Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari asosiy savollar




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#63879
  1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu (1)
1711655108, 1711022612, 1711519332


280
14-mavzu. BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNDAN
FOYDALANISH YO‘LLARI 
 
Asosiy savollar: 
1. Bloycheyn texnologiyasi va uni qо‘llanilishi.
2. Soliq, bank, buxgalteriya sohasida blokcheyn texnologiyalarini qо‘llanilishi 
xususiyalari.
3. Tranzaksiyalarni jarayonida axborotlarni uzatilishi. 
 
Tayanch ibora va tushunchalar 
1.Blokcheyn (bloklar zanjiri) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plami bo‘lib, 
unda ma’lumotlar saqlash qurilmalari umumiy serverga ulanmagan bo‘ladi. Bu 
ma’lumotlar to‘plami bloklar deb ataladigan va tartibga solingan qaydlar doimiy
o‘sib boradigan ro‘yxatda saqlanadi. Har bir blok vaqt belgisiga va bundan oldingi 
blokka havolaga ega bo‘ladi. Shifrlashni qo‘llash shuni kafolatlaydiki
foydalanuvchilarning ularsiz faylga yozuv kiritish imkoni bo‘lmydi, yopiq kalitlar 
mavjudligi esa bloklar zanjirlarining ma’lum bir qisminigina o‘zgartirishi mumkin. 
Bundan tashqari, shifrlash barcha foydalanuvchilarda bloklar taqsimlangan 
zanjirlari nusxalarini sinxronlashtirishni ta’minlaydi. Ba’zida blokcheyn 
texnologiyasi «qadriyatlar interneti» deb ataladi va biz buni yaxshi metafora deb 
hisoblaymiz. Har bir kishi internetda axborot joylashtirishi, so‘ngra boshqa 
odamlar unga dunyoning istalgan nuqtasidan turib ulanish imkoniga ega bo‘lishi
mumkin. Bloklar zanjirlari blokcheyn fayli yoki qandaydir qadriyatlar ochiq 
bo‘ladigan dunyoning istalgan nuqtasiga ma’lumotlar jo‘natishga imkon beradi. 
Biroq sizda faqat siz «egalik» qiladigan bloklarga kirish imkonini berish
uchun kriptografik algoritm bo‘yicha yaratilgan yopiq kalit bo‘lishi lozim. Yopiq 
kalitni kimgadir berar ekansiz, mohiyatan bu shaxsga bloklar zanjirining mos
keluvchi bo‘limida saqlanadigan pul mablag‘larini bergan bo‘lasiz.Bitkoinlar
holatida, kalitlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy qiymatni ifodalaydigan valyutadagi
ayrim summalar saqlanadigan manzillarga ulanish uchun foydalaniladi. Xuddi shu 
bilan mablag‘larni o‘tkazishni qayd qilish funksiyasi amalga oshiriladi.Bundan 
tashqari, yana bir muhim funksiya –ishonchli munosabatlar o‘rnatish va shaxsning
haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshiriladi, chunki mos keluvich kalitlarsiz bloklar 
zanjirini hech kim o‘zgartira olmaydi. Tegishli kalitlar bilan tasdiqlanmagan 
o‘zgarishlar esa rad qilinadi. Albatta, kalitlar (jismoniy valyuta kabi) nazariy 
jihatdan o‘g‘irlanishi mumkin, lekin kompyuter kodining bir nechta satrini himoya 
qilish odatda katta harajatlar talab qilmaydi (masalan, buni mash’ur Fort-Noksda oltin 
zaxirasini saqlash harajatlari bilan taqqoslang). 

Download 0.53 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari asosiy savollar

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish