|
TIC (Transportation Interface Card) Transport interfeys kartasi
|
bet | 5/7 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 218,25 Kb. | | #134791 |
Bog'liq multimedia 3
TIC (Transportation Interface Card) bu plata Softswitch qurilmasining orqa tomonining 32 slotda joylashgan. Quyidagi vazifalarni bajaradi:
SC dan ma’lumotlar bazasi serveriga 10/100M Ethernet portlarini taqdim qiladi
NIC platasining 3 juftdan 100M Ethernet portlariga signallarni taqdim qiladi, signallarni o‘zgartiradi va chiqaradi
SC platasining 3 juftdan 100M Ethernet portlariga signallarni taqdim qiladi, signallarni o‘zgartiradi va chiqaradi
Bitta 1G Ethernet porti faol/zaxira chiqishlar uchun zaxiralangan
Uchta RS232 va RS485 interfeyslarini taqdim qiladi
Dasturiy ta’minot
SC/SPC/NIC/SSN dasturiy ta’mioti: OS:VxWorks – real vaqt operatsion tizimi; Ma’lumotlar bazasi serverining dasturiy ta’minoti. OS: Linux. Boshqarish tizimining dasturiy ta’minoti : OS:WinNT/Windows2000
13-amaliy mashg‘ulot
H.248 PROTOKOLI YORDAMIDA ALOQANI O‘RNATISHNI O‘RGANISH
13.1.Mashg‘ulotning maqsadi
H.248/MEGACO protokoli, MGCP tarmoq elementlari, shlyuz turlari, tarmoqlararo bog‘lanish variantlari va adreslash bilan tanishish.
13.2.Topshiriq
1. Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagilarni o‘rganish lozim:
− MGCP i MEGACO bazasidagi tarmoq arxitekturasi;
− MGCP (MGCP - UKS7, MGCP - UKS7 va H.323) protokollari asosida aloqa o‘rnatish va uzish algoritmlari;
− Nazorat savollariga javob yozish va chizma chizish.
13.3. Nazorat savollari
MGCP qisqartmasi qanday yoyilma holatida talqin qilinadi?
MGCP uchun qaysi tamoyil asos hisoblanadi?
MGCP protokolida qancha shlyuzlar bo‘lishi kerak?
MGCP protokolining xabarlarini olib o‘tishni qaysi protokol ta’minlaydi?
MEGACO/H.248 asosiy xususiyatlari.
MEGACO/H.248 transport shlyuzidagi mantiqiy ob’ektlari.
MEGACO/H.248 bazasidagi tamoqda Chaqiruvga xizmat ko‘rsatish modelini qisqa bayon qiling.
MEGACO/H.248 protokoli buyrug‘ining qanday ko‘rinishlari mavjud?
MEGACO/H.248 protokoli javoblarining belgilanishi qanday?
|
| |