• Blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar
  • Blokcheyn texnologiyasini amalga oshrishdagi asosiy g‘oya




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana23.05.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #63879
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    14-mavzu (1)
    1711655108, 1711022612, 1711519332
    Blokcheyn texnologiyasini amalga oshrishdagi asosiy g‘oya – «birgalikda» 
    nimalardir, qilish, nimalarnidir bajarish demakdir. Agar blokcheyn texnologiya har bir 
    kishi o‘ziga e’tibor qaratadigan jamiyat sari harakatlanadigan sabablardan biri deb 
    hisoblanadigan bo‘lsa, rivojlanishni hayotning barcha jabhalarini qamrab oladigan 


    285
    umumiy maqsadni his qilish bilan o‘ziga e’tibor xos bo‘lgan ko‘proq 
    muvozanatlanganlik tomon yo‘naltirish juda muhim bo’ladi. Bu vazifani biz barchamiz 
    birgalikda hal qilishimiz lozim, chunki raqamli iqtisodiyot davrida yuzaga keladigan 
    muammolarni yenga olmasligimiz yoki birgalikda umumiy maqsadga erishish 
    tuyg‘usini ishlab chiqa olmasak, u bizga beradigan manfaatlardan foydalana 
    olmasligimiz ham mumkin. Bitkoin blokcheyni bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish 
    uchun ishonchga ega bo‘lish juda muhim. Yuqori darajadagi ishonch jalb qilinganlik 
    jamoaviy ishlashga hizmat qiladi. Bularning barchasi hamkorlikda amalga 
    oshiriladigan innovatsiyalar uning o‘zida yotadigan raqamli iqtisodiyot davrida yanada 
    o‘tkirroq his qilinadi. Bu jarayonfaqat uni ishonch kuchaytirib turgan hollarda ro‘y 
    berishi mumkin, chunki unga juda ko‘plab tarkibiy qismlar kiritilgan va xilma-xil 
    muammolar o‘rin olgan. Oxir-oqibat, manfaatdor tomonlarning har biriga 
    innovatsiyalarni umumiy manfaatlarga yo‘naltirish majburiyati yuklatiladi. Agar 
    muhim manfaatdor tomonlarning istalgan biri bunday emasligini his qiladigan bo‘lsa, 
    ishonchga putur etadi. 
    Blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar 
    Endi blokcheynlarning mohiyati va amaliy-iqtisodiy ahamiyati haqida ham yana biroz 
    to’xtalib o’tamiz. Ko’pincha “Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun 
    taqsimlangan reyestr (ro‘yxat)…” deb tushuntiriladi. Ushbu izohni bir necha marta 
    eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin. Shuning uchun bu 
    atamaning klassik ma’nosini keltirib o’tamiz: Blokcheyn — bu bir-biri bilan internet 
    orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi 
    taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Uning nega kerakligini misol yordamida 
    tushuntirish osonroq. AQSh dagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar 
    yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank 
    xodimi 
    shahsiy 
    hisobingizdan 
    pulni yechib 
    olib, uni 
    halqaro 
    o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa 
    xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni 
    AQSh ga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy 
    hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun 
    o‘tib akangiz 97 dollarni oladi (barcha banklarning komissionlari olinganidan so‘ng, 
    albatta). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz, va na sizning akangiz, 
    qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligini va 
    ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib 
    qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning 
    boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ahir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar 
    bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-ku. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va 
    bankingizga ishonasiz, bu esa katta muammo. Hozirda blokcheynlar asosan 
    kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli 


    286
    tashkilotlarning turli-tuman maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy 
    etilmoqda. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz 
    kriptovalyuta yoki biror-bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday 
    jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni 
    yo‘q. Chunki bu jarayon butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan 
    tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari 
    saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. 
    Jo‘natma jarayoni markazlashmagan holda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va 
    bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullarni yoki qandaydir 
    ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi 
    yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy 
    ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Blokchenda hech qanday uchinchi tomon 
    yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati 
    ta’minlab beriladi.
    O’zbekiston Respublikasida blokcheyn bilan ishlashga Toshkent shahrida 
    joylashgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi qoshidagi 
    taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) bo’yicha vakolatlar markazi mas’ul 
    tashkilot bo’lib hisoblanadi. Ushbu taqsimlangan reestr texnologiyalari (blokcheyn) 
    bo’yicha vakolatlar markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 
    fevraldagi PQ-3549-sonli “O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini Faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 
    Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan. Xususan, 2018-2019 yillarda axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha "Yo'l 
    xaritasi"ning 7-bo’limida belgilangan "Mirzo Ulugbek Innovation Center" innovatsion 
    markazi qoshida blokcheyn texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanish shart-
    sharoitlarni yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilarni 
    tomonidan ushbu texnologiyani o’zlashtirishni qo’llab-quvvatlash maqsadida 
    Taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyalari bo'yicha vakolatlar Markazi yaratish 
    ko’zda tutilgan. Markaz faoliyati bo’yicha hujjatda (kontseptsiyada) tashkil etilayotgan 
    markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari, maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va 
    faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmlari batafsil bayon etilgan. Ushbu loyihani 
    amalga oshirish uchun mas'ul ijrochilar bo’lib O‘zbekiston Respublikasi Axborot 
    texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi, Mirzo Ulug'bek 
    innovatsion markazi va boshqa manfaatdor idoralar hisoblanadi. Hujjatda 
    (kontseptsiyada) quyidagi termin va aniqlanuvlar qo’llanilgan:

    Download 0.53 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Blokcheyn texnologiyasini amalga oshrishdagi asosiy g‘oya

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish