Boshqarish masalalarining funksional guruxlari




Download 214,31 Kb.
bet3/8
Sana20.05.2024
Hajmi214,31 Kb.
#246607
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mustaqil ish Fan nomi Fan Komputer arxitekturasi Guruh

Boshqarish masalalarining funksional guruxlari


Boshqariluvchi obekt turidan qat’iy nazar boshqarish tizimi, xalqaro standartlarda belgilangan bir qator funksiyalarni bajarishi zarur. ITU-Tning tavsiyalari bo’yicha boshqarish tizimlarining vazifalari beshta funksional guruxlarga bo’linadi:

  • tarmoq konfiguratsiyasi va nomlanishni boshqarish;

  • xatoliklarni qayta ishlash;

  • unumdorlik va ishonchlilikni taxlil qilish;

  • xavfsizlikni boshqarish;

  • tarmoq ishlashini xisobga olish.

Boshqarishning bu funksional soxalari vazifalarini tarmoqlarni boshqarish tizimlariga nisbatan ko’rib chiqamiz. Tarmoq konfiguratsiyasi va nomlanishni boshqarish (Configuration Management). Bu vazifalar paramektrlarni tarmoq elementlari sifatida (Network Element, NE), shuningdek tarmoqni xam umumiy xolda konfiguratsiyalashdan iboratdir. Tarmoq elementlari bo’lgan marshrutizatorlar, multipleksorlar va xakozolar uchun bu gurux vazifalari yordamida tarmoq manzillari, identifikatorlari (ismlari), geografik xolatlari va xakozolar aniqlanadi. Tarmoq uchun umuman konfiguratsiyani boshqarish odatda tarmoq haritasini tuzishdan boshlanadi, ya’ni tarmoq elementlari orasida real bog’lanishlarni va tarmoq elementlari orasida bog’lanishlar o’zgarishini – yangi fizik yoki mantiqiy kanallarni tashkil etilishi, kommutatsiyalash va marshrutizatsiyalash jadvallari o’zgarishlarini aks ettirish lozim bo’ladi. Konfiguratsiyani boshqarish (boshqarish tizimlarining boshqa masalalariga o’xshash) avtomatik, yarimavtomatik va qo’l rejimlarida bajarilishi mumkin. Masalan, tarmoq haritasi paket-tadqiqotchilar real tarmoqni zondlash asosida avtomatik tuzilishi mumkin.
Xatoliklarni qayta ishlash (Fault Management). Bu masalalar guruxi tarmoq ishida buzilishlar va rad etishlarni aniqlash, topish va oqibatlarini tugatishdan iboratdir. Bu satxda nafaqat xatoliklar xaqida xabarlar qayd etiladi, shuningdek ularni filtratsiyalash, marshrutizatsiyalash va ba’zi bir korrelyasion model asosida taxlil bajariladi. Filtratsiya juda intensiv oqimdan xatoliklar xaqidagi xabarlarni, odatda katta tarmoqlarda kuzatiladigan, juda muhim xabarlarni ajratish imkonini beradi. Marshrutizatsiya bu xabarlarni boshqarish tizimining zaruriy elementiga yyetkazishni ta’minlaydi, korrelyasion taxlil esa o’zaro bog’langan xabarlar oqimini tug’dirgan sababini (masalan, kabel uzilishi, tarmoq va serverlarga kirish mumkin emasligi xaqida ko’plab xabarlar sababi bo’lishi mumkin) aniqlash
imkonini beradi. Xatoliklarni bartaraf etish avtomatik yoki yarim avtomatik bo’lishi mumkin. Avtomatik rejimda tizim uskunalar yoki dasturiy komplekslarni bevosita boshqaradi va rezerv (zaxira) kanallar xisobiga buzilgan elementni aylanib o’tadi. Yarim avtomatik rejimda buzilishlarni bartaraf etish bo’yicha hamma qaror va harakatlarni odamlar bajaradi, boshqarish tizimi esa faqat bu jarayonni tashkil etishga yordam beradi – ish bajarishga kvitansiyani rasmiylashtiradi va ularni bosqichma-bosqich bajarilishini kuzatib turadi.
Unumdorlik va ishonchlilikni taxlil qilish (Performance Management). Bu masalalar guruxi to’plangan statistik axborotlar asosida, quyidagi parametlarni - tizimning reaksiya berish vaqti, tarmoq oxirgi ikkita abonentlari orasidagi real yoki virtual kanal o’tkazuvchanlik qobiliyati, trafikning ayrim segmentlarda va aloqa kanallaridagi intensivligi, ma’lumotlarni tarmoq orqali uzatishda ularning buzilish extimolligi, shuningdek tarmoqning yoki uning ma’lum bir transport xizmatining tayyorlik koeffitsientini baxolash bilan bog’liq. Tarmoqning unumdorligi va ishonchliligini taxlil qilish funksiyasi tarmoqni operativ boshqarish, shuningdek tarmoqning rivojlanishni rejalashtirish uchun kerakdir. Tarmoqning unumdorligi va ishonchliligi taxlilining natijasi, tarmoqdan foydalanuvchilar va tarmoq ma’muriyati (yoki xizmatlarni sotuvchi kompaniya) orasida kelishilgan, xizmat ko’rsatish darajasi (Service Level Agreement - SLA) xaqida bitimni nazoratlash imkonini beradi. Odatda SLAda unumdorlik va ishonchlilik parametrlarining qiymatlari batavsil aniqlanib, kelishiladi.
Tarmoqning unumdorligi va ishonchliligi taxlili vositalarisiz tarmoq xizmatlarini taqdimlovchi yoki korxonaning axborot texnologiyalari bo’limi tarmoq foydalanuvchilari uchun ko’rsatilayotgan xizmatning zaruriy darajasini nafaqat nazoratlashni, balki uni ta’minlashni amalga oshira olmaydi.
Xavfsizlikni boshqarish (Security Management). Bu masalalar guruxi tarmoq resurslariga (ma’lumotlar va uskunalar) kirish nazorati va ma’lumotlarni saqlash va tarmoq orqali uzatishda butligini ta’minlashdan iboratdir.
Xavfsizlikni boshqarish bazaviy elementlariga foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash protseduralari, tarmoq resurslariga kirishni tayinlash va
xuquqini tekshirish, shifrlash kalitlarini taqsimlash va qo’llash, vakolatni boshqarish va xakozolar kiradi. Ko’p xollarda bu guruxning funksiyalari tarmoqlarni boshqarish tizimlariga kiritilmaydi, lekin maxsus maxsulotlar (masalan, Kerberos autentifikatsiyalash va mualliflash, turli xil ximoya ekranlari, ma’lumotlarni shifrlash tizimlari) ko’rinishida amalga oshiriladi, yoki operatsion tizimlar va tizimiy ilovalar tarkibiga kiritiladi.
Tarmoq ishlashini xisobga olish (Accounting Management). Bu masalalar guruxi tarmoq turli resurslaridan (qurilmalar, kanallar va transport xizmatlari) foydalanish vaqtini qayd etish bilan shug’ullanadi. Bu masalalar xizmatdan foydalanish vaqti va resurslarga to’lov - billing tushunchalari bilan ish qiladi. Turli ta’minlovchilarda xizmatlarga to’lovlar spetsifik harakterga egaligi va xizmatlar darajasi xaqida turli shakldagi bitimlar majudligi sababli, bu funksiyalar guruxi odatda tijorat tizimlari va HP Open View turidagi boshqarish platformalariga kiritilmaydi, lekin konkret buyurtmachi uchun ishlab chiqilayotgan buyurtma tizimlarida amalga oshiriladi.
OSI boshqarish modeli boshqarilayotgan obektlar – kanallar, lokal tarmoqlar segmentlari, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar, modemlar va multipleksorlar, kompyuterlar apparat va dasturiy ta’minotlari, SUBD lar orasidagi farqlarga e’tibor bermaydi. Hamma bu boshqariladigan obektlar “tizim” umumiy tushunchasiga kiritiladi, va boshqarilayotgan tizim boshqaruvchi tizim bilan OSI ochiq protokollari bo’yicha muloqatda bo’ladi [].
Lekin amaliyotda boshqarish tizimlarini boshqariladigan obektlar turlari bo’yicha ajratish keng tarqalgan. Klassik bo’lib qolgan tarmoqlarni boshqarish SunNet Manager, HP Open View yoki Cabletron Spectrum tizimlari faqat korporativ tarmoqlarning kommunikatsion obektlarini boshqaradilar, ya’ni lokal tarmoqlarning konsentratorlari va kommutatorlarini, shuningdek marshrutizatorlarni va global tarmoqlarga kirish qurilmasi bo’lgan olislangani ko’priklarni boshqaradi. Odatda territorial tarmoqlarning uskunalarini telekommunikatsion uskunalar ishlab chiqaruvchilarining tizimlari boshqaradi, chunonchi – RAD Data Communications kompaniyasining RADView tizimi,
Newbridge kompaniyasining MainStreeXpress 46020 tizimi, va xakozolar boshqaradi. TMN asosiy standartlari. TMN ga mansub MSE-T ning eng muhim xujjatlari M-oilaviy deb atalgan xujjatlarga mujassamlashtirilgan (1.3 - rasm).
1.3-rasm. TMN bo’yicha tavsiyalar
M. 3000 xujjat ―TMN soxasida tavsiyalar obzori deb atalib, aloqa tarmoqlarini boshqarishga taaluqli XEI-T hamma mavjud publikatsiyalarni va boshqa standartlarni jamlaydi. SHuningdek bunda TMN konsepsiyasining qisqacha harakteristikasi keltirilgan va uni boshqa telekommunikatsion texnologiyalar bilan o’z aro harakati (muloqati) ko’rib chiqilgan. M. 3010 standartda TMN tarmoqning tuzilish umumiy prinsipi va ishlashi bayon etilgan, funksional bloklar, komponentlar va interfeyslar,
TMN ierarxik arxitekturasi, boshqarish obektlari va “menejer-agent” modeli tavsiflangan. M. 3016 tavsiyaning nomi “TMN axborot xavfsizligining obzori” deb ataladi, unda ko’rilgan masalalar xavfsizlikka oiddir.
M. 3100 xujjat tarmoq elementlarining umumiy axborot modelini aniqlaydi. Unda – ma’muriylashtirilgan obektlarning sinflari, ularning xususiyalari, ular interfeyslar orasida axborot almashinishi uchun xizmat qilishi mumkin, shuningdek obekt texnologiyalarini qo’llash tavsiflangan.
M. 3200 ―TMN boshqarish xizmatlari standartga TMN amaliy servislarining qisqacha bayoni kiritilgan. Bundan tashqari, unga “Telekommunikatsiyalarni boshqarish” va “Boshqarish soxasi” konsepsiyalari kiritilgan.
Konkret xizmatlar M.32xx seriyaning quyidagi xujjatlarida batafsil aniqlangan, jumladan: M.3201 (trafikni boshqarish), M.3202 (signalizatsiya tizimlarini boshqarish), M.3203 (foydalanuvchilar servislarini boshqarish), M.3207.1 (SH-SSIO sinflarini boshqarish) va xakozolar. M. 3300 xujjatda odam- mashina interfeysini tashkil etishga talablar shakllantirilgan (TMN terminologiyasi bo’yicha - F-interfeysi), M.3320 da esa – TMN tarmoqlar orasidagi intrfeys (X- interfeys) uchun o’xshash talablar shakllantirilgan.
Nixoyat, M.3400 standart TMN tarmoqlarda boshqarish funksiyalarini aniqlaydi. Ko’rib chiqilgan TMN tarmoqlarining ishlashini reglamentlovchi XEI-T ning xujjatlari M-oilaviy tavsiyalarning qismidir, masalan, terminlar va aniqlanmalar M.60 xujjatda jamlashtirilgan. TMNning asosi bo’lgan standartlashtirish turli jinsli tarmoqlarni integratsiyalashga imkon beradi, shuningdek yechimlarni masshtablashning amalda chegaralanmagan imkoniyatlarini yaratadi.
Xozirga paytda xalqaro Telekommunikatsiya hamjamiyati TMN sohasida mavjud tavsiyalarni takomillashtirmoqda va yangi tavsiyalarni ishlab chiqarish bo’yicha ishlarni davom ettirmoqda.

    1. Download 214,31 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 214,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarish masalalarining funksional guruxlari

Download 214,31 Kb.