Bitkoin blokcheyni haqida tushuncha




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#63879
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu (1)
1711655108, 1711022612, 1711519332
Bitkoin blokcheyni haqida tushuncha 
Bitkoin blokcheyni taxminan bir vaqtda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 
guruhi yoki bloklar uzun zanjirini ifodalaydi. Bu zanjir ko’lami cheksiz uzoq bo’ladi – 
tizimning o‘zi qancha ko’p faoliyat ko‘rsatsa, blokning uzunligi shunchalikko’p o‘sadi. 
Bunday xronologik tuzilma juda muhimdir, chunki unda barcha, shu jumladan, eng ilk 
tranzaksiyalarning 
ham 
qonuniyligi 
kafolatlanadi. 
Asl 
maqsadida 
ko‘ra, 
foydalanuvchining bitkoinlarni kimgadir takroriy o‘tkazishga yo’naltirilgan keyingi 
harakatlari noqonuniy deb topiladi. Har bir operatsiyaning vaqti qayd qilingan bo’lgani 
uchun bitkoinlarni olish va o‘tkazmalarni amalga oshirish nazorat qilinadi. Bitkoin 
blokcheyni o’z iqtisodiyotining istalgan qatnashchisi uchun ochiq bo‘lgan ketma-
ketlikni yaratgan holda, tizim istalgan vaqt har bir qatnashchining hisobraqami holatini 
nazorat qiladi, shuningdek, har bir bitkoin blokcheynning bir qismiga «biriktirib 
qo‘yilgan»ni uchun, u qaerda yaratilgani, sarflangani yoki olingani haqidagi axborotni 
identifikatsiya qila oladi. Agar masalan, Anvar New-Yorkda bir stakan Nescafeqahvasi 
xarid qilish uchun o’z smartfoniga o‘rnatilgan elektron hamyondan foydalanadigan 
bo‘lsa, bunda tarmoq uning elektron hamyonidan kafe elektron hamyoniga qandaydir 
kattalikda bitkoin o‘tkazish so‘rovi haqida axborot oladi. Bu paytda tranzaksiya - 
tasdiqlashni kutib turgan «to‘xtatib turilgan operatsiya» deb hisoblanadi. 
Lekinmaynerlar yangi tranzaksiyalar blokini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan 
jarayonlarni amalga oshirib va uni blokcheynga kiritib bo‘lgach, haridor 
tranzaksiyasixuddi o‘sha 10 daqiqada amalga oshirilgan boshqa tranzaksiyalar bilan 
birga, bosh jurnalda doimiy qayd qilib qo‘yiladi. Mos ravishda, uning bitkoinga kofe 
xarid qilishi autentik va ortqa qaytarilmas operatsiya deb hisoblanadi. Blokcheyn 
bitkoin bazaviy dasturiy protokoli boshqaruvi ostida bo‘ladi. Satoshi Nakamotodan 
boshlab, bitkoin tarmog‘ining har bir foydalanuvchisi kompyuter yoki smartfonga 
tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan o‘zaro aloqa qilish qoidalarini xabar qiladigan 
dasturiy yo‘riqnomalar to‘plamini u yoki bu tarzda yuklaydi.

Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish