• Everledger
  • Blockchain
  • Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari asosiy savollar




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/5
    Sana23.05.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #63879
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-mavzu (1)
    1711655108, 1711022612, 1711519332
    taqsimlangan reestr (blokcheyn) - axborotni o’zida jamlagan, muayyan 
    qoidalarga muvofiq tuzilgan uzluksiz bloklar zanjiridir (bog'langan ro'yxat). Ko'pincha 
    bunday bloklar zanjiri nusxalari bir-biridan mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarda 
    (qurilmalarda) saqlanadi.
    vakolatlar markazi - tuzilmasining asosiy vazifasi qilib ma'lum bir sohadagi 


    287
    Yangi bilimlarni, tajriba va vakolatlarni izlash va uzatish hamda konsalting, servis 
    hizmatlar va professional hizmatlarni ko'rsatishdir.
    Blokcheynni tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini 
    tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini 
    osonlashtirishdir: 
    Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab 
    jarayonlar ko’z oldimizga keladi:


    288
    Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi:
    Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish 
    anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha 
    turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar va ular bilan 
    bog’liq bo’lgan tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib 
    yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi 
    taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik 
    ko’rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
    Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday 
    ko’rinshga ega bo’ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko’rinishga keladi. 
    Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda 
    buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo’ladi. Barcha tranzaktsiyalar esa 
    barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko’ra oladigan ommaviy xolatga keladi:


    289
    Noto’g’ri tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo’lmaydi, ular 
    darhol barchaga oshkor bo’ladi-qo’yadi:
    Har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va 
    foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi:
    Bular hammasi blokcheyn deb atalgan kompyuter tarmog’i vositasida 
    amalga oshiriladi:
    Demak, blokcheyn bu bir xil huquqqa ega bo’lgan va tarmoqqa P2P (peer to 
    peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat 
    jurnal bo’lib, unda istalgan turdagi va ko’rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul 
    operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko’rinishdagi 
    bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheynlarda ko’pincha aqlli 
    kontraktlar tushunchasi ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o’tishdan avval kontrakt 
    nimaligini eslatib o’tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko’p shaxlar orasida 
    qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o’zgarganligi yoki 


    290
    tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro’y berishiga 
    olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real 
    dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro’y berishiga olib keluvchi 
    shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron algoritmdir. Aqlli 
    kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib 
    tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo’ladi. Agarda aqlli kontraktda biror- 
    bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko’rsatish zarur bo’lsa, u holda 
    kriptovalyutani ishlatish lozim bo’ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli 
    kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
    Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni 
    saqlay olamiz. Masalan:
    Blokcheynlardan foydalanishga yana bir misol sifatida domen 
    ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko’rsatishimiz mumkin:


    291
    Blokchendan jahon miqyosida foydalanish bo’yicha yana bir 
    qancha real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz 
    mumkin:
    Blokchenning notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa 
    quyida infogramma ko’rinishida keltirilgan:
    Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo’yicha mavjud 
    platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin (everledger.io). 
    Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan 
    olinayotganiga o’ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri ishlari 
    bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud. 
    Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o’tkazilsh loyihalari 
    amalga oshirilmoqda.
    bitta kompyuterda yoki serverda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Tarmoq 
    registratorlari bilan bog‘liq vaziyatdagi kabi, blokcheyndagi ma’lumotlar tarmoq 
    uzellari yoki kompyuterlar egalari hamjamiyatida taqsimlangan ko‘rinishda mavjud 
    bo‘ladi. Bu tugunlarga elektron hamyonlar o‘rnatilgan, ya’ni ular yordamida 
    bitkoiyn hisobraqamlaridagi qoldiqni u belgilab qo‘yilgan blokcheynning 
    chegaralangan qismida o‘zgartirgan holda to‘lov tashabbusi bilan chiqishmumkin 
    bo‘ladi. Tugunlar shaxsiy kompyuterlar – yoki, zamonaviy tushunishda, 
    ixtisoslashgan mayning markazlarini ham o‘z ichiga oladi – ular yordamida 
    maynerlar blokcheynni shakllantiradi va buning uchun yangi bitkoinlar ko‘rinishida 
    mukofot oladi. Oldindan belgilangan tartibda birgalikda ishlagan holda, bu tarmoq 
    uzellarnong ishonchliligijamoaviy ravishda bosh jurnal (grossbook) vositasida 
    kafolatlaydi.Tabiiyki, bitkoin kriptovalyutasi blokcheynsiz mavjud bo‘la olmaydi. 


    292
    Amaldagi doimiy o‘zgarib turadigan kirim va chiqimlarni hisobga olish 
    kriptovalyutani ifodalaydi. Bitkoinlar o‘z holicha mavjud bo‘la olmaydi va siz 
    qaysidir elektron qurilmaga kirib, bir nechta bitkointanga olishingiz mumkin 
    bo‘lmaydi. Tasdiqlangan tranzaktsiyalar ko’rinishidagi doimiy ravishda uzayib 
    boradigan blokcheynning yana bir muhim jihati – uning hamma uchun ochiqligidir. 
    Bu esa bitkoinni yopiq elektron valyuta tizimlaridan farqlaydi. Maxsus dasturiy 
    ta’minot sifatida ko‘pincha Londonning Blockchain kompaniyasi tomonidan ishlab 
    chiqilgan bepul dasturdan foydalaniladi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Blokcheyn texnologiyasi va undan foydalanish yo‘llari asosiy savollar

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish