• 6-§. QURUQLIK-HAVO, TUPROQ, TIRIK ORGANIZMLAR YASHASH MUHITLARI SIFATIDA Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
  • Quruqlik-havo muhiti. Quruqlik-havo
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Hayvonlar 
    Moslanishlar
    Kasatka
    Beluga
    Manta
    Dengiz toshbaqasi
    Meduzalar
    Aktiniyalar
    Igna baliq
    2. Biologik diktant. Ro‘yxatda berilgan atamalarni jadvalga mos ravishda joy-
    lash tiring. 
    Atamalar:
    muhit, plankton, moslanish, ekologik omillar, yashash 
    muhiti, nek ton, gidrobiontlar, bentos.
    T/r
    Atama ma’nosi
    Atama
    1
    Faol harakatlanuvchi, oqimga qarshi tura oladigan organizmlar 
    2
    Organizmlarga to‘g‘ri va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi elementlar 
    3 Suvda yashovchi organizmlar 
    4 Tabiatning tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan va ularda mosla-
    nishlarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan har qanday tarkibiy qismi 
    5 Tabiatning biotik va abiotik komponentlari yig‘indisi 


    30
    6 Muayyan muhitda organizmlarning yashab qolishi va nasl qoldirishi 
    7
    Suv qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan organizmlar 
    8
    Suv tubida yoki suv tubidagi qumlarda yashovchi organizmlar
    6-§. QURUQLIK-HAVO, TUPROQ, TIRIK ORGANIZMLAR
    YASHASH MUHITLARI SIFATIDA
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
    . Zoologiya o‘quv fanidan sizga 
    ma’lum bo‘lgan quruqlik-havo va tuproq muhitlarida yashovchi 
    hayvonlarga misollar keltiring. 
    Quruqlik-havo muhiti.
    Quruqlik-havo
     
    muhitining o‘ziga xos jihatlaridan 
    biri, bu muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani 
    bilan, ularning hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Havo gazlar 
    aralashmasidan iborat. Havo tarkibida gazlar miqdori nisbatan doimiy 
    bo‘lib, 78,08% i azot, 20,9% i kislorod, 1% i inert gazlar, 0,03% i karbonat 
    angidrid gazlaridan tashkil topgan. Atmosfera tarkibidagi kislorod taxminan 
    bundan 2,5 mlrd yil oldin hosil bo‘lgan. Bu jarayonda quruqlik va suv 
    muhitidagi o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni muhim rol 
    o‘ynagan. Karbonat angidrid va suv ishtirokida o‘simliklar hujayrasida 
    organik moddalar hosil bo‘ladi va atmosferaga kislorod ajralib chiqadi. 
    O‘simliklar, hayvonlar va aerob mikroorganizmlar uchun havo zarur 
    omillardan biri hisoblanadi. Tuproq hayvonlar harakatlanishi uchun substrat 
    vazifasini o‘taydi, o‘simliklar esa ildizlari yordamida tuproqqa birikadi, suv 
    va unda erigan mineral tuzlarni shimadi. 
    Havoning zichligi suvnikidan ancha past bo‘lgani sababli tirik organizmlar-
    ning
    Y
    er yuzi bo‘ylab harakatlanishiga qarshiligi deyarli sezilmaydi va suv 
    muhitidan farq qilib, organizmlar uchun tayanch vazifasini bajara olmaydi 
    (havoda uchadigan hayvonlar bundan mustasno). Havo zichligining past 
    bo‘lishi quruqlikda atmosfera bosimining nisbatan past bo‘lishini belgilaydi 
    (760 mm simob ustuniga teng). Undan tashqari, havoning shaffofligi suv 
    muhitiga nisbatan ancha yuqori (6-rasm). 
    Quruqlik-havo muhitida tirik organizmlarga ta’sir ko‘rsatadigan ekologik 
    omillar ham bir qancha o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
    Quruqlik-havo muhitida yorug‘lik kuchliroq ta’sir qiladi, harorat va namlik 


    31
    geografik hudud, yil mavsumi va kunning turli vaqtlariga bog‘liq holda 
    juda o‘zgaruvchan. Havo massalari gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda 
    harakatlanishi tufayli yana bir ekologik omil – shamolni keltirib chiqaradi. 
    Havo boshqa ekologik omillar kabi tirik organizmlarga bevosita va 
    bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Uning bevosita ta’siri ekologik jihatdan ahamiyatga 
    ega emas. 
    Havoning bilvosita ta’siri shamol orqali amalga oshadi, chunki shamol 
    harorat va namlik kabi muhim ekologik omillarning ta’sir xarakterini 
    o‘zgartiradi va organizmlarga mexanik ta’sir ko‘rsatadi. Bir yo‘nalishda 
    esadigan kuchli shamollar o‘simliklarning novdasi, poyalarini egishi 
    natijasida ularni shamol yo‘nalishi tomon burilib o‘sishiga, ayniqsa daraxtlar 
    shox-shabbalarining shakli o‘zgarishiga olib keladi. Shamol o‘simliklardagi 
    transpiratsiya jarayonini tezlashtiradi, shuningdek, o‘simliklarning changlani-
    shida katta ahamiyatga ega. Shamol yordamida changlanadigan o‘simliklar – 
    6-rasm.
    Quruqlik-havo muhiti tirik organizmlari.


    32
    anemofill (yunoncha «anemos» – shamol, «filiya» – yaxshi ko‘raman) 
    o‘simliklarda evolutsiya jarayonida bir qancha moslanish belgilari paydo 
    bo‘lgan. Havo oqimlari hayvon va o‘simliklarning Yer yuzi bo‘ylab 
    tarqalishiga imkon beradi. Shamol o‘simlik urug‘lari va mevalarining uzoq 
    masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. Siz botanika o‘quv fani orqali meva va 
    urug‘lari shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklar – anemoxor (yunoncha 
    «anemos» – shamol, «chorea» – tarqalish) o‘simliklarda ham bir qancha 
    moslanishlar yuzaga kelganligini bilasiz. 
    Quruqlik-havo muhiti uchun geografik kengliklar va mintaqalar xos bo‘lib, 
    Yer sharining turli mintaqalarida iqlim sharoitlarining turlicha bo‘lishi, har 
    bir iqlim mintaqasidagi o‘ziga xos o‘simliklar va hayvonot dunyosida aks 
    etadi. Quruqlik-havo muhiti cho‘l, dasht, o‘rmon, g‘or, botqoqlik, tekislik 
    va tog‘lar kabi xilma-xil yashash muhitlari bilan xarakterlanadi. 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish