Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada?




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#63879
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu (1)
1711655108, 1711022612, 1711519332
Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada? 


281
Bugungi kunda biz markazlashgan interaktiv internet platformasi orqali 
axborot almashinishga ko‘nikib qolganmiz. Biroq agar gap moddiy boyliklarni 
(pulni) o‘tkazish haqida borganda, biz odatda markazlashtirilgan moliyaviy 
muassasalar (banklar) xizmatlaridan foydalanishga murojaat qilamiz. Internet orqali 
to‘lovlar usullari amalda bu tarmoq dunyoga kelgan paytlarda paydo bo‘lgan (eng 
ko‘zga tashlanadigan misollardan biri — PayPal), biroq ular, qoidaga ko‘ra, bank
hisobraqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya qilishni talab qiladi.Blokcheyn
texnologiyasi esa bular singari «ortiqcha bo‘g‘in»lardan xalos bo‘lishga imkoniyat
yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy hizmatlar sektori bajaradigan uch muhim
amalni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs
haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bu holat bank ishida ulkan
ahamiyatga molik bo‘ladi, chunki butun dunyoda miqyosida moliyaviy hizmatlar
bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir. Bu tizimning hech
bo‘lmasa bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazish moliyaviy hizmatlar 
sohasida ko‘p sonli uzilishlarga olib kelishi mumkin, lekin shu bilan bir paytda,
bunday hizmatlar samaradorligini sezilarli oshirishga imkon beradi. Blokcheyn
texnologiyalarining uchinchi ehtimoliy ro‘li (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan 
tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Yana bir valyutaning (bitkoin)
muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasidan raqamli ma’lumotlarning 
har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi
mumkin.Ushbu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, u ikkala
kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik
bildirgan holda tegishli amal bajariladi. Xuddi shu kodtashqi ma’lumot oqimlaridan 
axborot olishi (aksiyalar narxi, meteorologiya ma’lumotlari, yangiliklar
sarlavhalariva kompyuter tahlil qilishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar)vama’lum 
bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar
tuzishi mumkin.Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» (smart-contract) deb ataladi
va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi.Masalan, termoregulyasiya
intellektual tizimi energiya iste’moli haqidagi ma’lumotlarni intellektual elektr
tarmog‘iga uzatishi mumkin.
Belgilangan miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilinganda boshqa bloklar zanjiri
avtomatik 
ravishda 
kerakli 
summani 
sizning 
hisobraqamingizdan 
energetikakompaniyasi hisobraqamiga o‘tkazadi. Natijada hisoblagich ishi 
avtomatlashtiriladi.Mazkur yondashuv intellektual mulkdan foydalanishni nazorat 
qilish uchun ham to‘g‘ri keladi: u foydalanuvchiga necha marta axborotga ulanish, u
bilan o‘rtoqlashish yoki undan nusxa ko‘chirishga ruxsat berilganini belgilashi 
mumkin. Undan yana qalbakilashtirishdan himoya qilingan ovoz berish tizimi 
yaratish, axborotni tsenzura cheklovisiz tarqatish va boshqa amallar uchun 
foydalanilishi mumkin.Yirik banklar va ayrim davlat stru kturalari «blokcheyn»dan 
taqsimlangan registrlar sifatida ishlatishadi, oddiy «blokcheyn»dan esa axborot 


282
saqlash va tranzaksiyalar amalga oshirish usulini tubdan o‘zgartirish uchun 
foydalanadilar. Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydilar: tezlik va 
havfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan 
chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish kabi ishlarni amalga 
oshirishni rejalashtiradilar. Bunday modellarto‘lovlarni amalga oshirish uchun 
kriptovalyutalardan foydalanishi shart emas.Biroq eng muhim va istiqbolli 
blokcheynlar bitkoinning Satosi Nakomoto tomonidan ishlab chiqilgan blokcheyni va 
modeliga asoslanadi. Ular qanday ishlashini quyida ko’rib chiqamiz. 
Bitkoyn, boshqa har qanday raqamli valyuta kabi, biron joyda faylda 
saqlanmaydi. U blokcheynda yozilgan tranzaksiyalar bilan ifodalanadi va bitkoin bir
rangdagi katta tarmoq resurslari orqali bitkoindan foydalanilgan har bir 
tranzaksiyani tasdiqlash va uni ma’qullash uchun foydalaniladigan qandaydir 
butunjahon grossbux kitobi yoki katta jadval kabi boladi. Har qanday blokcheyn, 
bitkoyndan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’i nazar, taqsimlangan 
hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ushbu tizimga kirgan ko‘ngillilar 
kompyuterlarida ishlaydi, shuning uchun ham, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn ommaviydir: uni istalgan kishi 
istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki utranzatsiyalar auditi va hisobi bilan 
shug‘ullanadigan bironta tashkilotga a’zo emas hamdataqsimlangan tarmoqda 
joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual havfsizlikni ta’minlash uchun 
ommaviy va xususiy kalitlar (bank yacheykasi uchun foydalanoladigan ikkita kalit 
tizimi kabi) qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimidan foydalaniladi. Davlat 
muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar 
ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauerlari haqida qayg‘urishga esa hojat yo‘q. 
Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli registrini insoniyat uchun muhim va 
qimmatli bo‘lan istalgan axborotnisaqlash uchun ishlatish mumkin, shu jumladan
tug‘ilganlik haqida, nikoh haqida va o‘lim haqidagi guvohnomalar, oliy ma’lumot 
haqidagi diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta to‘lovlari 
uchun murojaatlar, saylovlardagi ovozlar soni, mahsulotlarning kelib chiqishi – 
kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotni saqlashga 
dasturlab qo‘yish mumkin. Yangi platforma dunyodagi hamma narsa haqida 
raqamli ma’lumotlarni onlayn rejimida birlashtirishga imkon beradi. Bundan 
tashqari, yaqin kelajakda moddiy dunyodagi milliardlab aqlli qurilmalar 
o‘zgarishlar qabul qilishi va uzatishi, ularga javob qaytarishi, o‘z ehtiyojlarini 
ta’minlash uchun elektrenergiyasi xarid qilishivamuhim axborotlarni tarqatishi, atrof-
muhitni muhofaza qilishdan tortib, bizning sog‘lig‘imiz haqida qayg‘urishgacha
bo‘lgan xilma-xil vazifalarni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Hulosa qilib aytganda, «hamma narsa interneti»ga «hamma narsa registri»
kerak boladi. Biznes, savdo va iqtisodiyotga ham raqamli hisoblashlar talab etiladi. 
Barchaga ma’lumki, tadbirkorlik iqtisodiyotning rivojlanishi va jamiyatning gullab-


283
yashnashi uchun juda muhimdir.Internet tadbirkorlarga yirik kompaniyalarning 
meros bo‘lib qolgan madaniyatini, rivojlanishdan to‘xtagan ish jarayonlarini va
o‘tmishning og‘ir ballasti kabi muammolarini emas, balki imkoniyatlar va vositalar
taqdim etgan holda tadbirkorlikni tom ma’noda ozod qilishi lozim. Biroq o‘z
egalarini milliarderga aylantirgan dotkomlarning ovoza bo‘lgan muvaffaqiyatlari
yoqimsiz bir haqiqatni niqoblab turadi: ko‘plab rivojlangan
iqtisodiyotlardatadbirkorlik va yangi kompaniyalar paydo bo‘lishi oxirgi o‘ttiz yilda 
kuchli pasayishni his qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda Internet davlatning 
haloqatga eltadigan byurokratiyasiga qarshi kurashishga majbur bo‘layotgan potensial 
tadbirkorlar uchun to‘siqlarni deyarli pasaytirmadi. Internet milliardlab odamlarga o‘z
ishini boshlash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermadi. 
Albatta, tadbirkor bo‘lish hammaning ham taqdiriga bitilgan emas, lekin munosib pul 
ishlab topishga harakat qilayotgan hatto o‘rtacha statistik insonga ham moliyaviy 
operatsiyalarn amalga oshirish imkoniyti yo‘qligi va davlat cheklovlarining kuchayib
ketganligi ancha xalal beradi.Bu albatta, murakkab muammo, lekin blokcheyn ko‘p 
jihatdan tadbirkorlikka va mos ravishda, biznesni gullab-yashnashga kuch-quvvat
baxsh etishga qodir. Endi, muhim ahamiyatga ega bo‘lish hamda o‘z jamiyatidan
tashqarida ishbilarmonlik faoliyati yuritish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘rtacha statistik fuqaro internetga ulangan
qurilmaga ham ega bo‘lishi zarur.
Global iqtisodiyotga Internetga ulanishni kreditlash va moliyalashtirish manbalari,
ta’minotchilar, hamkorlar va investitsiyalash uchun imkoniyatlarning keng 
miqyosdagi ochiqligini anglatadi. Har qanday iqtidor, har qanday resurs, hatto eng 
kichik bo‘lsada, blokcheynda monetizatsiya qilinishi mumkin. Yangi platforma biz 
nimani va qanday qilib onlayn amalga oshirishimiz mumkinligini, bunda kim ishtirok
etishini, shu tariqa eng dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish
uchun texnologik sharoitlar yaratishga imkon beradi.Agar bu vazifani uddalashning
imkoni bo‘lmasa, ko‘p narsa va’da qiladigan blokcheyn texnologiyasi cheklanadi
yoki umuman yo‘q qilinadi. Bundan ham yomoni, u kuchli institutlar qo‘lidagi
qurolga aylanishi mumkin bo‘lib, uning yordamida ular o‘z holatini saqlab qoladi, 
yoki, agar unga hukumat ulanish imkoniga ega bo‘lsa, blokcheyn yangi total kuzatuv 
jamiyati uchun bir vositaga aylanadi. Taqsimlangan dasturiy ta’minot, shifrlash, 
mustaqil agentlar va hatto sun’iy intellekt chambarchas bog‘langan
texnologiyalarinazorat ostidan chiqishi va o‘z yaratuvchilariga qarshi ishlashi ham 
mumkin. 
Tarmoqda blokcheyn va ishbilarmonlik axloqi 
Ishonch – jarayonning tashqi emas, ichki elementi hisoblanadi .
Blokcheynning asosi esa barcha qatnashuvchilar orasidag ishonchga asoslanga.
Unda ma’lumotlar bir bosqichda kodlashtiriladi va bitta qatnashchi tomonidan
nazorat qilinmasdan, balki nazorat barcha qatnashchilar o‘rtasida taqsimlanadi.


284
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qadriyatlar almashinish ikkinchi tomon odob-axloq doirasida
harakat qilishini kutgan holda amalga oshiriladi. Shunday qilib, ishbilarmonlik
axloqi qadriyatlari – ishda va so‘zda halollik, o‘zgalarning manfaatlarini hisobga
olish, o‘z qarorlari va harakatlarining oqibatlari uchun javobgarlik, qaror qabul
qilish va harakatlar shaffofligi – qaror qabul qilish huquqlari, rag‘batlantirish
tuzilmalari va operatsiyalarning o‘zi ham kodlanadi, shunday ekan, blokcheynda
jamoa odob-axloq me’yorlarini buzishning imkoni bo‘lmaydi, yoki bu katta vaqt,
pul, kuch-quvvat va nufuz harajatlarini talab qiladi. 

Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokcheyn texnologiyasining muhimligi nimada?

Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish