|
Softswitch zxss10 ss1b dasturiy kommutatori
|
bet | 1/7 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 218,25 Kb. | | #134791 |
Bog'liq multimedia 3
632-20 guruh talabasi
Raxmatillo Toxirov
11-amaliy mashg‘ulot
MEDIASHLYUZLAR TURLARI, QO‘LLANILISHI VA XARAKTERISTIKALARI
Nazariy qism
Z XSS10SS1b ZTE korporatsiyasining NGN arxitekturasi uchun tayanch qurilma bo‘lib, chaqiriqlarni nazorat qilish, mediashlyuzga kirish imkonini berish, marshrutlash, autentifikatsiya protokollarni qayta ishlash va x.k. vazifalarni bajaradi.
Xizmat ko‘rsatish darajasida SCP (Service and content protection) serveri bilan o‘zaro bog‘lanib, ZXSS10 SS1b nafaqat UfTT ning boshlang‘ich xizmatlarini balki multimediali, an’anaviy intelektual tarmoq xizmatlari, shaxsiy IP-xizmatlari va qo‘shimcha qiymatga ega xizmatlarni amalga oshiradi.
Vazifasi: Oddiy va murakkab chaqiriqlarni qayta ishlash; protokollarni moslashtirish; kelajakda yangi xizmatlarni qo‘shish imkonini beruvchi xizmat platformalarining ochiq standart
interfeysi;
Narxlar xisobi, autentifikatsiya, texnik xizmat ko‘rsatishni qo‘llab quvvatlash; E.164 manzillarni IP-manzilga o‘zgartirish; Dual-homing (ikki turda rezervlash) mexanizmini qo‘llab quvvatlash; tizimning resurslarini boshqarishning markazlashgan usuli va resurslarni taqsimlash va boshqarish.
Softswitch protokollari: Chaqiriqni nazorat qilish protokollari: ISUP, TUP over IP, SIP, SIP-I, H.323, V5.2, R2, PRA;transportni nazorat qalish protokollari: TCP, UDP, SCTP, TCAP/SCCP; mediani nazorat qilish protokollari: H.248/MEGACO, SIP, MGCP, NCS; xizmat ilova protokollari: INAP(CS2), LDAP, RADIUS, MAP; texnik xizmat ko‘rsatishni boshqarish protokollari: SNMP, FTP, Telnet.
Tizimning sig‘imi: Abonentlar: 16,000,000 (maks.); ulovchi liniyalar: 1,600,000 (maks.); signal shlyuzlarining soni: 1000 (maks.);signalizatsiya punktining maksimal soni: 1024; signal linklarining maksimal soni: 1500x64 kb/s
100x2 Mb/s; mediashlyuzlar soni: 2 mln; billing aniqligi: ≥99.9999%.
Ishonchliligi: qayta tiklash vaqti: 5 min dan kam (maks.); NetNumenTM
N31. Integrallashgan tarmoqni boshqarish tizimi.
NGN ning integrallashgan tarmoqni boshqarish tizimi tarmoqning barcha elementlari va Softswitch, TG, SG, IAD ma’lumot uzatish qurilmalarini boshqarishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari tizim foydalanuvchilarning boshqa ishlab chiqaruvchilar qurilmalarini boshqarishda unifikitsiyalangan interfeysini amalga oshiradi.
|
| |