|
O‘z fikringizni bildiring Pdf ko'rish
|
bet | 118/179 | Sana | 18.06.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #264228 |
Bog'liq Biologiya 11 sinfO‘z fikringizni bildiring.
1. Biosfera tirik moddasi funksiyalariga insonlarning biogeokimyoviy faoliyatini
kiritish mumkinmi? Bu funksiyaning mohiyati va biosferadagi ahamiyati
nimada deb o‘ylaysiz?
2. Ma’lumki, suv haroratining ko‘tarilishi tufayli suvdagi kislorod miqdori
kamayadi? Lekin ekvator yaqinida okeanlarning yuzasida kislorodning miqdori
doim yuqori bo‘ladi. Bu holatni qanday izohlash mumkin?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
Biosferadagi tirik modda va uning ahamiyatini jadvalda ifoda eting.
Tirik moddalar vazifasi
Organizmlar
Vazifalarning namoyon bo‘lishi
Energetik funksiya
Konsentratsiyalash funksiyasi
Destruktiv funksiya
Muhit yaratish funksiyasi
Gaz almashinish funksiyasi
Oksidlanish-qaytarilish funksiyasi
Transport funksiyasi
28-§. BIOSFERA BIOMASSASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Geografiya o‘quv fanidan qutblardan
ekvator tomonga qarab Yerning geografik tabiiy zonalarining joylashuvini
eslang. Fotosintez jarayonining mexanizmi va kosmik ahamiyatini yodga
oling. Qanday organizmlar fototroflar deb ataladi?
Biosferadagi barcha tirik organizmlar: hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizm-
larning umumiy massasi
biomassa
deb ataladi. Yer sayyorasining biologik
massasi o‘rtacha 2423 milliard tonnani tashkil etadi. Quruqlik va okeanlar
biomassalari bir-biridan farq qiladi (5-jadval).
5-jadval
Sayyora tirik modda biomassasi (quruq modda hisobida)
Organizmlar
Tirik modda biomassasi
Qit’alar
Dunyo okeani
mlrd t
%
mlrd t
%
Yashil o‘simliklar
2400
99,2
0,2
6,3
Hayvonlar va mikro organizmlar
20
0,8
3,0
93,7
Jami
|
| |