• Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling
  • O‘z fikringizni ayting.
  • -rasm. Suv muhiti organizmlari. Bentos




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    5-rasm.
    Suv muhiti organizmlari.
    Bentos
    (yunoncha
     
    «benthos» – chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi 
    qum orasida yashovchi organizmlar. Bentos organizmlarda suzuvchanlikni 
    ka may tiruvchi moslanishlar, masalan, chig‘anoq (molluskalar), xitin qobiq 
    (qisqichbaqa, krab, omar, langustlar), suv tubiga yopishuvchi moslamalar 
    (zuluk lar so‘rg‘ichlari) mavjud. Skat, kambala baliqlarining tanasi yassilash gan 
    bo‘lsa, lansetnik va o‘troq dengiz halqali chuvalchanglari qumga ko‘milib oladi.
    Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
    muhit, yashash muhiti
    adaptatsiya, ekologik omillar, gidrobiontlar, gidrofitlar, plankton, nekton, bentos.
    Bilimlaringizni qo‘llang.
    1. Yer yuzida qanday yashash muhitlari mavjudligini tushuntiring. 


    29
    2. Suv muhitining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering? 
    3. Suvdagi kislorod va karbonat angidrid manbayini ayting. 
    4. Suvdagi qaysi gazning miqdori cheklovchi omil hisoblanadi? 
    5. O‘simliklarning suv muhitiga moslanishi nimada namoyon bo‘ladi? Misollar 
    keltiring. 
    6. Hayvonlarning suv muhitiga moslanishi nimada namoyon bo‘ladi? Misollar 
    keltiring.
    7. Suvda yashovchi hayvonlarning ekologik guruhlari va ularning vakillarini 
    juftlang. 
    Ekologik guruhlar: 
    1) plankton; 2) nekton; 3) bentos. 
    Vakillar:
    a) cho‘rtan; b) meduza; d) kambala; e) osminog; f) krab; g) dafniya; 
    h) qisqichbaqa. 
    O‘z fikringizni ayting.
     
    1. Nima sababdan qish va yoz oylarida baliqlarning ko‘plab qirilishi kuzatiladi? 
    Buning oldini olish chora-tadbirlarini ayting. 
    Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar. 
    1. Jadvalni to‘ldiring va hayvonlarning yashash muhitiga moslanishlarini yozing. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish