Kuzatilgan natijalar
Tajriba variantlari
1-novda
2-novda
3-novda
4-novda
O‘simlik o‘sgan muhit
sharoiti
O‘simlikning
bo‘yi
1-hafta
2-hafta
Barglar soni
1-hafta
2-hafta
Barglarning
o‘lchami
1-hafta
2-hafta
Barglarning
rangi
1-hafta
2-hafta
4. Besh haftadan so‘ng o‘tkazilgan tajriba yuzasidan xulosa chiqaring.
5. Quyidagi savollarga javob bering.
1) Muhit sharoiti qanday abiotik omillar bilan farqlanadi?
2) Tuproq, relyef, shamol kabi omillar namlik va haroratning taqsimlanishiga
qanday ta’sir ko‘rsatadi? Misollar keltiring.
3) Tuproqning sho‘rlanishi, kislorodga boyligi ekosistemaning holatiga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
4) Quyidagi omillarni uch toifaga – abiotik, biotik, antropogen omillarga
ajrating: yirtqichlilik, o‘rmonni kesish, havoning namligi, havo harorati, parazitizm,
yorug‘lik, binolar qurish, atmosfera bosimi, zavodlardan karbonat angidrid gazining
havoga chiqarilishi, suvning sho‘rligi.
5) Qulay mikroiqlim yaratish orqali inson turli harorat sharoitlarida, Antark-
tidaning sovuq qish sharoitida, kosmosning qahraton sovug‘ida ham yashab, ishlay
oladi. Harorat inson uchun cheklovchi omil bo‘la olmaydi degan xulosa chiqarish
mumkinmi?
6) Berilgan ekologik omillarni klasterda ifodalang.
1. Tuproq omillari. 2. Bakteriyalar. 3. Iqlim omillari. 4. Insonning biogeotse-
nozga bevosita ta’siri. 5. Zamburug‘lar. 6. Topografik omillar. 7. O‘simliklar.
8. Insonning biogeotsenozga bilvosita ta’siri. 9. Fizik omillar. 10. Hayvonlar.
EKOLOGIK OMILLAR
Abiotik omillar
Biotik omillar
Antropogen omillar
81
14-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
. Turning ta’rifini eslang. Ta’rifda
turning o‘ziga xos qaysi jihatlari aks etadi? Hayotning tur darajasiga
ta’rif bering. Turning populatsiyalardan tuzilganligi tur uchun qanday
ahamiyatga ega?
Tabiatda har bir biologik tur bir-biridan nisbatan alohidalashgan popu-
latsiyalardan tashkil topadi.
Populatsiya
kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasl
-
dor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘l
gan,
shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan alohidalashgan
indi
vidlarning
yig‘indisidir.
«Populatsiya» so‘zi lotincha «populus» so‘zi dan olingan bo‘lib
«xalq», «aholi» degan ma’noni anglatadi.
Populatsiyalar nisbatan turg‘un biologik sistemalar bo‘lib, quyidagi ko‘r-
satkichlar:
– populatsiya individlari o‘rtasida o‘zaro chatishish natijasida doimiy
ravishda sodir bo‘ladigan genlar almashinuvi natijasi – genofondi;
– turli to‘siqlar va tarqalish imkoniyatining cheklanganligi bilan bog‘liq
holda boshqa populatsiyalardan alohidalashganligi;
– ko‘payish jarayonida ishtirok etadigan yosh individlarning soni;
– genlar dreyfi, mutatsiyalar kabi evolutsiya omillari ta’sirida genlarning
yangi kombinatsiyalarining yuzaga kelishi bilan tafsiv lanadi.
Populatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri o‘z-o‘zini boshqarishi, ya’ni
uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turishidir. Bu xususiyat
populatsiya gomeostazi
(yunoncha «homoios» – o‘xshash, «stasis» – turg‘in)
deyiladi.
Populatsiya guruhli uyushma bo‘lib, alohida olingan individlarga ega
bo‘lmagan xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Bu xususiyatlar insonlarga popu-
latsiyalarning kelajakdagi rivojlanishini oldindan bilish hamda populatsiya lar
bilan o‘zaro ongli munosabatlarni tashkil etishda muhim ahamiyat ga ega.
Quyida populatsiyaning xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Aksariyat hollarda populatsiyadagi individlarning umumiy sonini aniq-
lashning imkoni bo‘lmaydi. Bunda populatsiyadagi individlar soni muayyan
muhitdagi zichlikni aniqlash orqali topiladi.
|