkazilishi bo’yicha qo’yiladigan talablar - har xil ta’sirlar tushuniladi. Boshqarish deyilganda quyidagilar tushuniladi:
obektni ishlashga qobiliyatli (buzilmagan) xolatga keltiradi;
buzilmagan obektni shunday xolatga keltirishki, bunda u o’zining funksiyalaridan birini bajarishga layoqatli bo’lishi zarur.
Telekommunikatsiya tarmog’inining asosiy vazifasi axborotni yyetkazishdir, va bir tomondan aloqa tarmoqlaridagi boshqarish tizimlari tarmoqlarni umumiy xolda va uning ayrim tashkil etuvchilarini rivojlanishi va ishchi (buzilmagan) xolatini, ikkinchi tomondan xabarlarni taqsimlash va yyetkazish bo’yicha talablarga rioya qilgan xolda manzil bo'yicha yyetkazishni ta’minlaydi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarida to’rtta asosiy boshqarish satxlarni ajratish mumkin, bunda har bir keyingi element oldingilarini o’z tarkibiga kiritadi [9,18].
Ayrim texnik vositalarning ishchi (buzilmagan) xolatini qo’llab turish, bunda boshqarish obektlari ayrim asboblar va qurilmalar, kanallar, uzatish va qabul qilish qurilmalari, kanal tashkil qiluvchi va kommutatsion apparaturalar bloklari, ta’minot qurilmalari va xakozo bo’ladi. Ushbu xolda boshqarishning maqsadi apparaturaning ayrim parametrlarini (kuchlanish, signallar satxi, kuchaytirish, shovqinlar satxi, kontaktlar bosimi va xakozo) normada (o’zgartirish) ushlab turish va ayrim qurilmalarni buzilmagan xolda saqlash bo’ladi.
Xabarni manzil bo’yicha etkazilishini boshqarish, bunda boshqarish obektlari kanallar, xabarlar va paketlar kommutatsiyasi uzellarining kommutatsion uzellaridir. Bu xolda boshqarishning asosiy maqsadi, manzil adresiga mos kelgan xolda yo’l (yo’llarni) tanlash, uzatish traktini yaratish va berilgan algoritmga mos xolda qo’shimcha talablarni (imtiyoz, yyetkazish vaqti, mos sifatli kanallar ajratish bo’yicha va xakozo) qondirish bo’ladi.
Kanallar taqsimotini va xabarlar oqimini boshqarish, unda boshqarish obekti krosslash tizimi bo’ladi, boshqarish maqsadi esa – ikkilamchi tarmoqlar orasida kanallarni taqsimlash va qayta taqsimlash, bevosita kanallar bog’lamini
yaratish va tarmoq yoki oqimlar (talabnomalar) o’zgarganda xabarlarni yetkazish talablarini qondirilishini ta’minlash uchun yo’llarni tanlash algoritmini ishlab chiqishdir.
Tarmoqni boshqarish umuman olganda texnik-iqtisodiy tizim sifatida bo’lib, xalq xo’jaligining qismidir va axborotni yetkazish texnik vositalar, xamda bu vositalarga xizmat ko’rsatuvchi odamlar jamoasini qamraydi. Boshqarishning maqsadi nafaqat tarmoqning ishlashini qo’llab quvvatlash va bu ishlashni moddiy- texnik ta’minlashdan iborat bo’lmasdan, shuningdek tarmoqni rivojlantirishni rejalashtirish, tarmoqdan foydalanish tariflari va qonunchilik aktlarini yaratish hamda foydalanuvchilar bilan munosabatni kelishtirishdir.
Satxidan qat’iy nazar har bir boshqarish tizimida quyidagi to’rtta asosiy funksiyalar bajariladi.
Boshqarish obekti xolati xaqida, texnologik jarayonni borishi yoki u yoki bu operatsiyalarni bajarishga talablar (talabnomalar, topshiriqlar) xaqida axborot yig’ish (qaydlash).
Obektni berilgan xolatga keltirish zaruriyati yoki imkoniyati bo’yicha qaror ishlab chiqish, taqdim etilgan talablarni (talabnomalarni) qondirish imkoniyati borligi yoki yo’qligi va obektga boshqariladigan ta’sirni tayyorlash.
Qabul qilingan qarorni bajarish – boshqariluvchi obektning ijro organlariga yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga buyruq berish yo’li bilan obektni kerakli (berilgan) xolatga keltirish, shuningdek foydalanuvchilarga yoki xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga u yoki bu talablarni bajarish mumkin emasligi xaqida axborot berish.
Boshqaruvchi qurilmalarga axborotni yetkazish va ulardan olish, buning uchun har xil datchiklar va qabul qiluvchi qurilmalar xizmat qiladi. Hamma ko’rsatilgan funksiyalar o’zaro shunday bog’langanki, ularning har bir ketma-ket amalga oshirilishi boshqarish jarayoniningssiklini xosil qiladi.
