|
SC (System Control Card) tizim nazorat kartasi
|
bet | 3/7 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 218,25 Kb. | | #134791 |
Bog'liq multimedia 3
Bu plata 1 va 2 slotlarda faol/zahiralangan holatida joylashadi. SC quyidagi funktsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi:
Yuqori ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi (733 MGts chastotadan yuqori), xotira sig‘imi 512Mb, bundan tashqari protokollarni qayta ishlash vazifasini ham bajaradi. RS232 kabi seriyali portlarni, ma’lumotlari bazasi interfeysini (bitta 100Base-T) qo‘llab-quvvatlaydi. Tizimdagi ishchi xolatidagi boshqa platalarni monitoring va boshqarishni ta’minlaydi hamda “qaynoq almashtirish” vazifasini taqdim qiladi. SC platalar o‘rtasida faol/zahiralangan holatiga o‘tishda nazorat signallarini va aloqani ta’minlaydi. Manba (elektr ta’minoti) interfeysini monitoring qilishni ta’minlaydi. Platalar joylashuvi va polkalar ID si haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
SPC 3-15 oralig‘idagi slotlarda joylashgan bo‘ladi. Turli hildagi protokollarni qayta ishlaydi va SC ma’lumotlari xaqida xabar beradi yoki SC dan nazorat ma’lumotlarini qabul qiladi. SPC quyidagi funktsiyalarni qo‘llabquvvatlaydi:
Yuqori ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi (733 MGts chastotadan yuqori), xotira sig‘imi 512Mb, bundan tashqari protokollarni qayta ishlash vazifasini ham bajaradi
Tizimning boshqa platalari bilan bog‘lanish uchun 100M Ethernet portlarini taqdim qiladi
“qaynoq almashtirish” va SC bilan bog‘lanish uchun dasturiy/apparat interfeyslarini taqdim qiladi.
SC bilan bog‘lanish uchun RS485 shina to‘plamini taqdim qiladi
Platalar joylashuvi va polkalar ID si haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
NIC 26-29 slotlarda joylashgan bo‘lib, 26-27 yoki 28-29 slotlarda faol/zahiralangan bo‘ladi. NIC Ethernet ga asoslangan tarmoq interfeysi va marshrutni taqdim qiladi. NIC SPC bilan mantiqiy bog‘lanishga ega emas va SS uchun tashqi tarmoq chiqishini taqdim qiladi. NIC quyidagi funktsiyalarni qo‘llabquvvatlaydi:
Yuqori ish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlaydi protokollarni qayta ishlash vazifasini ham bajaradi
Ma’lumotlarni yo‘naltirish va tizimning boshqa platalarhi bilan bog‘lanish uchun 100MBase-T to‘lamini taqdim qiladi
“qaynoq almashtirish” va SC bilan bog‘lanish uchun dasturiy/apparat interfeyslarini taqdim qiladi.
SC bilan bog‘lanish uchun RS485 shina to‘plamini taqdim qiladi
Tizim chiqishida 100MBase-T interfeyslari to‘plamini taqdim qiladi
Platalar joylashuvi va polkalar ID si haqidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi.
|
| |