Yaxshi boshqarish tizimisiz har bir mijoz uchun, u buyurtma bergan xizmat darajasini konfiguratsiyalash va qo’llab quvvatlash juda qiyin masaladir.
Aloqa korxonalari diqqat-e’tibori bo’yicha amalga oshiriladigan boshqarishni uning ierarxik strukturasiga mos xolda ko’rish maqsadga muvofiqdir. Telekommunikatsiyaga nisbatan bunday ko’p satxli ierarxik strukturali boshqarishni quyidagicha tasvirlash mumkin [12].
Bu struktura TMN piramidasi deb ataladi. TMN (Telecommunication Management Network) – telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog’i (tizimi). TMN xalqaro tashkilotlar tomonidan taklif etilib, biznesi telekommunikatsiyalarga asoslangan yoki unga juda qattiq bog’langan kompaniyalar boshqarish tizimining mantiqiy tavsiflash usulidir. Quyi satx – tarmoq elementlari satxi (Network Element Layer, NEL) – tarmoqning ayrim qurilmalaridan tashkil topadi: kanallar, kuchaytirgichlar, oxirlanma apparaturalar, multipleksorlar, kommutatorlar va xakozo. Elementlar boshqarishni qo’llash uchun ichki qurilgan vositalarga ega bo’lishi mumkin - datchiklar, boshqarish interfeyslari, shuningdek obektlar bilan bog’lanish (USO) uskunalaridan iborat bo’lishi mumkin. Keyingi satx – tarmoq elementlarini boshqarish satxi (Network Element Management Layer, EML) – elementar boshqarish tizimidan iboratdir. Elementar boshqarish tizimlari tarmoqning ayrim elementlarini avtonom boshqaradi, jumladan SDHning aloqa kanalini nazoratlaydi, kommutator yoki multipleksorni boshqaradi. Elementlarini boshqarish satxi boshqarish tizimi yuqori qatlamlarini konkret uskunani boshqarish detallari va xususiyatlaridan ximoyalaydi. Bu satx quyi joylashgan tarmoqning uskunalari va funksional resurslari xulqini modellashtirishga javobgardir. Bu modellarning atributlari boshqariladigan resurslar xulqining har xil aspektlarini boshqarish imkonini beradi. Undan yuqorida tarmoqlarni boshqarish satxi joylashgan (Network Management Layer, NML). Bu satx elementar boshqarish tizimlari ishini koordinatsiyalaydi, jumladan tarkibiy kanallar konfiguratsiyasini nazoratlash, har xil texnologiyalar transport quyi tizimlari ishlashini moslashtirish imkonini va xakozo beradi. Bu satx yordamida tarmoq yagona butun sifatida, o’z abonentlari orasida ma’lumotlar uzatib, ishlashni boshlaydi. Keyingi satx - xizmatlarni boshqarish satxi (Service Management Layer, SML). Bu satx transport va axborot xizmatlarini nazoratlash va boshqarish bilan shug’ullanadi, xizmatlar
tarmoqning oxirgi foydalanuvchilariga beriladi. Bu satxning vazifasiga tarmoqni ma’lum bir xizmatni taqdim etishiga tayyorlash, uni faollashtirish, mijozlar chaqiriqlarini qayta ishlash kiradi [21].
Xizmatlarni shakllantirishga (service provisioning) ma’lumotlar bazasida xizmatlar parametrlari qiymatlarini qayd etish kiradi, masalan talab qilingan o’rtacha o’tkazuvchanlik qobiliyati, paketlarni kechikish maksimal qiymatlari, tayyorlik koeffitsienti va xakozo. Bu satx funksiyasiga shuningdek tarmoqni boshqarish satxiga xizmatlarni qo’llash uchun virtual yoki fizik kanalni konfiguratsiyalashga topshiriq berish kiradi. Xizmatlar shakllangandan so’ng ushbu satx uni amalga oshirish sifatini nazoratlash bilan shug’ullanadi, ya’ni transport xizmatlari unumdorligi va ishonchliligiga nisbatan olgan hamma majburiyatlarni tarmoq bajarishini nazoratlaydi. Xizmat ko’rsatish sifati nazoratining natijasi tarmoq mijozlarining xizmatlardan foydalanganligi uchun to’lovini xisoblash uchun kerakdir [9].
Biznes-boshqarish satxi (Business Management Layer, BML). Bu satx tarmoqqa ega tashkilot faoliyatining moliyaviy aspektlarini xisobga olib tarmoqni uzoq muddatli rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Bu satxda har oy va har kvartalda tarmoq va uning ayrim tashkil etuvchilaridan foydalanish kirimlari xisoblanadi, bunda tarmoqni ekspluatatsiyalash va modernizatsiyalashga harajatlar xisobga olinadi, moliyaviy imkoniyatlar xisobga olingan xolda tarmoqni rivojlantirish bo’yicha qarorlar qabul qilinadi.
Biznes-boshqarish satxi xizmatlar foydalanuvchilari va taqdim etuvchilari uchun qo’shimcha xizmatlarni taqdim etish imkoni bilan ta’minlaydi.
|
| |